O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Genomika fanining mustaqil fan sifatida shakllanishi



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Genomika fanining mustaqil fan sifatida shakllanishi. 
Genetika, Genomika fanining bir bo`lagi bo`lib genomlar va alohida olingan 
genlarni molekulyar darajada o`rganadi. Ularning strukturasining struktur genomika 
va funksiyalarini (funksional genomika) va shuningdek ularning gen muhandisligida 
biotexnologiya va gen terapiyasida (tibbiyot genomikasi yoki genom tibbiyoti 
ishlatilishini o`rganadi. 
Genomika vazifalariga quyidagilar kiritiladi. 
-
Genomlarni to`liq sekvenirlash ularning genetik murakkabligi molekulyar 
tizim sifatida taqqoslash va baholash. 
-
Avval ma‘lum bo`lmagan genlarni aniqlash turli xil genlar va genomlarni 
funksional va struktur o`xshashligini qiyosiy tahlil qilish. 
-
Murakkab hujayraviy molekulyar-genetik tizimni boshqarishning tuzilma 
prinsiplarini aniqlash. 
Rossiyalik (Novosibrisk) genetigi V.A.Ratier talqiniga ko`ra genomika 
zamonaviy molekulyar genetikaning asosiy usullarining nuqtalaridan biri 
hisoblanadi. Hujayra avlodlarida genom elementlarining DNK diskert fragmenti 


[16] 
sifatida irsiylanadi, ular nukleotidlar tarkibiga ko`ra va funksional belgilariga ko`ra 
farq qiladi. Ularni quyidagi kategoriyalarga bo`lish mumkin: 
-
Obligat elementlar – struktur lokuslar, ularning soni va genomda joylashishi 
doimiydir. Ularning orasida ekspressiya genlarini ajratish mumkin (hause keeping 
genes). Ularning mahsuloti hamma tipdagi hujayralarning hayot faoliyatini 
ta‘minlaydi.To`qima maxsus genlar obligat elementlar sifatida ontogenezning 
ma‘lum davrlarida ma‘lum tipdagi hujayra va to`qimalarda maxsuslashgan 
funksiyalarni ta‘minlaydi.. 
-
Fakultativ elementlar – ularga viruslar, Y-xromosomalar, DNK ning 
amplifikatsiyalashgan nusxalari kiradi. 
-
Mobil- 
migratsiyalovchi 
genetik 
elemenlar 
– transpozonlarni va 
retrotranspozonlarni o`z ichiga oladi. Transpozonlar genomda oqsilli komplekslar 
yordamida transpozonda fermentlarning faolligini ta‘minlovchi ular harakatchan 
elementni tashish xususiyatiga ega bo`lib ularni yangi-yangi joyga ko`chishini 
amalga oshiradi. Ular inson genomining 3 % ini tashkil qiladi va 300 000 ta nusxada 
keltirilgan bo`lib, 7 ta turli xil sinflardan iborat, harakatchan elementlarning boshqa 
sinfi retrotranspozonlardir. Transpozonlardan farq qilib ular xromosomalarda 
kesilmaydi. Ularning ko`chib yurishi retrotranspozonlarning transkripsiyasiga 
bog`liq bo`ladi. DNK matritsasida RNK sinteziga uning orqali orqasidan teskari 
transkripsiyasi o`tadi, ya‘ni RNK dan DNK zanjiri hosil bo`ladi.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə