O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Genomika va molekulyar genetika predmeti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Genomika va molekulyar genetika predmeti. 
Genetika fundamental biologik 
fanlardan bo`lib hisoblanadi. Hamma tirik organizmlarning irsiyat va ularning 
boshqarish yo`llarini, universal xususiyatlarini o`rganadi. 
Genetika atamasi 1906-yilda genetik Uilyam Betson tomonidan fanga 
kiritilgan. 
Genetika tadqiqotlarning turli yo`nalishlarini o`z ichiga oladi:
1.
Biokimyoviy genetika spetsifik maxsus genetik nazorat qiladigan tizimlarini 
o`rganadi. 
2.
Fiziologik genetika organizmlarning fiziologik funksiyalarini ko`payish, 
qayta taqsimlanish, irsiy omillarining o`zgarish va ta‘sirini. 
3.
Raditsion genetika genetik materiallarga turli xil nurlar turlarining ta‘sirini 
o`rganadi. 
4.
Populyatsion va evolyutsion genetika elementar evolyutsion birliklar 
populyatsiyalar genetik tuzilmasini o`rganishga qaratilgan. Ular genetik tuzilmasi 
dinamikasining qonuniyatlari, shuningdek, ularning genetik tarkibini o`rganadi. 
Tadqiqot 
obyektlariga 
ko`ra 
sitogenetika, 
o`simliklar 
genetikasi, 
mikroorganizmlar genetikasi, hayvonlar va odamlar genetikasi hisoblanadi.
Genetikaning asosiy uslublariga gibridologik, sitologik va matematik uslublari 
kiradi. Lekin shu bilan birga boshqa tabiiy fanlardan faol foydalanilmoqda. Shu 
jihatdan kimyo va biokimyo uslublari moddalar almashinuvining irsiylanadigan 
belgilarini har tomonlama tavsiflashda, nuklein kislotalar va oqsillar xususiyatlarini 
o`rganilishida qo`llaniladi. Fizikaviy uslublar keng qo`llanilishi qamrab olingan 
bo`lib, turli xil makromolekulalarni identifikatsiya va nishonlash yordamida optik 
va sedimentatsion uslublar qo`llanilmoqda. 
Oxirgi o`n yillikda ma‘lumotlar nazariyasi asosida bioinformatika va 
kompyuter genomikasi sohalari rivojlandi. Zamonaviy genetika uslublari turli xil 
biologik tadqiqotlarda ishlatish mumkin. S.G.Inge-Vechtomov (1989-yil) to`g`ri fikr 


[12] 
bildirgan bo`lib: ‖Genetika zamonaviy biologiya asosidir. Xuddi shuningdek 
kelajakda biolog bo`lmasdan turib genetik bo`lish mumkin emas va genetikani 
bilmasdan zamonaviy biolog ham bo`lish mumkin emas‖ degan fikrni bildirgan. 
Mantiqiy jihatdan asoslangan genetikaning rivojlanish davrlarini rus genetigi 
N.P.Dubinin asoslab bergan. Genetika rivojlanish tarixidagi uchta farqlanadigan 
davrlar ajratiladi: 
-
Klassik genetika epoxasi (1900-1930); 
-
Neoklassitsium epoxasi (1930-1953); 
-
Molekulyar genetika epoxasi 1953-yildan boshlanadi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə