Oilada bola tarbiyasi Ikrom Davronovich Murodov Romitan Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha dimi annotatsiya



Yüklə 261,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü261,79 Kb.
#161130
1   2   3
oilada-bola-tarbiyasi

Ota-onalarning vazifalari: 
Bolalarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun: 

oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini 
hisobga olgan holda farzandlarda ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg‘usini 
shakllantirish; 

farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma’rifatli va ma’naviyati 
yuksak kishilar bo‘lib etishishlarini ta’minlash; 

bolalarning qiziqishi, iqtidori va extiyojlarini hisobga olgan holda kasbga 
yo‘naltirish; 

ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga 
sadoqat ruhida tarbiyalash; 

bolalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish va ularning qo‘shimcha ta’lim 
olishlariga shart-sharoit yaratish; 

oilada farzandni komil inson qilib tarbiyalashda ota-ona sifatida uzlarining 
bilim darajasini oshirishga erishish; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
884



bolada tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish; 

oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo‘nalishlarini uyg‘un 
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta’minlash; 

bolalarga sanitariya-gigienik, ekologik bilim va ko‘nikmalarni singdirish
diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy ishlarni amalga 
oshirish; 

ota-ona sifatida ta’lim muassasalari va mahalla oldida o‘z farzandlarining 
barcha xatti-harakatlari uchun javobgarlikni xis kilish; 

farzandni oilaviy hayotga tarbiyalashda ular ongiga ajdodlardan o‘tib 
kelayotgan boy ma’naviy meros, axloq-odob, urf-odat va an’analarni bugungi kun 
bilan uyg‘unlashtirgan holda singdirib borish; 

jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga hayot talablariga 
mos ravishda bilim va kasb-hunar egallashlari uchun shart- sharoit yaratish; 

oilada bir-birlarini doimiy ravishda o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va 
psixologik, tibbiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy dam olishni to‘g‘ri tashkil etish; 

oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda yoshlarni muloqot 
madaniyatiga o‘rgatish; 

oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashda 
turli mavzuda suhbatlar o‘tkazish; 

radio to‘lqinlari, televidenieda berilayotgan kuy va qo‘shiqlar, internet 
tarmog‘idan olinayotgan ma’lumotlar, disk, telefonlardagi ma’lumot, tasvirlarni 
saralab, bolalarga taqdim etish; 

oilada bolaning maktabdan tashqari turli xil ta’lim muassasalaridagi (musiqa 
va san’at, sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, mahallalar 
qoshidagi turli to‘garaklar markazlari) to‘garak mashg‘ulotlariga jalb etish. 
Ota-onalar va maktab o‘rtasida samarali hamkorlik qilishning tamoyillari 
Ota - onalar va pedagog - maktab o‘rtasida bo‘ladigan muloqotning kelishilgan 
usulini boshidan belgilab olish kerak. 
Yaqin aloqalarni saqlab turish uchun, o‘zaro kelishgan holda davomli 
uchrashuvlar tashkil qilish. 
Oilalardagi madaniy xilma-xillikni xurmat qilib, dars, mashg‘ulotlar va maktab 
tadbirlari orqali xilma-xillikni targ‘ib qilish. Oila va bolaning kuchli tomonlariga 
diqqatni qaratish. 
Ota-onalar va o‘qituvchi o‘rtasida bola va oilaga tegishli axborot almashilganda, 
qatiy ishonchga amal qilish. Hamkorlik qilishda ishonch juda muhim hisoblanadi. 
Bolaga ota-onasining tashqi ko‘rinishi, ularning ayrim fazilatlari va kasalliklari 
irsiy meros bo‘lib o‘tishi mumkin. Ammo bolaning rivojlanishi atrof muhit va 
tarbiyaning kuchli ta’siri ostida bo‘ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
885


Motsart uch yoshligida birinchi konsertini berganda, ko‘p kishilar “U tug‘ma 
daxo” deyishgandi. Ammo Motsart yoshligining taxlili shuni ko‘rsatadiki, uning otasi 
o‘g‘liga nisbatan juda e’tiborli bo‘lib, uning kelajakda ko‘zga ko‘rinarli musiqachi 
bo‘lib etishishini juda istagan. Garchi Motsartning musiqiy qobiliyati barvaqt 
namoyon bo‘lgan bo‘lsa ham, u tug‘ma daxo bo‘lmaganligi haqiqatga yaqinroq. 
Uning qobiliyati yoshligidan zarur muhitni yaratgani va a’lo ta’lim-tarbiya ta’sirida 
rivojlandi. Aksincha, bolaning tabiiy qobiliyatlari rivojlantirishga ko‘mak 
bermaydigan muhitda yashashi uning muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatini 
kamaytiradi. 
Tarbiyaning asosiy o‘chog‘i esa oiladir. Tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy 
ishigina bo‘lib qolmay, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. 
Ma’lumki, shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan 
belgilanib, ko‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, bolaning ilk 
tarbiyasiga ota-ona hisoblanadi. 
Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot to‘g‘risida yaxshi va 
yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki 
tasavvurlarni berish lozim. Bolalarning oiladagi an’ana va mavjud ijobiy odatlarni 
o‘zlashtirishi beqiyos ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Sh.M.Mirziyoyev-Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
886

Yüklə 261,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə