Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)


Oqsil taqchilligidan organizmda yuzaga keladigan morfologik va



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

2.2. Oqsil taqchilligidan organizmda yuzaga keladigan morfologik va 
vunksional buzilishlar 
Noto‘g‘ri ovqatlanish – kam va ortiqcha ovqatlanish - ham katta, ham kichik 
yoshli kishi salomatligida salbiy oqibatlarda aksini topadi. Bu holat jismoniy va 
aqliy rivojlanishning orqada qolishi, organishmning turli tashqi omillar ta’siriga 
qarshi imkoniyatlarining kamayishi, ish qilish qobiliyatining pasayishi, vaqtdan 


41 
oldin qarish kabilarga olib kelishi mumkin. Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasiga 
qarashli Ovqatlanish instituti xodimlari o‘tkazgan keng qamrovli tekshirishlar 
Rossiya aholisi ovqatlanishida qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan. Bu 
kamchiliklarga semizlikning turli shakllariga olib keluvchi hayvon yog‘larini 
ortiqcha iste’mol qilish bilan birga to‘yinmagan yog‘ kislotalari, to‘la qiymatli 
(hayvon) oqsillar, vitaminlar (ayniqsa A, C, E vitaminlar), makro- va 
mikroelementlar – kalsiy, temir, yod, ftor, selen va rux hamda oziq tolalari
taqchilligi kirgan. 
Ovqatlanishdagi kamchiliklar bolalar orasida jismoniy rivojlanishda orqada 
qolayotganlarning sonini oshishiga, aholining immun statusini buzilishi, 
organizmni me'yori holatitni ta’minlab beruvchi hayotiy ahamiyatga ega moddalar 
taqchilligi bilan bog‘liq kasalliklar sonini oshishiga olib keladi. JSST tomonidan 
noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq patologik holatlarning quyidagi shakllarini 
farqlash taklif qilingan. Kam ovqatlanish – ma'lum davr davomida kaloriyasi 
jihatdan kam miqdorda ovqat iste’mol qilish, ortiqcha ovqat iste’mol qilish – 
me'yordan ortiq miqdordagi ovqat iste’mol qilish, spetsifik kam ovqatlanish – 
ratsionda bir yoki bir nechta oziq moddalarning mutlaq yoki nisbiy 
yetishmovchiligi, 
balanslashmagan 
ovqatlanish 
ratsiondagi 
zarur 
oziq 
moddalarning noto‘g‘ri nisbatda bo‘lishi, noadekvat ovqatlanish sutkalik
ratsionnig energetik qiymati organizmning energiya sarfini qoplamaslik (manfiy 
energetik balans) holati.
Bunda organizmning barcha resurslari energiyani maksimal darajada hosil 
qilish uchun safarbar qilinadi va shu yo‘l bilan energetik taqchillik yo‘q qilinadi. 
Energetik taqchillikda barcha oziq moddalari, xususan oqsil ham energiya manbasi 
sifatida ishlatiladi. Bunda nafaqat ovqat bilan qabul qilinayotgan, balki 
to‘qimalardagi mavjud oqsil ham shu maqsad bilan sarflanadi va natijada oqsil 
taqchilligi rivojlanadi. 
Ovqatlanishdagi kamchiliklar turli kasalliklar rivojlanishiga o‘z ulushini 
qo‘shadi. Bu ulush 10 foizdan 40 foizgacha yetadi. Bolalar salomatligi asosan 


42 
onalar ovqatlanishi, ayniqsa homiladorlik davridagi ovqatlanishiga bog‘liq. 
Epidemiologik tekshirishlar ko‘rsatishicha, kam ovqatlanish yoki balanslashmagan 
ovqatlanishning roli genetik omillar va faol kimyoviy yoki infeksion ta’sirlarning 
roliga yaqin ekan. Noto‘g‘ri ovqatlanish xastaliklariga birinchi navbatda oqsil-
energetik taqchillik bilan bog‘liq bo‘lgan kaxeksiya, kvashiorkor va marazm ka -
salliklari kiradi. 
Oqsil taqchilligiga eng ta’sirchan aholi guruhiga bolalar, ayniqsa 6 oydan 4 
yoshgacha bo‘lgan go‘daklar va bolalar kiradi. Bolalarda oqsil taqchilligi sababli 
rivojlangan kasallik kvashiorkor deb nom olgan. “Qizil bola”, yoki yana boshqa 
talqinga ko‘ra “ko‘krakdan ajratilgan bola” ma'nosini anglatadigan kvashiorkor 
kasalligi ratsiondagi hayvon oqsillari taqchilligi natijasida yuzaga keladi. Bu 
kasallik B guruh vitaminlari yetishmovchiligi omili bilan bog‘liq holda o‘rin oladi. 
Kasallikning sababi bo‘lib surunkali karbonsuvli parhez ham bo‘lishi mumkin. 
G‘arbiy Afrikaning qator hududlarida bolalar distrofiyasi (kvashiorkor) bilan yana 
kaxeksiya ham uchraydi. Kvashiorkorning rivojlanishi bola ko‘krakdan ajratilib, 
oqsili kam kraxmalli parhezga o‘tkazilishida yuz beradi. Bu kasallik bilan 
xastalangan bolada o‘sish va rivojlanish sekinlashadi, teri va soch rangi o‘zgaradi, 
depigmentatsiya rivojlanadi, shilliq qavatlar holati o‘zgaradi, organizm tizimlari, 
ayniqsa hazm tizimi (dispepsiya, surunkali diareya) faoliyati buziladi. Tana 
shishishi va ruhiy faoliyatning izdan chiqishi kasallikning og‘ir holatiga xos 
belgilari hisoblanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə