O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

M.G.Davletshin
texnikaviy qobiliyat ustida 
tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy 
qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday 
o’ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik 
darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullana olishini aniqlaydi. 
M.G.Davletshin ham an'anaviy yo’ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni 
ikkita o’sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini 
o’zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o’laroq, bunda yetakchi 
xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. 
Uning talqinicha, texnikaviy iste'dodli shaxs bo’lish uchun unda a) amaliy jihatdan
fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib 
qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo’lishi shart.
M.G.Davletshin texnikaviy iste'dod ko’rsatkichlarini an'anaviy baholashni 
tan olgan holda (ko’z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil, 
konstruksiyalash qobiliyati) o’zining original yondashuvini ishlab chiqqan. 
Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab 
chiqilgan eksperimental masalalarning to’qqizta seriyasidan foydalanadi. 
Keyingi yillar ichida o’zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste'dod 
masalalari bo’yicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada 
B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning 
tadqiqot ishlari ma'lum bo’lib, qobiliyat, iste'dod tushunchalariga o’z ta'riflarini 
berganlar. 
B.R.Qodirovning
fikricha: "Ma'lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat 
haqida gapirib bo’lmaydi. Va o’z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali 
iste'dodli degani emas. Ko’p qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste'dodli bola 
shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste'dodli bola 
qobiliyatsiz bo’lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, iste'dodli bola 
sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan 
hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to’la boladir. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə