Очик дарс -mavzu



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə7/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

Rikketsiyalar. 1909 yilda Rikkets degan olim Meksikada uchraydigan va bit orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirnb, kasal odam tanasidan kalta tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va rikketsiya provocheka deb nomlaydi. Bular juft juft yoki zanjir sheklida bo’lishi mumkin, uzunligi 300—400 nm. Faqat tirik to’qima va xujayralarda rivojlanadi.
Rikketsiyalar xususiyatlariga ko’ra mikoplazmalarga o’xshaydi, bakteriyalar va viruslarning oraliq formasi, DNK va RNK si uchraydi, polimorf mikroorganizmlar, ba`zilari kokksimon, donador, diametri 0,5 mk. Tayoqchasimonlari 1—1,5 mk, uchlari yumaloq yoki bir oz bukilgan, 3—4 mk, ipsimon formalari 10—40 mk da donador. Rikketsiyalar harakatsiz spora va kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni kuzatganda ular tashqi va ichki qobiq bilan o’ralganligi ma`lum bo’ldi. TSitoplazmasida granulalar shaklidagi ribosomalar bo’lib, ular 70—200 A keladi. Rikketsiyalar bo’linib ko’payadi. Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va odamda turli tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi, qizilchali tif, kunsitmasi, yurakda suv to’planishi, tovuq va it rikketsiozi, ornitoz va boshka yukumli kasalliklarni ko’zg`atuvchilardir.
Viruslar. Odamda, hayvoplar va o’simliklarda ma`lum bo’lgan ko’p kasalliklarning qo’zg`atuvchisi filtrlanuvchi viruslardir. Hozirgi vaqtda ularning 600 dan ortiq turi ma`lum. Viruslar juda ham mayda (17—360 nm) bo’lib, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi, xujayraviy tuzilishga ega emas. Sun`iy oziq muxitida rivojlanmaydi, faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi protsessini o’z foydasiga o’zgartiradi.
Virus zarrachasi—virion genetik asos (DNK ski RNK) va oqsilli kobiqdan iborat. Oqsilli qobiq-kapsida deb nomlanadi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota—nuklsokapsid ba`zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adsnoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp, gerpes viruslarida) qobiqdan alohida membrana bilan ajralgan bo’ladi Viruslar tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, ipsimon shakllarda bo’ladi. Ko’pgina o’simliklar, hayvonlarda va odamda turli: masalan, gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
1965 yilda Moskvada o’tgan mikrobiologlarning Xalqaro IX kongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilindi. Viruslar tarkibidagi nuklein kislotalariga ko’ra ikkita guruhga: RNK virus va DNK viruslarga bo’linadi. 1970 yilda Mexiko shahrida bo’lib o’tgan mikrobiologlarning Xalqaro X kongressida RNK va DNK viruslari o’z navbatida bir necha avlodlarga bo’liiganligi ma`lum qilinadi.
1. RNK viruslarning guruhiga:
a) pikornoviruslar (ikkita so’zdan iborat bo’lib, piko — kichkina, rN — RNK borligini ko’rsatadi);
b) reoviruslar (REO — uchta so’zning birinchi harflaridan olingan bo’lib, resperitori enterik organi degani);
v) arboviruslar (arxropoborne so’zidan AR va ikkinchi qismidan BO olinib tashkil topgan);
g) ortomiksoviruslar (mikso — lotincha mukoid);
d) paramiksoviruslar;
e) rabdoviruslar (rabies — quturish so’zidan olingan);
2. DNK viruslarning guruxiga:
a) papovaviruslar («papilloma», «polloma» va «vakuolizlangan» so’zlarning biriichi ikkita xarfidan olingan);
b) adenoviruslar (adenoid so’zidan olingan);
v) gerpesviruslar (xerpes kasalining nomidan olingan);
g) poksviruslar (chechakni qo’zg`atadigan viruslar);
d) pikodnaviruslar.
Avlodlar o’z pavbatida odam va hayvonlarda yuqumli kasalliklarni qo’zg`atadigan turlarga bo’linadi. Viruslar nihoyatda mayda bo’lib, nonometrlar (nm) bilan o’lchaniladi va hajmi 2(3 dan to 350 nmtacha boradi.
Viruslar shar, tayoqcha, kub va ipsimon hamda membranaga o’ralgan bo’ladi. Ba`zi viruslar esa kristall shakldagi oqsil ekanligi aniqlandi. Viruslarnikg boshqa mikroorganizmlardan farqi shuki, ular faqat tirik organizmda yashab ko’payadilar. Viruslar sun`iy oziq muhitlarida o’smaydilar. Bakterial filtrlardan o’tadigan viruslarni faqat elektron mikroskopda ko’rish mumkin.
Bakteriyalarning viruslari (bakteriofaglar). 1917 yilda D. Errel dizenteriyaning etiologiya va patogenezipi o’rganib shuni aniqladiki, dezenteriya kasali bilan kasallangan odamlardan olingan pajaslarning filtrati bu kasallik qo’zg`atuvchisini lizis hodisaga, ya`ni eritishga olib boradi. Dizenteriya kasalini qo’zg`atuvchi bakteriyani lizes hodisaga olib borgan: agentga D. Errel bakteriofag deb nom bergan. Bakteriofag «bakteriyalarni eydigan» (pojirayushiy) degan ma`noni bildiradi. Bakterium lotincha so’z bo’lib — bakteriya, fagos esa grekcha so’z bo’lib — eyman deganidir. Bakteriofag — bakterial hujayraga o’tib yashab, talay nasl hosil qiladigan va shu hujayrani eritib yuborib, bakteriyalar yashaydigan muhitga fag zarralar chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan virus. Zich oziq muhitlariga bakterial va bakteriofaglarning aralashmasi ekilganda, bakteriofag bakteriyalarni lizis hodisasiga olib borgan joylarda «steril dog`lar», ya`ni «negativ koloniyalar» hosil bo’ladi.
Suyuq oziq muhitida esa bakteriyalar bilan muhitni yoritadi. Bakteriofaglar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Bakteriyalar va aktinomitsetlar rivojlanib turgan joylarda, bakteriofaglar ichida parazitlik qilayotgan faglarni topish mumkin.
Bakteriofaglarni parenteral (og`iz bo’shliq yo’lidan tashqari) yo’l bilan organizmga yuborilganda organizmda antitellalar hosil bo’ladi. SHu antigen xususiyatlarga ko’ra bakteriofaglar bir necha turlarga (polifaglar, mornofaglar va tipliaglar) bo’linadi. Faglar bakteriyalarga ko’ra fizikaviy va ximiyaviy faktorlarning ta`sirlariga chidamliroq bo’ladi. Ko’pincha faglar 65 — 70 daraja issiqlikka chidaydi. 185 daraja sovuqqa ham chidaydi, quritilgan holda yaxshi saqlanadi. 1% karbol kislotasining eritmasi faglarga yomon ta`sir etmaydi, 1% formalin eritmasi esa faqat bir necha minutda ta`sir etadi.
Faglar yuqumli kasalliklarni davolashda va kasalni qo’zg`atuvchi mikroorganizmlar turini aniqlashda nihoyatda keng qo’llanadi.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə