O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Praga tilshunoslik maktabida fonema nazariyasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/39
tarix05.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#125398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 5149 uzsmart.uz

Praga tilshunoslik maktabida fonema nazariyasi 
Jahon tilshunosligi oldida Praga tilshunoslik to‘garagining katta xizmati 
shundaki, fonologiyani ilmiy predmet sifatida shakllantirdi. Praga tilshunoslik 
to‘garagining fonologik konsepsiyasi N.S.Trubetskoyning «Fonologiya asoslari» 
kitobida mujassamlashgan. 
N.S.Trubetskoy konsepsiyasi bo‘yicha fonologik sistema leksik va grammatik 
ma’nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar (LFM 
bo‘yicha fonologik qarama-qarshiliklar) majmuasi sifatida talqin qilinadi. U 
filologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ularning ma’no farqlash funksiyasi 
o‘ynashini ta’kidlaydi.
1
Har qanday fonema fonologik oppozitsiya sistemasida ma’lum tarkibga yoki 
strukturaga egaligi uchun ham ma’lum fonologik mazmunga ega bo‘ladi. Fonema 
abstrakt birlik sifatida qaraladi. Konkret tovushlar fonemaning moddiy simvollari 
hisoblanadi. Fonema moddiy jihatdan bir qancha tovushlar orqali reallashishi 
mumkin. Bunday reallashgan har xil tovushlar shu fonemaning variantlari sanaladi. 
Praga tilshunoslari variantlarni 
majburiy, fakultativ
va 
individual
turlarga 
bo‘ladilar. 
Majburiy variantlar,
o‘z navbatida
pozitsion, kombinator
va 
uslubiy
variantlarga ajratiladi. 
Fonemaning urg‘uga, so‘z xarakteriga, nutq
 
melodikasiga xoslangan 
variantlari 
pozitsion;
nutq oqimida yondosh fonemalar ta’siridagi variantlar 
kombinator;
talaffuz uslubi bilan xoslangan variantlari 
uslubiy
variantlar sanaladi 
(to‘liq uslub, og‘zaki uslub va h.k.). Bir pozitsiyaning o‘zida so‘z ma’nosini 
o‘zgartirmagan holda o‘zaro almashinib kelgan variantlar 
fakultativ
variantlardir. 
Fakultativ variantlar ko‘pincha dialektal farqlanishlar natijasida vujudga keladi. 
Masalan, 
boring, bariŋ;
ayrim kishilarning nutq
 
xususiyati bilan bog‘liq variantlar 
individual variant xisoblanadi. 
N.S.Trubetskoy fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko‘ra tasnif qiladi: 
1) oppozitsiya sistemasiga munosabatiga ko‘ra; 
2) oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra; 
3) turli pozitsiyalarda ularning amal qilishiga ko‘ra.
Birinchi belgiga ko‘ra, bir o‘lchovli, ko‘p o‘lchovli, proporsional va ajralgan 
oppozitsiyaga bo‘linadi. 
Ikkinchi belgiga ko‘ra, privativ (oppozitsiya a’zolaridan biri belgining bor-
1
Трубецкой Н.С. Основы фонологии. – М., 1960. – С.74. 


yo‘qligi bilan ikkinchisidan farqlanadigan oppozitsiya), 
gradual
(nutq apparatining 
ochilish darajasiga asoslangan oppozitsiya, masalan: 
kir-kar
), 
teng qimmatli
(mantiqan har ikki a’zo teng huquqli
 
bo‘lgan oppozitsiya) oppozitsiyalarga 
ajratiladi. 
Uchinchi belgiga ko‘ra, 
doimiy
va 
neytrallashgan
oppozitsiyalarga bo‘linadi. 
Neytrallashish jarayonida oppozitsiyaga kirishayotgan fonemalar o‘rtasida 
fonologik qimmatga ega belgi yo‘qoladi. Lekin umumiy belgilari saqlanib qoladi. 
Masalan, o‘zbek tilida 
yot
-
yod
oppozitsiyasida so‘z oxirida t-d o‘rtasidagi jarangli-
jarangsizlik belgisi yo‘qoladi, boshqa umumiy belgilar (til oldi, portlovchi) 
saqlanib qoladi. 
N.S.Trubetskoyning fonologik oppozitsiyalar tasnifi amaliy ahamiyatga ega
chunki u ma’lum bir fonemaning fonologik qimmatini belgilashda yordam beradi. 
Xullas, barcha fonologik konsetsiyalarda fonema lingvistik birlik sifatida tan 
olinadi. Bunday konsepsiyalarning tayanch nuqtasi Boduen de Kurtenening 
fonologik iazariyasi hisoblanadi, LFM fonemani so‘z va morfemadan ajralgan 
abstrakt birlik sifatida talqin etsa, MFM unga so‘z va morfemalarning tarkibiy 
elementi sifatida yondashadi. 
Praga lnngvistik to‘garagi fonemani abstrakt birlik sifatida talqin etishda 
LFMga yaqin
 
tursa, pozitsion, kombinator variantlar, variantlar neytralizatsiyasi 
kabi masalalarda MFMga yaqin turadi. 
Farqlovchi belgilar bilan fonemaning atom talqini chambarchas bog‘liqdir. 
Fonemaning atom talqiniga ko‘ra, farqlovchi belgilar ma’lum darajada 
mustaqillikka ega bo‘lib, fonema shu farqlovchi belgilar majmuasidir. L.R.Zinder 
fikricha, bunday talqin farqlovchi belgilarni birlamchi fonologik birlik
sifatida tan 
olishga imkon beradi. Fonemaga bunday munosabatlar majmuasi sifatida qarash 
uni material substansiyasidan ajratib qo‘yadi. Bu esa ob’ektiv dunyodagi 
predmetlarning real mavjudligini inkor qiluvchi va L.Yelmslevning lingvistik 
nazariyasiga asos bo‘lgan mantiqiy pozitivizmning ta’siridir.
1
Lekin bizning nazarimizda til va nutq
 
farqlanishiga ko‘ra fonemaning mazkur 
talqini mohiyat va hodisani aks ettiradi va dialektika qonuniyatlariga to‘la muvofiq
 
keladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə