O‘zbek milliy cholg‘ularidan afg‘on rubobi annotatsiya



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə2/5
tarix27.04.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#107272
1   2   3   4   5
Afg\'on rubobi

ADABIYOTLAR TAHLILI: Qashqarlik sozanda o’z cholg’usining tuzilishini sir ushlashiga qaramay, uddaburon Usta Ro’zimat aka bu cholg’uni yaqindan ko’rishga muyassar bo’ladi va o’ziga chang yasab oladi. Usta yasagan changning hajmi kattaroq bo’lib, u har bir tovush balandroq eshitilishi uchun to’rtadan tor taqadi bu urinish aynan cholg’uning ovoz jarangdorligini oshirish maqsadida qilingan. R.Isaboyev bir necha yarim xromatik changlar yasab, birinchi bo’lib Namanganda bu cholg’uni ansambl jamoasiga qo’shgan inson edi.” Usta Usmon Zufarov esa birinchilardan bo’lib, Yu.Rajabiyning buyurtmasiga asosan ansambl jamoasining ovoz diapazonini kengaytirish maqsadida past registrli cholg’ular, ya’ni “Katta dutor, “Katta tanbur” va “Katta g’ijjak”larning bir necha turlarini yasaydi.3 Ular 1934-1936- yillar davomida Yu.Rajabiy rahbarligidagi ansambl tarkibida qo’llaniladi. Hozirda esa bu cholg’ular ijrochilikda qo’llanilmaydi va U.Zufarov ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida O’zbekiston davlat konservatoriyasi “Milliy cholg’u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasining “Davlat noyob ilmiy ob’ekti”da nodir eksponat sifatida saqlanmoqda. Hozirgi kunga qadar bu cholg’ular barcha sozgar ustalarga namuna sifatida xizmat qilmoqda. 1936-yilda To’xtasin Jalilov rahbarligidagi 98 sozandadan iborat “etnografik” ansambl, ya’ni unison orkestr tarkibida Usta Usmon Zufarov yasagan katta g’ijjak katta tanbur va katta dutorlardan foydalanildi va amaliyotdan o’tkazilgan. 1937-yili Moskvada bo’lib o’tgan o’zbek san’atining birinchi dekadasida U.Zufarov yasagan dutor, tanbur, doira va boshqa cholg’ular teatr sahnasida yangraydi. Shuningdek bu cholg’ular dekada ko’rgazmasida ham namoyish etiladi.4
TADQIQOT METODOLOGIYASI. Milliy cholg'ularimiz juda qadimiy ekanligi ajdodlarimizning musiqa madaniyatiga oid eng qadimiy ma'lumotlar xususan, qoyatoshdagi tasvirlarda, arxeologik qazilmalar paytida topilgan ashyolarda qolaversa turli bosma nashrlarga ishlangan rasm va miniaturada o'z aksini topgan. Shuning uchun ham keyingi yillar arxeologik ekspertiza natijasida topilgan va hozirgacha topilyotgan turli ashyolar va tasvirlar ajdodlarimizning musiqa madaniyati xususan musiqa cholg'ular to'g'risidagi tasavvurimizni yanada boyitmoqda. Ruboblar haqida ma'lumot beradigan bo'lsak, ruboblar 3 xil bo'lib, ularning o'sha davr bo'yicha atalgan nomlari: birinchi, savdogarlar sotib olingan qadimiy rubob, ikkinchisi, Toshkentlik sozgar tayyorlagan yangi rubob va uchunchisi, Qobuldan keltirilgan olti ichakdan eshilgan asosiy tori 9 ta metall rezanator tori bo'lgan Afg'on rubobi rubob sifatida e'tirof etilgan cholg'u pomir rubobi hisoblanadi. Afg'on rubobi o'zbek milliy musiqasi ijrochiligida asosan, Buxorada qo'llanilgan. Afg'on rubob Hindistonda, Pokistonda va Badaxshon viloyatlarida turli nomlar bilan tanilgan. Tarixdan ma'lum bo'lishicha aynan shu Afg'on rubobi Badaxshon viloyatining ba'zi mahalgohlari, Afg'oniston hududida, ba'zilari Tojikiston hududida mavjud. Shu bois bu rubob sozi Badaxshonda "Badaxshon rubobi" deb atalgan.5 Bunda kelib chaqadiki Afg'on rubobi hamma joyda o'xshash joy nomi bilan tilga olinadi. Badaxshon rubobi kosaxona va dasta qismi bir bo'lak yog'ochdan tayyorlangan. Bu musiqa cholg'usining ijrosi ham o'zbek milliy cholg'ulari qatorida barcha musiqiy dargohlarida birdek o'rgatiladi. Afg'on rubobining kelib chiqishi aniqlash qiyin chunki, u turlicha misollar bilan keltirilgan. Qadimda bu cholg'u Markaziy Osiyo, Hindiston va Afg'oniston xalqlari orasida ommalashgan cholg'ulardan biri hisoblangan. Bu cholg'u o'sha davrdagi musiqa madaniyati yetarlicha mashhur cholg'ulardan bo'lgan bo'lsada asosan, milliy kuy va qo'shiqlarini ijro etish imkoniyatiga ega bo'lgan. Ag'on rubobida yangraydigan taronalarni xalqimiz sevib tinglashadi. Sozdan chiqayotgan ohanglarga musiqiy mehr bilan quloq tutadilar.

Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə