bo‘linadi. Shunday qilib, bir butundan uning eng kichik elementiga qadar tasnif
qilish jarayoni ularning farqlovchi belgilari asosida olib boriladi. Eng kichik
elementlarni butunliklarga kiritish jarayoni – sintezlash esa elementlar o‘rtasidagi
integral belgilarga asoslanadi. Butunni turli belgilarga
tayangan holda mayda
bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir belgiga asosan har qaysi bo‘linish butun
elementlarni o‘z ichiga olishi kerak. Masalan, o‘zbek tilida undoshlarning jarangli-
jarangsizlik belgisiga ko‘ra bo‘linishi barcha undoshlarii o‘z ichiga olsa, paydo
bo‘lish o‘rniga ko‘ra bo‘linishi ham barcha undoshlarni o‘z ichiga olishi kerak.
1
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonologik sistemasida so‘z va morfema tarkibidagi
shu sistemaga kiruvchi elementlarning farqlovchi belgilariga ko‘ra olti unli va
yigirma uch undosh fonema ajratiladi.
Unli fonemalar sistemasi
Tilning uch darajadagi (yuqori, o‘rta va quyi) ko‘tarilish va lablanish-
labnanmaslik belgilari kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy (konstitutiv)
belgilari hisoblanadi. Unlilar qatori (old qator, o‘rta qator va orqa qator) so‘z shakl
tarkibidagi pozitsiyaga bog‘liq belgi bo‘lgani uchun unlilarning
asosiy belgilari
qatoriga kirmaydi.
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifini quyidagi jadvalda
ko‘ring:
Unli
fonemalar
Asosiy belgilari
Tilning qo‘tarilish darajasi
Lablanish belgisi bor-
yo‘qligi
yuqori
o‘rta
quyi
lablangan
lablanmagan
i
+
+
u
+
+
o‘
+
+
o
+
+
e
+
+
a
+
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra o‘zbek
tilining unli fonemalari oppozitsiyasi «uch pog‘onali», lablanish belgisiga ko‘ra
ikki sinfli to‘rtburchak sistemadir.
Keng
o
a
o‘rta keng
(o‘rta tor)
o‘
e
tor
u
i
Lablanish belgisi tor unlidan keng unliga qarab kuchsizlanib boradi: u –
kuchli lablangan, o‘ – kuchsizroq lablangan, o – o‘ta kuchsiz lablangan.
Yuqoridagi unli fonemalar tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra bo‘linishida (o,
a: o‘, e: u, i:) kenglik, o‘rta kenglik, torlik belgilari shu mikrostruktura elementlari
uchun birlashtiruvchi, mikrostrukturalar uchun esa farqlovchi belgi rolini o‘ynaydi.
Bu unlilar bir belgiga asoslangan quyidagi teng huquqli oppozitsnyalarni hosil
qilishi mumkin: lablanish belgisining bor-yo‘qligiga ko‘ra: (o-a, o‘-e, i-u),
kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra umumiy, lablanish belgisiga ko‘ra
farqli
belgiga ega, kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra: o (kompakt, ochiq), u (diffuz,
yopiq), a (komlakt; ochiq), i (diffuz, yopiq), shu bilan birga, mazkur ikki
oppozitsiya a’zolari o‘rta ko‘tarilish (yarim ochiq, yarim yopiq) unlilariga, bir
tomondan, «kompakt-kompakt emaslik»,
ikkinchi tomondan, «diffuz-diffuz
emaslik» belgisiga ko‘ra oppozitsiyaga kirishadi:
o (kompakt) – u (kompakt emas)
a (kompakt) – o (kompakt emas)
i (diffuz) – e (diffuz emas)
u (diffuz) – o‘ (diffuz emas).
Unlilarning yuqoridagidek oppozitsiyasini A.M.Shcherbak shunday aks
ettiradi.
1
a – e,
e – i
lablanmagan (oddiy tonnalik)
o – o‘,
o‘ – u
lablangan (bemol’ tonnalik)
ochiq
yopiq
yarim
yarim
ochiq
yopiq
A.A.Abduazizov o‘zbek tili unlilarining ikki farqlovchi belgisiga ko‘ra ham
oppozitsiyasini ko‘rsatadi.
2
Bunga asosan, unlilar quyidagicha oppozitsiyaga
kirishadi:
(i-u) yopiq,
lablanmagan – yarim yopiq, lablangan:
(i-o) yopiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan)
(e-o) yarim yopiq, lablanmagan – ochiq, lablangan)
(a-u) ochiq, lablanmagan – yopiq, lablangan)
(a-u) ochiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan)
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili unlilarining bir belgi asosida farqlanuvchi uchta
oppozitsiyasi, ikki belgi asosida farqlanuvchi oltita (unda lablanish belgisi bilan
tilning ko‘tarilish darajasi belgisi birga olinadi) jami 9
ta unlilar oppozitsiyasi
mavjud. Agar lablanish belgisi bilan tilning ko‘tarilish belgisi alohida olinsa,
o‘zbek tilida 13 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: