Rossiya federatsiyasi prezidenti- vladimir putin



Yüklə 15,21 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü15,21 Kb.
#165053
  1   2   3   4
Rossiya iqtisodiyoti.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • AHOLISI

MAVZU: Rossiya iqtisodiyoti.

ROSSIYA FEDERATSIYASI PREZIDENTI- VLADIMIR PUTIN.


Rossiya Federatsiyasining Davlat bayrog`i
Rossiya Federatsiyasining Davlat gerbi

DAVLAT TUZUMI


Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 y. 12 dek.da qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan V. V. Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi

AHOLISI

  • ROSSIYAda 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. R.ning asosiy aholisi — ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shim. Kavkaz, Ural va Sibir jan.da ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg ,. Yekaterinburg , Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk sh.larida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994 y.da 58 ming), gurjlar, qozoqlar va b. yashaydi.

Davlat tili — rus tili; R. tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. R. aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari — musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va b. Yirik shaharlari: Moskva, SanktPeterburg , Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg .


Yüklə 15,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə