Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

Kaxeksiya
(yunoncha “yomon holat”) organizmning o‘ta holdan toyish holati 
bo‘lib, umumiy kuchsizlik, tana vaznining keskin kamayishi, fiziologik 
jarayonlarning kuchsizlanishi bilan harakterlanadi.
Kaxeksiya simptomlariga kuchsizlik, ish qilish qobiliyatini yo‘qotish, tana 
vaznining kamayib ketishi va organizmning suvsizlanishi kiradi. Bunda tana vazni 
50 % va undan ortiq kamayib ketishi mumkin. 
Teri osti qavati kichiklashadi, hatto yo‘qolib ketishi ham mumkin, 
gipovitaminoz alomatlari rivojlanadi. Buning natijasida kasalning terisi osig‘, 


43 
anjinli va rangi sustlashgan bo‘lib qoladi. Shu bilan birga soch va tirnoqlarda trofik 
o‘zgarishlar, stomatit va qabziyat ko’zatiladi. Jinsiy funksiyalar sustlashadi, 
ereksiya va libido yo‘qoladi, ayollarda (umumiy qon miqdori kamayishi sababli) 
amenoreya yuzaga keladi, frigidlik rivojlanadi. Buyraklarda filtratsiya sustlashadi. 
Gipoproteinemiya, gipoalbuminemiya va temir tanqsligi bilan bog‘liq anemiya 
yoki B
12
-tanqisligi bilan bog‘liq anemiya rivojlanadi (41, 43). 
Kaxeksiyada o‘rin oladigan ruhiy o‘zgarishlar dastlab kuchsizlik va 
jizzakilikda aks topgan asteniya, yig‘lamsirash va subdepressiv kayfiyatda 
namoyon bo‘ladi. Kaxeksiya va asteniya rivojlanishi bilan adinamik komponent 
yuqoriroq darajada yuzaga keladi. Kaxeksiyani rivojlanishiga olib kelgan holatning 
chuqurlashishi bilan amensiya shaklidagi ongning xiralashishi, deliriyaning 
rudimental shakllari, siqilish, apatiya, psevdoparalitik sindrom yuzaga keladi. 
Kaxeksiya patogenezi uni rivojlanishiga sababchi bo‘lgan kasallik bilan 
belgilanadi. Bu kasallik yog‘lar va karbonsuvlar zahirasi tugashi hamda oqsil 
katabolizmi kuchayib, uning sintezi sustlashishi bilan bog‘liq moddalar 
almashinuvidagi chuqur buzilishlarni o‘z ichiga oladi. 
Kvashiorkor – ratsionda oqsil yetishmovchiligidan yuzaga keladigan 
distrofiyaning og‘ir turi. Odatda u 1-4 yoshli bolalarda rivojlanadi. Ko‘krak bilan 
oziqlanadigan bola o‘sish uchun kerakli aminokislotalarni ona sutidan oladi. 
Ko‘krakdan ajratish natijasida, agar bola kam oqsilli mahsulotlar bilan 
oziqlantirilsa unda kvashiorkor rivojlanishi mumkin. 
Kvashiorkor so‘zi Ganaliklar tillaridan birida “birinchi-ikkinchi” deb tarjima 
qilinadi va “e'tibordan chetlashtirilgan” ma'nosini berib, keyingi bola tug‘ilishi 
bilan oldingi bola ko‘krakdan ajratilishidan yuzaga kelgan holatni aks ettiradi (20). 
Kvashiorkorning simptomlaridan biri – Afrikaning qashshoq xududlarida ko‘p 
ko’zatiladigan qorin shishishidir (astsit). Buning sababi shundaki, bunday hududlar 
aholisining ratsioni asosan oqsili kam mahsulotlardan tashkil topgan. Masalan bu 
yerda asosiy oziqa mahsuloti hisoblangan maniok mevasi tarkibiga 1,2 % oqsil va 


44 
ba'zi almashtirb bo‘lmaydigan aminokislotalar kiradi. Muhim aminokislotalar 
yetishmasligidan ichki a'zolarda suv to‘planishi kuzatiladi. 
Marazm yunonchadan (
marasmos
) holdan toyish ma'nosini beradi. Alimentar 
marazm asosan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuzaga keladigan oqsil-energetik 
taqchillik shaklida rvojlanadigan kasallik hisoblanadi. Odatda shu termin bilan 
keksalikdagi aqlsizlik (senil demensiya) va Alsgeymer kasalligi simptomlari ham 
nomlanadi, bunda kasal kishi vazni me'yoriy ko‘rsatkichlarning 75 va undan kam 
foizini tashkil qiladi. 
Marazmatik bola keksaygan, rangini yo‘qotgan, apatik ko‘rinishda bo‘ladi, 
unda teriosti yog‘ qatlami bo‘lmaydi, tana haroratini boshqarilishi buziladi. Bolada 
kuzatiladigan bunday holat malabsorbsiya, noto‘g‘ri ovqatlanish, ko‘p qayt qilish, 
diareya, yurak, o‘pkalar, buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining xronik bakterial 
yoki parazitar infeksiya natijasida rivojlangan og‘ir kasalliklardan yuzaga keladi. 
Ko‘krakdan ajratilgan bola noto‘g‘ri ovqatlanishidan marazm kasalligi rivojlanishi 
mumkin. Bunda o‘tkir infeksiya ko‘pincha bola o‘limiga olib keladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə