Oilada bola tarbiyasi Ikrom Davronovich Murodov Romitan Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha dimi annotatsiya



Yüklə 261,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü261,79 Kb.
#161130
  1   2   3
oilada-bola-tarbiyasi



Oilada bola tarbiyasi 
 
Ikrom Davronovich Murodov 
Romitan Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha DIMI 
 
Annotatsiya
: Mustaqil O‘zbekiston ravnaqi bugungi yosh, yangi avlodni har 
tomonlama, barkamol shaxs sifatida, shakllanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. CHunki 
mustaqil fikrlaydigan, komil, dili pok insonlar tomonidan odilona fuqarolik jamiyati 
quriladi va mustahkamlanadi. Mamlakatimizda oila masalalariga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Chunonchi, uning ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirish, farzandlarni 
tarbiyalash, uy-joy, moddiy shart-sharoitlarni tobora yaxshilash sohasida izchillik 
bilan ish olib borilmoqda. 
Kalit so’zlar:
oila, jamiyat, farzandlarni tarbiyalash, voyaga yetmagan ta’lim 
oluvchilar. 
Raising a child in a family 
Ikrom Davronovich Murodov 
SSS for Olympic and National Sports of Romitan 
Abstract:
The development of independent Uzbekistan depends in many ways 
on the formation of today's young, new generation as a comprehensive, harmoniously 
developed person. Because a just civil society will be built and strengthened by 
independent-minded, perfect, pure-hearted people. In our country, special attention is 
paid to family issues. In particular, consistent work is being done in the 
implementation of its social functions, the upbringing of children, the improvement 
of housing and material conditions. 
Keywords:
family, society, parenting, juvenile learners. 
“Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor 
berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak
yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar etishib chiqadi. Men 
bunga ishonaman” Sh.M.Mirziyoev 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 64-moddasiga 
binoan 
“Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va 
tarbiyalashga majbur”
ligi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonunning 51-moddasi (Voyaga etmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda 
boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari)da shunday deyilgan: “Voyaga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
881


yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o‘qishi, 
tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir. 
Zero, bola tarbiyasi - murakkab jarayon. Tarbiyaning asosiy o‘chog‘i esa oiladir. 
Tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmay, balki ularning ijtimoiy 
burchi hamdir. 
Ma’lumki, shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan 
belgilanib, ko‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, bolaning ilk 
tarbiyasiga javob beradigan ota-ona hisoblanadi. 
Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot to‘g‘risida yaxshi va 
yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki 
tasavvurlarni berish lozim. Bolalarning oiladagi an’ana va mavjud ijobiy odatlarni 
o‘zlashtirishi beqiyos ahamiyatga ega. 
Ibn Sinoning oilaviy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarining mazmuni va amaliy 
ahamiyatini uning quyidagi so‘zlaridan bilib olish mumkin: 
“Bola xulqini 
mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak, bunga bolani qattiq 
g‘azablanish, qo‘rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolaning 
xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini 

Yüklə 261,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə