O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


V. Boven qalbaki doktrina deb  tarbiyaviy tadbirlardan voz kechish jinoyat bo’lur edi, deb ta'kidlaydi. Ingliz bioximigi  S.Gouz



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

V. Boven
qalbaki doktrina deb 
tarbiyaviy tadbirlardan voz kechish jinoyat bo’lur edi, deb ta'kidlaydi.
Ingliz bioximigi 
S.Gouz
kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to’siqlar 
biologiyaga qaraganda ijtimoiy sharoitda ko’proqdir, deb uqtiradi.
Ingliz psixologi, 
D.Kidjin
ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning 
kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta'siri haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning 
ijtimoiy sharoiti belgilaydi deb uqtiradilar. Masalan, 
Gelvesiy
o’z vaqtida tarbiya 
yordamida geniyni yaratsa bo’ladi, degan edi. Rus olimi 
A.N. Leont'ev
ham 
o’zining funksional organlar nazariyasi bilan bu nazariyaga 
A.Uxtomskiy
asos 
solgan bo’lib, shunga o’xshash konsepsiyani yoqlaydi. 
Masalan, tabiiy qobiliyatni muhitga bog’liq deb hisoblaydi. Modomiki
ishchilarning bolalari ulg’ayadigan og’ir ijtimoiy muhitdagi kishilarning madaniy 
va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham o’z 
ota-onalarining rivojlanishi darajasidan o’tib keta olmaydilar deydi u. 
Ko’zga ko’ringan rus psixologi 
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevning
konsepsiyasiga norozilik bildirdi. Uning fikricha tug’ma iste'dod nishonalari bu 
reallikdir, uni rivojlantirish lozim.
Hayotiy kuzatishlar va maxsus tekshirishlar qobiliyatning tabiiy zaminini 
inkor qilib bo’lmasligini ko’rsatadi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun 
tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega. 
Shuning uchun zehn nishonalari bo’lgan kishi noqulay sharoitda ham zehn 
nishonalari bo’lmagan, lekin qulay hayotiy sharoitdagi kishiga nisbatan yuksak 
qobiliyat ko’rsata oladi. Va aksincha, masalan, bir oilada va bir maktabda 
rivojlanayotgan aka-ukalar yoki opa-singillar yaxshi yoki yomonligidan qat'iy 


326 
nazar, bir xil ijtimoiy sharoitda bo’lganlarida ularning qobiliyati va rivojlanishi 
paytida ba'zan keskin farqlar kuzatiladi.
Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha to’g’ri 
pozisiyada turadilar. Ya'ni qobiliyat qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo’lganda 
faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot o’zining butun xilma 
xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi.
Shubhasiz, qobiliyat miya tuzilishining qandaydir tug’ma anatomik 
xususiyatlari bilan, birinchi navbatda miya mikrostrukturasi xususiyatlari bilan 
bog’liqdir. Bu xususiyatlar in'ikos jarayonining xususiyatiga va shaxsning xatti-
harakatiga ta'sir qiladi. 
Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki 
tabiiy xususiyatlardir. Shuni aytib o’tish lozimki, 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə