Очик дарс -mavzu



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə2/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

BAKTERIYALAR

Bakteriya — lotincha so’z bo’lib, tayoqcha ma`nosini bildiradi. Bakteriyalar odam va hayvonlarning kasallanashlariga sababchilar orasida katta o’rin tutadi. Ular kengroq o’rganilgan, shuning uchun bakteriyalarni tasvirlashga ko’lroq e`tnbor beriladi.


Bakteriyalar bir hujayrali, xlorofilsiz, prokariot turli organizmlardir. Tashqi ko’rinishi jihatidan to’rtta asosiy:
Qokklar — sharsimon.
Bakteriyalar va batsillalar — tayoqchasimon.
Vkbrion va spirillalar — bukilgan va spiralsimon.
Xlomidobakteriyalar — ipsimon guruhlarga bo’linadi.
YUqorida ko’rsatilgan gruppalardan uchtasi odam va hayvonlarda kasal qo’zg`atadi, to’rtinchisi esa kasal qo’zg`atmaydi. Bularga oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi.
1. Qokklar (lotincha kokkus — don) — sharsimon bakteriyalardir. O’zaro joylashishiga qarab monokokk, diplokokk, tetrokokk, streptokokk va sartsinalarga bo’linadi. Ular ko’paygaida bir, o’zaro perpendikulyar, ikki yoki uch tekislnkka bo’linadi. Bunday bo’linishdan keyin ular bir-biriga bo’sh bog`lanib qoladi, natijada o’zaro joylashuvi jihatdan farq qiladigan kokklar vujudga keladi.
Monokokklar (mono — grekcha so’z bo’lib, bir, yakka ma`nosini bildiradi) bo’lingandan keyin har qaysisi alohida joylashadi.
Diplokokklar (di — grekcha ikki, juft) bir tekislikda bo’linadi va juft-juft bo’lib jonlashadi.
Tetrokokklar — (tetra — grekcha to’rtta) o’zaro perpepdikulyar ikki tskislikka bo’linadi va to’rttadan joylashadi.
Streptokokklar (streptus — grekcha so’z bo’lib, zanjir ma`nosini bildiradi) zanjirsimon joylashgan kokklardir.
Sartsinalar — (sartsio — lotincha so’z bo’lib, bog`layman ma`nosini bildiradi) o’zaro perpendikulyar, uch tekislikka bo’lingan kokklar, ular 8 — 16 dan to’p-to’p bo’lib joylashadi.
Stafilokokklar — (stafilokokkus — lotincha so’z bo’lib, shingil ma`nosini bildiradi) tartibsiz bo’linib, uzum shingili shaklida joylashadi.
2. Tayoqchasimon — o’z navbatida uchtaga bo’linadi: bakteriyalar, batsillalar va klostridiyalar.
Bakteriyalarga spora hosil qilmaydigan, batsillalarga spora xosil qiladigan tayoqchasimon mikroblar, klostridiyalarga xam spora hosil qiladigai yig`simon tayoqchalar kiradi.
Tayoqchasimon bakteriya va batsillalar kokklar singari uzunasiga juft-juft bo’lib joylashganda, diplobakteriya yoki diplobatsillalar deyiladi, zanjir bo’lib joylashsa, streptobakteriyalar yoki streptobatsillalar deb ataladi.
Tayoqchasimon bakteriyalarning ayrimlari tashqi ko’rinishi bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Qat`iyan tsilindr shaklidagi bochkasimon, uchlari to’mtoq va shuiga o’xshash tayoqchalar ma`lum.
Klostridiyalar (kloster — grekcha so’z bo’lib, yig` ma`nosini bildiradi). Bu gruppaga spora hosil qiladigan va spora xosil bo’lishda ularning o’rtasi kengayib yir shaklnni oladigan mikroorganizmlar kiradi.
3. Spiralsimon bakteriyalar — bularga:
Vibrionlar (vibrio — lotincha so’z bo’lib, egilaman ma`nosini bildiradi) vergul shaklli, bir buramali bo’ladi.
Spirillalarga (spira — lotincha so’z bo’lib, buralaman ma`nosini bildiradi) ikki-uch va hatto beshtagacha buramali mikroblar kiradi. Spiraxetalarga juda ko’p mayda, uzun va ingichka burmali bakteriyalar kiradi.
4. Xlomidobakteriyalarda odam va hayvonlarda kasallik ko’zg`atadigan mikroblar bo’lmaydi. Ularga tiniq suv omborlarida yashaydigan oltingugurt va temir bakteriyalar kiradi.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə