O‘zbek milliy cholg‘ularidan afg‘on rubobi annotatsiya



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə1/5
tarix27.04.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#107272
  1   2   3   4   5
Afg\'on rubobi


O‘ZBEK MILLIY CHOLG‘ULARIDAN AFG‘ON RUBOBI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘u asboblarining milliy qo‘shichilik san’atida tutgan o‘rni, milliy cholg‘ulardan afg‘on rubobi tarixi uning yaratilish jarayonlari, musiqa san’atiga o‘ziga xos xususiyatlarida haqida fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan. Shuningdek, afg‘on rubobining musiqa san’atida tutgan o‘rni va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari o‘zbek milliy cholg‘ulardan afg‘on rubobining xalqlar san’atida keng foydalanishga doir alohida ma’lumotlar asosida sharhlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: musiqa san’ati, milliy cholg‘ular, afg‘on rubobi, milliy sozlar, musiqa madaniyati, cholg‘u ustasi
АФГАНСКИЕ РУБОБИ ОТ UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS
Аннотация: В данной статье рассматриваются роль узбекских национальных музыкальных инструментов в национальном дуэтном искусстве, история возникновения афганского рубоби из национальных инструментов, процессы его создания, уникальные особенности музыкального искусства.Также есть подробная информация о роли афганского рубоби в музыкальном искусстве и его значении. Кроме того, комментарии сделаны на основе конкретных сведений о широком использовании афганских рубоби в народном творчестве узбекских национальных инструментов. Ключевые слова: музыкальное искусство, национальные инструменты, афганские рубоби, народные песни, музыкальная культура, инструментальные мастера.
AFGHAN RUBOBI FROM UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS
Annotation: In this article, the role of Uzbek national musical instruments in the national duet art, the history of the Afghan rubobi from the national instruments, its creation processes, and the unique characteristics of the art of music are discussed. it has been said. There is also detailed information about the role of the Afghan rubobi in the art of music and its importance. In addition, comments are made on the basis of specific information about the widespread use of the Afghan rubobi in the folk art of Uzbek national instruments. Key words: musical art, national instruments, Afghan rubobi, national songs, musical culture, instrument master
KIRISH.
Xalqimizning bebaho boyligi sanalmish - milliy cholg’ularimiz o’zining betakrorligi, jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining kengligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda yuksak ahamiyat kasb etadi. Bu cholg’ular ishtirokidagi kuy-qo’shiqlardan o’zbek millatining o’ziga xos bo’lgan milliyligi ufirib turadi.Ushbu milliy cholg’ularimiz bizning davrimizga yetib kelgunga qadar juda ham ko’p marotaba o’zgarishlarga yuz tutgan. Bunga sabab O’zbek xalq cholg’ularini zamonaviy ijrochilik talab darajasiga moslashtirish bo’lgan va bu takomillashuv o’tgan asrning 20-yillari va 30-yillarining boshlariga to’g’ri kelgan. Bu ishlar birinchilardan bo’lib, hofiz Shorahim Shoumarov, ustoz sozanda Matyusuf Xarratov, sozgar usta Usmon Zufarovlar tomonidan amalga oshirilgan.1 Ularning asosiy maqsadi - musiqiy cholg’ularning ovoz jarangdorligini oshirish hamda xas pardalar yordamida cholg’u diapazonini kengaytishdan iborat edi. Sh.Shoumarov O’zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari ansamblida ishlagan kezlari g’ijjak, dutor, tanbur kabi cholg’ularning tovushi hamda tembrini yaxshilashga doir ishlarni boshlab yubordi. Tadqiqotda o’zbek xalq cholg’ularini modernizatsiyalashtirish jarayonida u aynan afg‘on ruboblarning kosasini har xil xomashyodan, ya’ni kokos yong’og’i, qovoq, mis va yog’ochdan turli shakllarda yasadi. Tajriba natijasida aynan kosasi yog’ochdan yasalgan cholg’u maqsadga muvofiq deb topildi. O‘sha paytlarda amalda bo’lgan chang cholg’usi, diapazoni kichik va diatonik tovushqatorga ega bo’lib, unda professional kompozitorlar asarlarini ijro etish ancha qiyinchiliklar tug’dirgan. Aynan shu diatonik chang cholg‘usini takomillashtirish ustida M.Xarratov bosh qotiradi. Tajribalar orqali afg‘on rubobining yuqori registrini qo’shimcha torlar bilan boyitish evaziga kengaytiradi. Afg‘on rubobining takomillashuvi jarayonlarida yana bir jonkuyar sozanda va sozgar Usta R.Isaboyev ham o’zining ulkan hissasini qo’shgan. A.Tashmatovaning “Ijrochilik san’ati tarixi” darsligida yozilishicha “1902-yillarda Qashqardan kelgan sozanda Ramazonoxunning choyxonalarda chang chalishidan ilhomlanib, uning bu cholg’uga qiziqishi uyg’onadi. O’sha paytda bu cholg’uning hajmi ham, shakli ham boshqacharoq bo’lgan.2

Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə