Очик дарс -mavzu



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə6/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

Miksobakteriyalar (shilimshiq bakteriyalar)ning eng yuksak formalari bo’lib, ko’pchiligida takomillashgan yadro uchraydi, ba`zilari ipsimon, ba`zilari kokkilarga o’xshab ketadi, Bularning hujayra po’sti elastik bo’lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini o’zgartiradi. Uzi ajratgan suyuqlik yordamida harakatlanadi, xivchinlari yo’q hujayrasi ikkiga bo’linib yoki o’rtadan to’siq hosil qilib ko’payadi va meva tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga qarab sietemaga solinadi. Qattiq oziq muhitida bakteriyalar koloniyasiga o’xshash koloniya hosil qiladi.
Nursimon bakteriyalar oqar suvlarda va tuproqda uchraydi. Ko’pchiligi saprofit bo’lib, xivchinlari yordamida harakatlanadi. Bularga Saulobakter misol bo’ladi, u ko’ndalangiga yoki geteromorf bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Hosil bo’lgan qiz hujayralar xivchini yordamida harakatlanadi, saprofitlar suvda va tuprokda uchraydi.
Mikoplazmalar spiral yoki ovalsimon shakldagi mikroorganizmlardir (0,1—0,2 nm), hujayra po’sti bo’lmaydi, harakatsiz uzun ipchalar yoki yulduzlar shaklidagi saprofit va parazit formalari bor. Hayvonlarda turli tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Sistematiklardan Berdlj bularni alohida Musorlasmatales tartibiga ajratadi. Mikoplazmalarga bakteriyalarning L formalari yakin turadi, bu formalarni tajriba yo’li bilan ham olish mumkin, buning uchun bakteriyalarga penitsillin bilan ta`sir etiladi.
Mikoplazmalar ichida yaxshi o’rganilgani erkin holda hayot kechiradigan Musor1asmatales dir. G. Morovip va M. Turtelen (1964) ularni elektron mikroskopda ko’rib, to’rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bo’lgan yirik hujayralar borligini aniqlaydilar.
Aktinomitsetlar yoki nursimon zambururlar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va tuban zamburug`larga o’xshaydi. Ular mog`or zamburug`lar bilan bakteriyalar orasidagi gruppaga mansub, ma`lum shakldagi yadrosi bo’lmaydi. Aktipomitsetlar 600 nm va undan uzun bo’lgan shoxlangan mitseliy hosil qiladi. Oziq muhitidagi mitseliy ikki xil—biri oziqda, ikkinchisi ochiq, ya`ni oziq yuzasida bo’ladi. Ochiq mitseliyda konidiospora deb ataladigan sporalar etiladi.
Aktinomitsetlar tuproqda, organik o’g`itlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, boshoqdosh o’simliklar tanasida uchraydi. Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olipadi. Ba`zi patogen formalari yumshoq to’qima va' •suyaklarni emirib, ogir kasallik—aktinomikozni vujudga keltirishi mumkin.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə