Oilada bola tarbiyasi Ikrom Davronovich Murodov Romitan Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha dimi annotatsiya



Yüklə 261,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü261,79 Kb.
#161130
1   2   3
oilada-bola-tarbiyasi

ko‘zidan uzoqlashtirishga doim tayyor bo‘lib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi 
bor. Bir tomondan, bolaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bola eng yosh 
chog‘idanoq xushhulq bo‘lib o‘sadi va bora-bora unga bu xushxulqlik odat bo‘lib 
qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi, chunki yomon xulq odatga 
aylanib ketsa,u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g‘azab kuchni qizdiradi, 
qayg‘u kuchni ozdiradi, xafalik beg‘amlikka moyil qiladi. Xulqning mo‘‘tadilligi 
natijasida ham nafs, ham badan sog‘lom bo‘ladi”. 
Beruniy ota-onalar va xushxulq tarbiyachilar obro‘sining bola tarbiyasiga 
ko‘rsatadigan kuchi haqida ham fikr yuritadi. Ota-ona oilada, bolaning ko‘z oldida 
o‘z obro‘siga ega bo‘lsa, tarbiya samarali natija beradi, deya ta’kidlaydi buyuk 
alloma. 
Obro‘ tabiatan berilmaydi, sun’iy ravishda yaratilmaydi, unga qo‘rquv va 
qo‘rqitish, zo‘rlik bilan erishilmaydi, balki u ota-onaga nisbatan mehr va oqibatdan 
kelib chiqadi. 
Oilada bolani tarbiyalashda turli-tuman xatoliklar mavjud bo‘lib, ular orasida 
keng tarqalganlaridan biri ota-onalarning xukmdorlikka intilishlaridir. Bolaning har 
bir qadami nazoratga olinsa, bu uning xulqidagi mustaqil harakat qilish xislati 
shakllanmasdan yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oilada ota-ona tomonidan 
yo‘l qo‘yiladagan xatoliklardan biri - bolani erka o‘stirish, uning barcha talab va 
istaklarini so‘zsiz bajarishdir. Ota-onalar ba’zan bolalarning imkoniyatlariga etarli 
darajada baho berishmaydi va ularning vazifalarini o‘zlari amalga oshirishadi. 
Oqibatda bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga mas’uliyat 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
882


hissi rivojlanmay qoladi. U o‘ziga mos ishni tanlab olib, oxiriga etkaza olmaydi va 
irodasiz bo‘lib qoladi. 
Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. 
Muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. 
Bunga tashqi muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti, mikro muhit kiradi. 
Inson kamolotida mikromuhit, ya’ni oila sharoiti katta ta’sir kuchiga ega. 
CHunki bola ko‘z ochib ota-onasi, qarindosh - urug‘ini ko‘radi. Uning intensiv 
jismoniy va psixologik rivojlanadigan davri oila ta’sirida shakllanadi. Oilaning hayot 
tarzi, undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolotida 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har bir oilada tarbiya berishning o‘ziga xos va mos bir qator muhim qonun - 
qoidalari borki, unga qat’iy amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini 
ta’minlaydi. Bu qonun-qoidalarni nisbiy ravishda umumiy deyish mumkin, chunki 
har bir bola - betakror ijtimoiy mavjudot, ularning o‘ziga xos shaxsiyati, ruhiyati va 
xulq-atvori bor. SHu bois shunga qarab muomala qilish darkor. SHuning uchun 
tarbiyada ota-onaning mas’uliyati, obro‘-e’tibori muhimdir. Ota-onalar majlisining 
vazifalaridan biri esa ana shu tarbiya jarayonida ota-onalarga yordam berish, ular 
orasida tajriba almashish imnoniyatlarini yaratishdan iborat. 
Maktablarda ota-onalar tibbiyot xodimlari, psixologlar hamda pedagoglar bilan 
birga tashviqot ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar bilan 
suhbatlashish va ularga konsultatsiya berishda sanitariya - oqartuv ishlarining muhim 
shaklidir. SHu bilan birga “ko‘chma jild (papka) lar” ning tayyorlab borilishi, har bir 
bolaning ma’lum bir rivojlanish xususiyatlarini aniqlashda yordam beradi. 
Har bir bolaning o‘zi bir olam. Bola tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda barchamiz 
mas’ulmiz.
Ota-onaning farzandlari oldida bajarishi kerak bo‘lgan muhim vazifalaridan biri, 
ularni hayotga tayyorlash va kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishdan iboratdir. 
Har bir ota o‘z farzandini tarbiyalab voyaga etkazish bilan mamlakatimizni 
rivojlantirish ishiga hissa qo‘shayotganini tushuntirib etishlari muhimdir. 
Har bir ota-ona farzandining kasbiy qobiliyati, qiziqishi va layoqatidan, maktab 
amaliyotchi psixologi tomonidan berilgan tavsiyadan xabardor bo‘lishi, farzandining 
tanlagan kasbiy qarorini qo‘llab-quvvatlab, ularning tanlagan kasblari orqali hayotda 
o‘z o‘rinlarini topib ketishlariga ko‘maklashishlari va ishonch bildirishi kerak. 
Agar ota farzandining kasbiy qaroriga ishonch bildirmasdan, o‘zi istagan 
akademik litsey va kasb-hunar kollejiga yo‘naltirsa, hayot sinovlari oldida ularni ojiz 
qilib qo‘yishini anglashi lozim. 
Ota-onalar farzandlarining qiziqishi va layoqatlariga to‘siqlik qilmasligi 
ixtiyoriy kasb-hunar tanlashiga yo‘l berishi, o‘z-o‘zini boshqarishi va kasbiy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
883


qobiliyatini namoyon etishiga imkon yaratish lozim. Faqat bu yo‘nalishda farzandi 
uchun hamfikr bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Har bir ota-ona farzandining o‘qishi, nimalarga qiziqishini, qanday 
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini, uning o‘rtoqlari kimligini bilishi, ota va o‘g‘il, 
ona va kiz o‘rtasida do‘stona oilaviy suhbatlar o‘tkazilishi lozim. 
Ayniqsa, psixolog maslahati ota-onalar uchun hozirgi kunda muhim ahamiyatga 
egadir. 
Ota-onaga hurmat, ular oldida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har 
qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlar oila muhitida 
shakllanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo, har 
qaysi xonadondagi ma’naviy muhitni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy 
munosabatlar asosiga qurish lozim. 
O‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. 
Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish bilan bolalarimizni 
yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, ahloq- odob, yuksak ma’naviyat, o‘z 
iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari asosida kasb- hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish oiladagi 
dolzarb masaladir. 
Ushbu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va 
barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan 
ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning 
insoniy burchimizga aylanishi zarur. SHu bois mustaqillik sharofati bilan oila 
institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma’naviy 
o‘zgarishlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga, uning nufuzini oshirishga davlat 
siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor berilmoqda. 

Yüklə 261,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə