O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə371/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

V.P.Yagunkovaning
ma'lumotlari bo’yicha idrok 
qilishning aniqligi va xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi 
tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi 
bilan, so’z boyligi va til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba'zi birlarida voqelikka 
mulohazali, mantiqiy munosabatda bo’lish ustun tursa, boshqalarida obrazli 
emosional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning har ikkisi ham 
mujassamdir. V.P.Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis 
qilishda quyidagi ko’rsatkichlarni mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish 
va xotiraning aniqligi; b) emosional ta'sirchanlik; v) tasavvurning kuchi va jonli 
tilni his qilish kabilar. 
S.P Kudryavseva
tadqiqotida ilk o’spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga 
ajratiladi, ya'ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni 
tushunchalar asosida tahlil?ilishning o’sganligiga e'tibor qilinadi. Ikkinchi tipda 
adabiy asarlarni o’qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish, 
ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi. 
V.A.Kruteskiy
matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1)Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi 
qobiliyatiga matematik ob'ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib 
idrok qilish matematik materialga o’ziga xos "yig’ma" analitik-sintetik ishlov 
berish qobiliyati qayd qilish lozim 
2)Qobiliyatli o’quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a)miqdoriy va fazoviy 
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash 
qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik 
mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) 
fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda 
ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo’ladigan tashqi 
alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir: 
1)o’quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech 
kim majbur qilmasdan, o’zining bo’sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil 
shug’ullanishga moyillik; 


329 
2)muayyan matematik ko’nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda 
o’zlashtirish qobiliyati; 
3)matematikani o’zlashtirish sohasida tez siljib borish; 
4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. 
Mamlakatimiz psixologi 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə