24
bo‘lmaydigan aminokislotalar kam yoki deyarli yo‘q. Bu esa organizm uchun
unchalik ham samarali hisoblanmaydi. To‘g‘ri, bu oqsillar ham oqsil,
ularning
organizmda muhim vazifalarni bajarishini va katta ahamiyatga ega ekanini tan
olmaslik mumkin emas. Ammo ular har qancha bo‘lganda ham to‘la qiymatli
oqsillar bilan tenglasha olmaydi.
Bu oqsillar asosan o‘simlik
mahsulotlarida uchrab, ular ham organizmda
plastik material va energetik manba vazifasini bajaradi. Butun dunyo miqyosida
ko‘rib chiqadigan bo‘lsak ham, bu oqsillar ko‘p iste’mol qilinadi. Ya’ni to‘la
qiymatli oqsillarga bo‘lgan talabning yetirlicha qondirilmasligi
faqat bizda emas,
balki boshqa davlatlarda ham ko‘p uchraydi. Ayniqsa, Afrika, Hindiston, Lotin
Amerikasi mamlakatlari, ko‘pgina Osiyo mamlakatlari va boshqalarda ham asosan
to‘la qiymatsiz oqsillar iste’mol qilinib, to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan
ehtiyoj
yetarlicha qondirilmay kelayotir.
Bizning sharoitimizda to‘la kimatsiz oqsillarga boy bo‘lgan mahsulotlarni
yetishtirish borasida bir talay ishlar qilinmokda. Ular organizmda to‘la qiymatli
oqsillar kabi muhim bo‘lmasa-da, ammo organizmning oqsillarga bo‘lgan
ehtiyojini bir qadar qondirishda katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham
nutritsiologiyada bu oqsillarning bahosi pasaytirilmaydi, ularni ratsiondan butunlay
chiqarib tashlash tavsiya etilmaydi, balki hech bo‘lmaganda ana shu oqsillarga
bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi organizm uchun muhim deb, hisoblanadi.
Shularni e'tiborga oladigan bo‘lsak, to‘la qiymatsiz oqsillarni iste’mol qilish
ham kishi organizmi uchun katta ahamiyat kasb etishining guvohi bo‘lamiz.
Bizning qishloq xo’jalik
sanoatimizda mosh, loviya, no’xat, soya, arpa,
makkajuxori kabi mahsulotlarni ekish va ulardan yuqori hosil olish mumkin. Bu
aholining oqsillarga bo‘lgan talabini qondirish yo’lidagi muhim omillardan biri
bo‘lib qolaveradi.