O‘zbek milliy cholg‘ularidan afg‘on rubobi annotatsiya



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə3/5
tarix27.04.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#107272
1   2   3   4   5
Afg\'on rubobi

TAHLILLAR VA NATIJALAR. Ma'lumki, XX asrning 30-40 yillarida Respublikamizda o'zbek xalq cholg'ularini takomillashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan Afg'on rubob cholg'usi ham takomillashtirilib uning dastasi qorin qismi unga qoplangan terisi torlari va pardalari o'zgartirilgan. Natijada cholg'uning dastasiga xromatik tovush qator o'rnatilib, cholg'uning ijro diapazoni kichik oktava "Lya" dan uchinchi oktava "Mi" notasigacha yetkazildi. Afg'on rubob cholg'usi takomillashtirishda, ya'ni yangi ko'rinishda hozirgi cholg'uni yaratishda sozgar ustalari ushbu cholg'uni yanada takomillashtirish bo'yicha hozirgacha izlanishlar olib borilmoqda. Barcha sozlar qatori Afg'on rubobining umrboqiyligi ham shubhasiz sozgar ustalar faoliyatiga, ularning mahorati va ijodiy izlanishlaga bog'liqligi sir emas. Shundan xulosa chiqadi, demak cholg'uning musiqa madaniyatiga xususan, cholg'u ijrochiligida tutgan o'rni mavqei sozandarlarga ham chambarchas bog'liqdir. Bu borada Afg'on rubobi mashhur sozandalarning yetishib chiqayotganligi, ular orasida faxriy unvorlar davlat mukofotlari, shuningdek ko'plab respublika xalq tanlovlari g'oliblari yetishib chiqayotganligini alohida e'tirof etish mumkin. Misol tariqasida: Usta Muhammad Umar (1906-1918), Tovar Jumayev (1918-1987) Ergash Shukrullayev (1922-1995), Umarjon Xamidov (1919-1985), Azatgul Toshmatova, Dotsent G'ulomqodir Ergashev (1946-2007), Ilhom Azimov va xalq ta'lim a'lochisi Anvarjon Hojinazarov, Nihol mukofoti sovrindori Fazliddin Shafoatov sozandalari yaqqol misol bo'la oladi. Ijrochilikni rivojlantirishda repertuarlar ham o'rin tutishi hammaga ma'lum.6 Al-Farobiy (X asr) o'z davridagi musiqa cholg'ularini tavsiflar ekan, rubobda bir-biridan farq qiladigan ijroga erishish mumkinligini, uning afzalliklaridan bir deb hisoblagan. Unda baland va mayin chalish imkoni mavjud. Darvesh Ali (XVII asr) "Musiqa haqida risola" asarida musiqa cholg'usining tuzilishi bayon qilar ekan "Rubob-torli musiqa asbobi" O'rta Osiyoda Sulton Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida tarqaldi. Shu davrda Xorazmshoh saroyida tenggi yo'q rubob cholg'uchisi usta Mahammad yashar edi deb yozib qoldirgan. Rubobda
5 ta tor bo'lib ulardan 4 tasi ipakdan, bittasi kumushdan edi deb yozib qoldirilgan.7 Ma'lumot o'rnida yana bir shaxs N.N Mironov asarlarida keltirib o'tgan ekan rubob juda qadimiy Afg'on cholg'usi. U Hindistonda ham uchrab turadi. Qashqarda u rubob ataladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, aynan Afg'on va qashqar rubobi kelib chiqqan joy nomlari bilan atalgan va sozgarlarning qo'l mahoratlari natijasida ko'rinishlari turlicha sayqallangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Yana bir ma'lumot tarixdan Yozivchi Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqa" tarixi nomli asarida bu aynan Afg'on rubob cholg'usini Xorazm amiri-Muhammad Xorazmshox davrida (XV) asr Baxl shahrida noma'lum shaxs tomonidan yasalganligi haqidagi rivoyatni keltirdi. Afg'on rubobi qadim zamondan buyon o'zbek xalqi orasida ayniqsa, Buxoro va Samarqandda keng tarqalgan. Uning korpusi ponasimon shaklda katta va chuqur bo'lib, yon tomonida o'yiqlari bor, dastasi kalta (8-rp) bo'lib, uchi biroz orqaga qayrilgan. Korpusi bilan satasi yaxlit yog'ochdan (ko'pincha tut daraxtidan) o'yib yasalgan. Dastasi pardalarga bo'linadi, uning pastki qismi kengayib borib qoppoqga ulanib ketadi va korpusining ustini o'yiqlarga qadar yopiq ko'rinishda bo'ladi. Afg'on rubobining 3 xil turi mavjud bo'lib, 1.Afg'on rubob. 2.Tojik rubob. 3.Buxoro rubobi. Bu sanab o'tilgan ruboblar bir-biridan tashqi ko'rinishi torlar hajmi va ohanglariga qarab farqlanadi.8

Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə