O‘zbek milliy cholg‘ularidan afg‘on rubobi annotatsiya



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#107272
1   2   3   4   5
Afg\'on rubobi

XULOSALAR. Yana aytamiz desak ma'lomot judayam ko'p, lekin xulosa qiladigan bo'lsak xususan, Afg'on rubobi, qashqar rubobi va boshqa cholg'ularimiz hammasini o'ziga yarasha o'tmishi, tarixi bor. Lekin bularni birlashtirib jamlab turuvchi birgini so'zni bilaman, bu ham bo'lsa musiqa. Dunyodagi barcha insonlar desam mubolag'a bo'lmaydi, hammasining yoqtirgan cholg'u asbobi, yoqtirgan kuy va qo'shig'i bo'ladi. Shu joyida aytib o'tish kerakki, buyuk bobomiz alloma, mutaffakkir Af-Farbiy o'zining "Qadimiy musiqiy tarixi" kitobida shunday oltinga teng so'zlar keltirib o'tgan. Inson miyyasining shunday hilvat joylari borki! - unga faqat musiqa irqaligini kirish mumkindir. Haqiqatdan ham musiqa insonni uning har qanday holatda bo'lishiga qaramay, unga orombaxsh etuvchi bir ilohiy tuhfadir desam mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekistonda ijrochilik amaliyotida foydalanib kelinayotgan milliy musiqa cholg'ularining 30 tadan ortiq turlari mavjud. Shulardan 18 nomdagi musiqiy cholg'ular XX asrning 40-yillaridan keyin professor A.I.Petrosyans boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar va soz ustalari bilan hamkorlikda takomillashtirilgan musiqiy cholgular bo'lib, konsert sahnalarida yakkanavozlik sifatida, shu bilan birga, asosan orkestr va ko'p ovozli ansambllarda foydalanish uchun mo'ljallangandir. Bu muqaddam mavjud bo'lgan milliy musiqiy cholg'ularning shaklini yiriklashtirish yoki kichikroq ko'rinishga keltirish asosida yaratilgan bo'lib, o'sha cholg'u oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar edi, natijada nay, chang, rubob, dutor, g'ijjak cholg'ularining oilasi dunyoga keldi. O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruh XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashga, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi. An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doira, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi. Qayta ishlangan cholg'ular asboblariga - rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarinig musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi. Unga ko‘ra: -an'anaviy cholg'u ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, turli ko'rinish va tarkiblar asosida foydalanish an'ana bo'lib kelgan. Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlar, sharoitlar va ijro uslublar yuzaga kelgan. -hozirgi davrga kelib o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. -xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g'ijjak, chang va doira cholg'u asboblari. Qayd etish joizki xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi. -hozirda ham shu kabi va boshqa ko'plab o'zbek milliy sozlarimizning takomillashuvi ko'plab kompozitorlarning asalarlarini ijro qilishda, ularni turli ansambl, orkestrlarda ijro qilish imkonini berdi. Hozirgi kundagi yoshlarimiz ham o'zbek milliy sozlarimizning keng imkoniyatlaridan foydalanib, turli asarlarni cholishda hamda o'zbek musiqamizni dunyoga tanitishda o'z xissalarini qo'shmoqdalar.

Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə