[24]
va tibbiyot soxasi bo‗yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotga
hissa qo‗shgan Rozalinda Franklin rentgenografiya usulida DNK tuzilishi to‗g‘risida
ma‘lumotlar olgan, ushbu strukturani esa Uotson va Krik ochib bergan
.
Birinchi marta DNK moddasini Johann Friedrich Misher 1869 yilda yiringli
massadagi hujayra qoldig‘idan azot va fosfordan tashkil topgan moddani ajratib
olgan.
Avvaliga, yangi modda Misher tomonidan nuklein deb atalgan, keyinchalik
kislotalik xususiyatlari aniqlangandan so‗ng, nuklein kislota deb atala boshlaydi.
Yangi kashf etilgan moddaning biologik funktsiyasi noma‘lum bo‗lib, uzoq vaqt
davomida DNK organizmda fosfor zahirasi hisoblangan. Bundan tashqari, hatto 20-
asrning boshlarida ham ko‗plab biologlar DNKning irsiy ma‘lumot uzatilishida hech
qanday aloqasi yo‗q
deb hisoblashadi, chunki molekula tuzilishi, ularning fikriga
ko‗ra, juda monoton-bir xil bo‗lib, kodlangan ma‘lumotni o‗z ichiga olmaydi.
1930 yillarga qadar DNK faqat hayvon hujayralarida, o‗simlik
hujayralarida
esa RNK mavjud deb hisoblangan. 1934 yilda ―Hoppe-Seyler‘s Zeitschrift fur
physiologishe Chemie‖ nashrida va 1935 yilda Moskva davlat universiteti olimlari
qo‗lyozmalarida biokimyogarlar A.N. Belozersky va A.R. Kizel tomonidan chop
etilgan maqolalarida o‗simlik hujayralarida DNK mavjudligi isbotlangan. 1936 yilda
Belozerskiy
guruhi dukkakli, donli va boshqa o‗simliklarning urug‘lari va
to‗qimalaridan DNKni ajratib olishgan. 1939 – 1947 yillarda xuddi shu olimlar
guruhining tadqiqotlari natijasida har xil turdagi bakteriyalar tarkibidagi nuklein
kislotalarning mavjudligining isbotlanganligi dunyo ilmiy adabiyotlaridagi birinchi
ma‘lumot bo‗ldi.
Asta-sekin, genetik ma‘lumot tashuvchisi, ilgari mavjud bo‗lgan
fikrlar
singari, oqsillar emas, balkim DNK ekanligi isbotlandi. Dastlabki hal qiluvchi
dalillardan biri Osvald Every, Kolin Maklaud va Maklin Makkartining 1944 yilda
bakteriyalarni transformasiyasi bo‗yicha olib borgan tajribalaridan kelib chiqqan.
Ular pnevmokokklardan ajratilgan DNKni transformatsiya
qilishi natijasida, yani
zararsiz kulturalarning kasallik qo‗zg‘atadigan bakteriyalar xususiyatlariga ega
bo‗lishini isbotlashga muvaffaq bo‗lishdi. Amerikalik olimlar Alfred Xershi va
Marta Chayzning tajribasi 1952 yilda radioaktiv izotoplar uslubi yordamida
[25]
bakteriofag DNKlari bilan yuqtirilgan hujayraga
faqat fag nuklein kislota
o‗tkazishini ko‗rsatdi va yangi avlod fagida boshlang‘ich fag bilan bir xil oqsillar va
nuklein kislota mavjud irsiylanishini isbotlashgan.
XX asrning 50-yillariga qadar DNKning aniq tuzilishi, shuningdek irsiy
ma‘lumotni irsiylanishi uslublari aniq emas edi. DNK bir nechta nukleotidlardan
iborat ekanligi aniq ma‘lum bo‗lgan bo‗lsa-da, hech kim bu zanjirlarning miqdori va
qanday bog‘langanligini aniq bilmagan.
1949-1951 yillarda biokimyogar Ervin Chargaff guruhi
olib borgan faoliyati
natijasida Chargaff qoidalari shakllantirildi. Chargaff va uning hamkasblari DNK
nukleotidlarini qog‘oz xromatografiya yordamida ajratishga va har xil turdagi
nukleotidlarning aniq miqdoriy nisbatlarini aniqlashga muvaffaq bo‗lishdi. Adenin
(A), timin (T), guanin (G) va sitozin (S) uchun topilgan nisbat quyidagicha bo‗lgan:
adenin miqdori timin miqdoriga, guanin esa sitozin miqdoriga teng: A = T, G = C.
Ushbu qoidalar rentgenstruktur tahlillar asosida DNK
tuzilishini aniqlashda hal
qiluvchi rol o‗ynadi.
DNK juft spiralining tuzilishi Frensis Krik va Jeyms Uotson tomonidan 1953
yilda Mauris Uilkins va Rozalind Franklin tomonidan olingan rentgen ma‘lumotlari
va Chargaff qoidalari asosida taklif qilingan.
Dostları ilə paylaş: