Очик дарс -mavzu



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə1/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
  1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни


Очик дарс -MAVZU
MIKROORGANIZMLARNING MORFOLOGIYASI

Mavzuning maqsadi: Talabalarga mikroorganizmlarning shakllari, ichki tuzilishi, ularning foydali va zararli tomonlarini izohlab berish.
Reja.

  1. Mikroorganizmlar hujayrasining hayvon, o’simlik hujayralaridan farqi.

  2. Mikroorganizmlar shakllari.

  3. Bakteriyalarning ko’payishi.

  4. Bakteriyalarning ko’payishi.

  5. Bakteriyalarda spora hosil bo’lishi.

  6. Bakteriyalar tasnifi.

  7. Viruslar tasnifi, tuzilishi, virusli kasalliklar, viruslarning ochilish tarixi.

  8. Faglar.

Adabiyotlar: 1: 252-267; 2: 10-24.
Asosiy tushunchalar: bleforoplast, fimbriy, donor, retsipient, mureni, permiaza, vezikula, plazmid, monotrix, lofotrix, amfitrix, peritrix, kansid, bakteriofag.

Mikroblar er yuzidagi tirik organizmlarning eng qadimiysidir. Ular er yuzida uch milliard yil oldin paydo bo’lgan. Ba`zi olimlarnnng fikriga qaraganda er yuzidagi hayot mikroblardan boshlangan, yana boshqa olimlarning fikricha er yuzida avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebiontlar, fotobiontlar, protobiontlar va boshqalar) bo’lgan. Hayotning rivojlanishi oddiy organizmlardan murakkabroq organizmlarga qarab taraqqiy etgan. Avvalo viruslar (tarkibida RNK, so’ngra DNK borlar) paydo bo’lib, undan so’ng riketsiyalar, mikoplazmalar, bakteriyalar, ko’k-yashil suv o’tlar, zamburug`lar, o’simliklar va nihoyat hayvonlar yuzaga kelgan.


Bir hujayrali va ko’p hujayrali organizmlar orasida o’xshashlik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning harakatlanish organlari xivchinlardir, yadro va plastidalar yuksak o’simliklarning organoidlariga o’xshashdir.
Mikroorgannzmlar klassifikaiiyasida ularning morfologik belgilarnga asoslanilardi. CHunki odamlarga bundan tashqari hsch narsa ma`lum emas edi. XIX asrshshg oxprida mikroorgapizmlarning ko’p turlari annqlangach, olimlar, asosan botaniklar o’simliklar klassifixatsiyasida qo’llanilgak usullar yordamida mikroorganizmlarni gruppalarga bo’lganlar. 1896 yilda K Leman va R. Neymai birpnchi bo’lib, hamme mikroorganizmlarnn uchta: 1) sharsimon, 2) tayoqchasimop, 3) spiralsimon gruppalarga bo’lgan edilar. Bu gruppalarga bo’„gpshda asosan ularnpng tashqi ko’rinishi hisobga olingandi. Bir yildai so’ng mikroblarni sistemaga solishda ularning morfologik belgilari bilan bnrga fiziologik belgilari ham hisobga olnnadigan bo’ldn. Hozirgi sharoitda mikroorganizm.larni klassifikatsiyalashda belgilarning yig`nndisi hisobga olinadi. Bularga fenotipik (morfologik, kulturali, fiziologik hamda boshqa xossalar) va genotipik (DNKning fizikaviy va ximiyavny xossalari) belgilari kiradi.
1924 yilda D. Bergi degan olimning redaktsiyasida Amerika mikrobiologiya assotsiatsiyasi «Bakteriyalarning aniqlagichi»ni nashr etgan edi. 1974 yilda uning 8-chi nashri bosildi. Bu aniqlagichga asoslanib hamma mikroblar prokariot olamiga birlashtirildi. Prokariot olami ikkita bo’limga bo’lingan:

  1. Panobakteriyalar yoki ko’k-yashil suv o’tlar.

  2. Bakteriyalar.

Bakteriyalar o’z navbatida o’n to’qqiz guruhga bo’linadi:

  1. Fototrofli bakteriyalar.

  2. Toygoklanadigan bakteriyalar.

  3. G`ilofli bakteriyalar.

  4. Kurtaklanadigan va butoqli bakteriyalar.

  5. Spiraxetalar.

  6. Spiralsimon va bukilgan.

  7. Grammanfiy aerob tayoqcha va kokklar.

  8. Grammanfiy fakultativ anaerob tayoqchalar.

  9. Grammanfiy anaerob bakteriyalar.

  10. Grammanfiy kokklar va kokkobatsillalar (aeroblar).

  11. Grammanfiy kokklar (anaeroblar).

  12. Grammanfiy xemolitotrof bakteriyalar.

  13. Metan hosil qiladigan bakteriyalar.

  14. Grammusbat kokklar.

  15. Endosporalarni hosil qiladigan tayoqchalar va kokklar.

  16. Grammusbat asporagen (spora hosil qilmaydigan) tayoqchasimon bakteriyalar.

  17. Aktinomitsitlar va bularga yaqin turadigan mnkroorganizmlar.

  18. Rikketsiyalar.

  19. Mikoplazmalar.

M. A. Krasilnikov esa o’zining «Bakteriya va aktinomitsetlarning aniqlagichi»da (1949 yil) 6000 dam ziyod mikroorganizmlarni nomlab chiqib, ularni ikkita gruppaga bo’lgan:

  1. Xlorofill hosil qiladiganlar.

  2. Xlorofilsiz mikroorganizmlar.

Ikkinchi gruppa to’rtta sinfdan iborat:

  1. Aktinomitsetlar.

  2. Bakteriyalar.

  3. Miksobakteriyalar.

  4. Spiraxetalar.

Har bir sinf esa o’z navbatida mayda sistematik gruppalarga bo’linadi.
Hozir hamma hujayrali jonivorlar hujayrasining tuzilishiga, o’zak va organellalarning tsitoplazma bilan munosabatiga, qobig`ning tarkibiga va boshqa belgilariga qarab ikkita gruppaga bo’linadi:

  1. Prokariotlar.

  2. Eukariotlar.

Prokariotlardagi mikroorganizmlarda o’zak modda va organellalar tsitoplazmalardan maxsus parda bilan ajratilmagan.
Eukariotlar gruppasidagi mikroorganizmlarda esa o’zak va organellalar maxsus pardalar bilan o’ralgan va shu parda ularni tsitoplazmadan ajratadi.
Mikroorganizmlarning talay qismi (bakteriyalar, aktinomitsetlar, spiroxetalar, riketsiyalar va ko’k-yashil suv o’tlar) prokariot guruhiga kiradi, qolganlari (achitqi, mog`or zamburug`lar, mikroskopik suv o’tlar va sodda organizmlarning ba`zilari) eukariot guruhiga kiradi.
Mikroorganizmlarni belgilashda binor (qo’shaloq) nomenklatura qo’llanadi va o’ziga nasl (avlod) hamda turni oladi. Masalan, kuydirgi kasalligini qo’zg`atuvchi mikroorganizmning nomi Batstsilis antratsis, ichak tayoqchasining nomi esa Esherixiya va hokazo.
Eng oddiy toksinomik birligi bu tur, turlar birlashib naslni, nasllar esa birlashib oilani hosil qiladilar. Oilalar qatorlarga birlashadi va qatorlar sinflarni tashkil qiladilar.
Mikroorganizmlarning ba`zilari o’simliklar, ba`zilari hayvonot, yana bir boshqalari esa o’simlnklar dunyosi bilan hayvonot dunyosining (olamining) orasida turadi.
Mikroorganizmlar orasidagi bakteriyalarning tuzilishi va bularning fiziologik xususiyatlari boshqa mikroorganizmlar-ga nisbatan yaxshirots tekshirilib aniqlangan.


Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə