Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

Azot balansi.
Ovqatda azotning birdan- bir manbai oqsil bo‘lganligi tufayli 
oqsil almashinishini azot almashinishi bo‘yicha tekshirish mumkin. Organizmga 
ovqat bilan tushadigan va axlat, ter bilan ajraladigan azot miqdori nisbati 
nisbatlanish deyiladi. 
Har jihatdan sog’lom o‘smirlar organizmidan chiqariladigan azot miqdori, 
qabul qilingan azot miqdoriga teng bo‘ladi. Bu azot muvozanati deyiladi. Agar 
kishi ovqat bilan ko‘p miqdorda azot iste’mol qilsa, organizmdan chiqariladigan 
azot miqdori ham ortadi, azot muvozanati yuqori pog’onada saqlanadi. 
Organizmda azot zahirasi deyarli yo‘q. Keragidan ortiqcha iste’mol qilingan 
oqsillar energiya manbai bo‘lib saqlanadi. Oqsil yetishmovchiligi, oqsillarni 
o’zlashtira olmaslik, manfiy azot muvozanatiga olib keladi. 


16 
Organizmdagi muhim moddalardan biri bo‘lgan oqsillarga bo‘lgan talab 
odamning yoshi, jinsi, kasbi, turar joyining ob-havosi va boshqa omillarga bog‘liq. 
Chet ellarda o‘tkazilgan tadqiqotlar katta odamlar kuniga 55-60 g oqsil iste’mol 
qilganda organizmda azot muvozanati saqlanishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shu 
miqdorda oqsil iste’mol qilishni Jahon Sog’likni Saqlash tashkiloti (JSST) 
mutaxassislari xavfsiz miqdor deb hisoblashadi. Ammo stress (iztirob chekish) 
holatida, bemorlikda, og’ir jismoniy ish qilganda, 55-60 g oqsil iste’mol 
qilinganida ham organizmning ehtiyojini qondira olmasligi mumkin. 
Biz o’z sharoitimizni inobatga oladigan bo‘lsak, bunda oqsillarga bo‘lgan 
ehtiyoj yana ham o’zgacharoq bo‘ladi. Ya’ni issiq iqlim, shu bilan ekologik 
nomutanosiblik sharoiti, turli aqliy va jismoniy yo‘qlamalar va boshqalar oqsilga 
bo‘lgan ehtiyojni oshirib yuboradi. Atrof muhitimizda mavjud bo‘lgan har xil 
ekstremal omillar organizmdagi oqsillarning parchalanishiga olib keladi. Ana shu 
tariqa organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji oshib ketadi. Shuning uchun eng 
ma'qul miqdor kuniga 85-90 g bo‘lishi kerak. Iste’mol qilinadigan oqsillarning 55 
foizini hayvon oqsillari tashkil qilishi kerak.
Umuman olganda demak, oqsillar to‘la sifatli ovqatlanishning asosini tashkil 
etadi. Organizmning oqsilga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizini o‘simliklardan 
olinadigan oziq-ovqatlar, non, yorma, sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar, asosan 
kartoshka, ho’l meva hisobiga ta’minlanadi. 
Hozirgi zamon nutritsiologiya ilmining (ovqatlanish haqidagi fan) 
ta'kidlashicha, odam organizmining me'yoriy o‘sishi, rivojlanishi va turli-tuman 
ishlarni bajarishi uchun doimiy sur'atda tashqi muhitdan ovqat bilan tegishli 
miqdorda karbonsuvlar, oqsillar va yog’lar qabul qilib turishi kerak. Bu oziq 
moddalardan karbonsuvlar va yog’lar tanaga energiya (quvvat) berib tursa, oqsillar 
zarurat tug’ilganda energetik manba bo‘lishidan tashqari ko‘pincha “qurilish” 
(plastik) materiali bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular hisobidan yangi hujayra va 
to‘qimalar (qon, muskul va nerv hujayralari) hamda bir qator biologik faol 
suyo‘qliklar (gormonlar, fermentlar va boshqalar) hosil bo‘ladi. Tanada hech bir 


17 
a'zo yo‘qki, undagi hujayralar va to‘qimalar to’xtovsiz yangilanib turmasa. Yosh 
organizmlarda esa buning ustiga bevosita o‘sish ham asosan mana shu oqsillar 
hisobidan bo‘ladi. Shuning uchun ham yosh o‘suvchi organizmlarda oqsilga 
bo‘lgan sutkalik ehtiyoj katta odamlarnikiga qaraganda bir necha barobar ziyod, 
agar o’rtacha odam bir kecha-kunduz davomida har bir kg tana og’irligiga nisbatan 
1,0 - 1,2 g oqsil talab qilsa, bu ko‘rsatkich o‘smirlarda 1,5 - 4,0 g gacha, ba'zan esa 
bundan ham yuqori bo‘ladi. O‘smir organizmining o‘sishi, undagi a'zolarning 
shakllanishi qancha jadal bo‘lsa, uning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji ham shuncha 
yuqori bo‘ladi. Ma'lumki, odam tanasining o‘sishi asosan 25-30 yoshgacha davom 
etadi, shuning uchun bu davrda kishining oqsilli ovqatga bo‘lgan ehtiyoji qolgan 
davrlarga nisbatan doim o‘sib boradi.
Bizning organizmimiz uchun zarur bo‘lgan oqsillarni biz ikki xil oziq- 
ovqat, ya’ni hayvon va o‘simlik mahsulotlari bilan olamiz. Ovqat bilan iste’mol 
qilinadigan oqsillarning shunday xususiyati borki, ular tanada yog’ va uglevodlar 
singari zahira saqlanmaydi, qancha yeyilsa ham tegishli qismi hujayra va 
to‘qimalarning yangilanishi uchun sarf bo‘lib, qolgan qismi esa parchalanib 
organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Ta'kidlab o‘tganimizdek, yuqorida aytganimizdek, oqsillar faqatgina qurilish 
materiali bo‘lish bilan birga, qisman energetik manba sifatida ham muhimdir. Agar 
odam yeydigan ovqatning kaloriyasi yetarli bo‘lmasa, ya’ni uning tarkibida 
oqsildan tashqari vitamin, uglevod va yog’larning nisbati kam bo‘lsa, unda oqsillar 
birinchi galda organizmning energetik ehtiyoji uchun sarflanib, plastik 
maqsadlarda foydalanilmay qoladi, bu esa o’ziga xos kasalliklarga olib kelishi 
mumkin. Ratsionda karbonsuvlar bilan yog’lar bo‘lmasa, azot muvozanatiga 
erishish uchun oqsillar 5 marta ko‘proq talab qilinadi. Chunki moddalar 
almashinuvi jarayonida oqsillardan yog’lar va karbonsuvlar sintezlanadi. 
Ovqatlanishning qabul qilingan fiziologik me'yorlarida umumiy quvvatning 
o’rtacha 14 foizi oqsillar hisobiga qoplanishi lozim. Oqsillar shuningdek, 
biriktiruvchi to‘qimaning ham asosiy qurilish materialidir, keratin, kollagen, 


18 
elastin ana shular jumlasidan. Lekin oqsillar hujayra skeleti, xromosomalar
membrana, ribosomalar, retseptorlar tarkibida boshqa moddalar bilan birgalikda 
qatnashadilar. Bu ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalardan tashqari, oqsillar yana juda 
ko‘p biologik faol strukturalarning tuzilishida va funksiyasida ishtirok etadilar. 
Masalan, hayvon zaharlarining aksari ham oqsil tabiatiga ega, ko‘rish pigmenti 
rodopsin, informatsiyani hujayra ichiga uzatadigan membrana yuzasidagi maxsus 
tuzilma retseptorlar oqsillarni boshqa molekulalar bilan bergan kompleksidir, qon 
oqsili fibrinogen qon ivishida qatnashadi. Shuning uchun oqsillar bir necha ichki 
sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlarning asosiy qismini tashkil etadi. 
Masalan, insulin, o‘sish gormonlari va boshqalar. 
Yana shu narsani ham qayd qilish lozimki, oqsillar energetik manba bo‘lib 
xizmat qiladi. Lekin ularning bu xususiyati plastik material sifatida qo’llanilishidan 
keyin turadi. Boshqacha qilib aytganda, oqsillarning energetik sifati odam va 
hayvonlar organizmida boshqa energiya beruvchi oziq moddalar (karbonsuvlar va 
yog’lar) nihoyatda kamayib qolganida kuzatiladi. Oqsillar ham karbonsuvlar kabi
quvvatga ega bo‘lib, 1 g oqsil parchalanganda o’rtacha 4,1 kkal energiya ajraladi. 
Oqsillarning energetik quvvati deganda, tana ko‘ndalang-targ’il muskullarida 
qisqarish tufayli ma'lum bir ish bajarish tasavvur qilinadi, lekin bunda muskullar 
tarkibida bo‘ladgan sarkolemma va miozin, aktin tolalarining qisqarib ish bajarishi 
asosan adenozintrifosfat kislotasi hisobidan bo‘ladi (ATF → ADF + energiya). 
Olimlar tomonidan har xil hayvonlar va odamlar ustida olib borilgan bir 
qator kuzatishlar shu narsani tasdiqlaydiki, odam uzoq vaqt surunkali och qolsa, 
uning tanasidagi asosiy va umumiy almashinuv uchun birinchi navbatda 
karbonsuvlar, keyin yog’lar va bu energetik manbalar nihoyasiga yetganidan keyin 
tanadagi muskullar tegishli energiya hosil qilish uchun parchalana boshlaydi. 
Tanadagi oqsillarning energiya berish nuqtai nazaridan parchalanishi shu bilan 
harakterlanadiki, bunday biokimyoviy jarayon ko‘pincha organizm uchun zaharli 
moddalar sifatida ta’sir qiladigan birikmalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuning 
uchun ham surunkali och qolish natijasida inson va hayvonlar organizmining halok 


19 
bo‘lishi, quvvat beradigan manbaning tamoman tugashidan emas, balki 
zaharlanishi oqibatida ro’y beradi.
Oqsillarning energetik xizmati haqida fikr yuritilganda, xalq orasida keng 
tarqalgan tushuncha, ya’ni go‘shtli ovqatning energiyaga boy deb aytilishi 
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida sergo‘sht ovqatning qiymati uning tarkibidagi 
umumiy energiya bilan emas, balki almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalari 
bilan, to‘la qiymatli oqsillari bilan o’lchanadi. Chunki oqsillardagi potensial-
kimyoviy energiya miqdor jihatidan uglevodlardagi energiya bilan bir-biriga teng, 
boshqacha aytganda, 100 g non energetik nuqtai nazardan bemlol 100 g son 
go‘shtining o’rnini bosa oladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə