Reja termoelektrik effekt. Termojuftlar. Termoelektrod simlar. Harorat



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/3
tarix23.12.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#97746
  1   2   3
Termoelektrik pirometrlar


TERMOELEKTRIK PIROMETRLAR (TERMOMETRLAR).
MA’ruza mashg‘ulotI №8

R E J A

  • Termoelektrik effekt.
  • Termojuftlar.
  • Termoelektrod simlar.

Harorat


Harorat deganda termodinamik tizimni tavsiflovchi va issiq organlar (jism, tana) miqdor darajalarini har xil intuitiv tushunchasini ifodalovchi fizik miqdor tushuniladi. Harorat texnologik jarayonlarning muhim parametrlaridan biri bo‘lib, amalda past yoki yuqori haroratlarning qiymatlari bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Zamonaviy harorat (termometr) o‘lchashning turli usul va vositalariga ega. Har bir usul o‘ziga xos bo‘lib, universallik xususiyatiga ega emas. Berilgan sharoitda optimal o‘lchash usuli o‘lchashga qo‘yilgan aniqlik sharti va o‘lchashning davomiyligi sharti, haroratni qayd qilish va avtomatik boshqarish zarurati yordamida belgilanadi.
Nazorat qilinadigan muhitlar tashqi sharoitni o‘zgartirganda fizik xossalarining agressivligi va turg‘unligi darajasi bilan suyuq, sochiluvchan, gazsimon yoki qattiq bo‘lishi mumkin.
Harorat shkalalari
1. Farengeyt nemis olimi Daniel Gabriel Farengeyt tomonidan ixtiro qilingan. Angliya va AQSH da 1715 – yilda taklif qilingan Farengeyt shkalasi (°F) qo‘llaniladi. Bu shkalada ikki nuqta: muzning erish nuqtasi (32°F) va suvning qaynash nuqtasi (212°F) asos qilib olingan. Xalqaro amaliy shkala, absolyut (mutloq) termodinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‘yicha hisoblangan harorat munosabati quyidagicha:
t 0C=T 0K-273,15=0,556 (n 0F-32)
2. Selsiy(1742 yilda Shvetsiyalik Anders Selsiy tomonidan taklif qilingan bo’lib, muz va suv aralashmasining harorati (muzning erishi harorati) nol sifatida qabul qilinadi, boshqa asosiy nuqta suv qaynaydigan haroratdir. Ularning orasidagi intervalni 100 qismga bo'lishga qaror qilingan.
3. Kelvin shkalasi 1848 yilda lord Kelvin (ingliz olimi V. Tomson) tomonidan ixtiro qilingan. Kelvin termodinamik shkalasidagi pastki nuqta – absolyut nol nuqta (K) bo‘lib, yagona eksperimental asosiy nuqta esa suvning yuqori nuqtasidir. Bu nuqtaning son qiymati 273,15 K. Suvning muz, suyuq, gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi bo‘lgan suvning yuqori nuqtasi muzning erish nuqtasidan 0,01 K yuqoriroq turadi. Termodinamik harorat T harfi bilan, son qiymatlari esa °K bilan ifodalanadi.
T=t+273,15

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə