Nishonova Zarnigor Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə1/3
tarix13.03.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#102386
  1   2   3
Nishonova Zarnigor Maqola




Nishonova Zarnigor Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Men bilgan Olmaliq




Men bilgan Olmaliq
Bugun O’zbekistonning shaharlari orasida muhim ahamiyatga ega shaharlardan biri hisoblangan go’zal shahrimiz Olmaliq shahrining 70 yilligi keng nishonlanmoqda.Men ham ushbu shaharda tug’ilib ilm olib kamolga yetdim.Hozirgi kunda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasiman.Shahrimizning 70 yilligi munosabati bilan Men Bilgan Olmaliq nomli tanlov e’lon qilindi.Men ham ushbu tanlovda qatnashish asnosida shahrimiz tarixini yanada chuqurroq o’rganishga kirishdim va men buni o’z burchim deb hisoblayman.Men ushbu maqolamda Olmaliq tarixi va aholining etnik tarkibi va tarixini,shuningdek xo’jalik turlari,uy-joy qurilishdagi o’zgarishlar va urf-odat marosimlari haqida so’z yuritishga harakat qildim.
Men Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomad qilaman. Dastlab o‘zim tug‘ilib o‘sgan mahallamizni tanishtirib o‘tsam. Mahallamizning hozirgi nomi Oybek deb atalib, mahalliy aholi orasida Uzumbog‘ nomi bilan tanilgan. Men mahallamizning nomlanishi xususida 1947-yillardan buyon ushbu mahallada yashab kelayotgan buvim bilan suhbatlashdim. Buvim ya‘ni dadamning xolasi biz bilan yon qo‘shni bo‘lib istiqomat qiladi. Buvim 1940- yilda tug‘ilgan. Uning hikoya qilishicha 1947- yil oilabiy bu yerga ko‘chib kelishganida hali aholi uncha ko‘p bo‘lmagan ekan yani sakkiz to‘qqiz xonadon bo‘lgan ekan. Uzumbog’ deb nomlanishiga sabab o‘sha vaqtlarda bu xudutlarda katta maydonda uzum yetishtirilgan bo‘lib, keyinchalik aholi ko‘payib uzumchilik to‘xtabb qoladi va uzum maydonlari o‘rniga ham uylar quriladi. SHunday qilib mahallamiz nomi uzumbog‘ deb yuritila boshlagan. Hozir ham deyarli har bir xonadonda o‘sha davrlardan qolgan uzumlar bor. Shunday qilib mahallamizning nomi Uzumbog deb yuritila boshlagan. Hozirgi kunda mahallamizda 50 dan ortiq xonadon mavjud bo'lib, aholining barchasi o‘zbeklar tashkil qiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tganimday Men Olmaliqda istiqomat qilaman. Tarixiy manbalarga qaraganda Olmaliqning asl o'rni koʼhna Imloq viloyatining poytaxti boʼlmish Tunkent va Toʼqkent kentlari boʼlib, u Kalmoqqir cho'qqisi yonidagi Qoramozor qishlogʼi oʼrnida mavjud boʼlgan. Ilmiy adabiyotlarda XIII asrdan Olmaliq nomi juda koʼp marotaba qayd etilgan. Togʼ bagʼridagi soʼlim Olmaliqni Zaxriddin Muhammad Bobur 1520 yillar oʼzgacha bir ixlos bilan taʼriflaydi. Toshkent viloyati ijroiya qo'mitasi (raisi Z. Fayzullaev)ning 1951 yildagi 19/855-sonli qarorlariga asosan 1951 yil 10 iyulda Olmalik posyolkasi (koʼrgʼoni)ga viloyat tarkibidagi shahar maqomi rasman berildi. Maydoni 10,767 km.kv.ga teng, dastlabki davrlarda turar joy maydoni 800 ming m.kv. ni va axolisi 8700 kishini tashkil etgan. Olmaliq shahri Qurama togʻlarining shimoliy. yon bagʻrida, 600–650 metr balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharqda, Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor.

Aholisi 2000- yil ma‘lumotlariga ko‘ra 114,6 ming kishini tashkil etgan. Shahar tashkil topgan vaqtlardagi hisobga ko‘ra ; 1959 yilda 40 ming kishi istiqomat qilgan. Olmaliq shahrida turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ammo aholining aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil etadi.Bundan tashqari ruslar, tojiklar, tatarlar, koreyslar, qirgʼizlar, ukranlar va boshkalardan iborat. Аholisining oʼrtacha zichligi bir kvadrat kilometrga 10643 kishiga to’gʼri keladi. Olmaliq shahrining toponomikasi haqida ma‘lumotlar qidirib O'zbek tili toponimlarining o'quv izohli lug'ati nomli kitobda shahrimizning nomlanishiga oid quyidagi malumotni uchratdim: : OLMALIQ Toshkent viloyatidagi shahar bo‘lib, Olma daraxti ko‘p o‘sgan joydagi shahar. Ammo men shahrimiz nomlanishi xususida kattalardan boshqacha ma‘lumot eshitgan edim. Yani olmaliq nomi olma bilan bog‘liq emas. Aytishlaricha bir zamonlar ushbu xudutlarga bir necha bor yov hujum qiladi biroq har safar maqsadlariga yeta olmaydilar va ololmadik deb ortga qaytishga majbur bo‘lishgan ekan. Keyinchalik ollmadik so‘zi olmaliq deb o‘zgargan ekan. Mening fikrimcha ham shahrimizning nomlanishi olma bilan umuman bog‘liq emas, chunki bizda olmaning hech qanday o‘ziga xos navlari yetishtirilmaydi.
Olmaliq shahri xududi qadimgi tunkent shahriga to‘g‘ri keladi. Tunkent Iloq viloyati poytaxti bo‘lgan. Tadqiqotchilar Iloqning poytaxti Tunkent shahrining savlatli va hashamatli ekanini ta’kidlashgan. Olmaliqdan 12 kilometr naridagi bu joy hozir iloq deb ataladi. Iqtidorli olimlar M. Masson va Yu. Buryakov mazkur yodgorlikni o‘rganishgan. Iloq poytaxtining hududi ancha keng bo‘lib, 150 gektar maydonni egallagan. Masalan, qal’a ichidagi harbiy istehkom, sathining o‘zi 5 gektar. Sharq geograflarining ta’rifiga qaraganda, shahar devorlari juda mustahkam bo‘lgan. Tunket strategik jihatdan juda muhim joyda qad rostlagan. Bu Ohangaron vodiysining markazi bo‘lib, savdo karvonlarining yo‘li aynan shu yerda kesishgan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, muhim ahamiyatga ega konlarga yaqin bo‘lgan. Eramizning birinchi mingyilligi o‘rtalarida (V-VI asrlar) Tunket o‘zining baquvvat metall eritish ustaxonalariga ega katta shaharga aylangan. Xususan, VI-VIII asrlardayoq Shosh doirasida Turk hoqonligi tarkibiga kirib, konlarga boy Iloq viloyati poytaxti sifatida katta siyosiy va iqtisodiy qudratga ega bo‘ldi. IX asrga kelib esa Tunket Iloqning eng yirik va boy markaziga aylandi. Iloq zarbxonasi – Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat shahrida qurilgan korxona (8-asr). Iloq konlaridan oltin va kumushning ko‘p qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zaruratini tug‘dirgan. Iloqda 8–9-asrlarda «Ma’dan ush-Shosh» zarbxonasida ko‘plab kumush dirhamlar zarb etilgan. Tangalarda sof kumushning ko‘pligi sababli Iloq tangalari 9-asrda boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Arxeologik qazishlarda shimolda Shvetsiya va Norvegiyadan tortib janubda Armanistongacha bo‘lgan hududda Iloq tangalari xazinalari topilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, 10-asrda Movarounnahrda davlat zarbxonalari faqat Samarqandda va Iloqning poytaxti Tunkatdagina bo‘lgan. Iloq zarbxonasida pullar mahalliy muomalalar uchun misdan, umumdavlat xazinasi uchun qimmatbaho metallardan zarb qilingan. Iloq zarbxonasida chiqarilgan oxirgi tangalar 11-asrning 2-yarmiga oid.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə