Очик дарс -mavzu



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə8/8
tarix29.09.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#124942
1   2   3   4   5   6   7   8
Очик дарс лекция матни

ZAMBURUG`LAR
Ular turli mikroorganizmlar va bakteriyalar kabi o’simlik dunyosiga kiradi. Ammo zamburug`larning tuzilishi bakteriyalarning tuzilishiga qaraganda murakkab. Ularda xlorofill bo’lmagani uchun yuqori darajali o’simliklardan farq qiladi.
Zambururlar gexerotroflar va oziq muhitlariga talabchan emas. Ular har xil substratlarda yashayveradi. Kislorodga ham muhtoj emas. Sovuqqa nihoyatda chidamli. SHuning uchun zamburug`larni xolodilniklarda ham uchratish mumkin. Zamburug`larning aksariyati ko’p hujayrali bo’lib, hujayralari ko’pincha cho’ziq shaklda va ipga o’xshaydi. Ipsimon hujayralar giflar deb ataladi, ular o’sib shoxlaydi va chigal — zamburug` tanasn yoki mitselliy hosil qiladi. YAamburug` mitseliysi oziq muhitining ichiga o’sib kiradi.
Zamburug`lar ba`zan oddiy bo’linish yo’li bilan, ammo ko’pincha spora hosil qilish — jinsiy yo’l bilan ham ko’payadi.
Hamma zamburug`lar ikkita gruppaga bo’linadi:

  1. YUqori darajali zamburug`lar.

  2. Tuban (eng oddiy) darajali zamburug`lar.

Bular o’z navbatida 6 ta sinfni tashkil qiladi.
YUqori darajali zamburug`larga:
a) xitrid zamburug`lar. Ularning mitselliysi yo’q yoki bor bo’lsa-da, tashkil topish bosqichida. Xitridlar asosan suv, o’simlik yoki ularning xujayrasida parazitlik qiladi va kasallik kelib chiqishiga sabab bo’ladi;
b) oomitsetlar. Bir xujayrali mitselliydan iborat. Vakillari suv va tuprokda yashaydi;
v) zigomitsetlar. Tuproqdagi zamburug`lar kiradi.
Tuban (zng oddiy) zamburug`larga:
a) askomitsetlar xaltali zamburug`lardir. Mitselliy ko’p hujayrali bo’lib jinsiy ko’payishi maxsus xaltachalarda askasporalar orqali, jinssiz ko’payishi esa konidiyalar orqali bo’ladi;
b) bazidomitsetlar ko’p hujayrali mitselliydan tashkil topgan bo’lib, bazidiosporalar vositasida jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Bularga ko’pincha odam iste`mol qiladigan qo’ziqorinlar ham kiradi.
v) deyteromitsetlar (mukammallashmagan zamburug`lar) — mitselliysi ko’p hujayrali bo’lib, faqat konidiyalar hosil qilib jinssiz ko’payadi. Ular odamlar, hayvonlar va o’simliklar orasida har xil kasalliklarga sababchi bo’ladilar.
Veterinariya mikrobiologiyasi fani uchun quyidagi uch tur zamburug`larning ahamiyati katta:

  1. Nursimonlar.

  2. Mog`orlar.

  3. Achitqilar.

1. Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug`lar (grekcha so’z bo’lnb, «aktis» — nur va «mikos» — zamburug` ma`nosini bildiradi). Ular tabiatda keng tarqalgan. Giltner va SHtelmerlarning aytishicha, tuproqdagi mikroorganizmlarning qariyb 20 — 30% aktinomitsetlardan iborat. Ular tuprok strukturasini yaxshilab, unda maxsus hid hosil qiladilar. Oqsil, tsellyuloza kabi murakkab organik moddalarni chiritishda va gumin birikmalarini hosil qilishda qatnashadilar. Aktinomitsetlarning ba`zi turlari o’zidan antibiotik (streptomitsin, levomitsin, tetratsiklin va boshqalar) ishlab chiqaradi va shu antibiotiklar dori-darmon sifatida qo’llanadi.
Aktinomitsetlar tuban zamburug`lar va bakteriyalarning belgilarini olib, shu mikroorganizmlarning oralig`ida joylashgan. Tayoqchasimon bo’lishi, haqiqiy o’zagining bo’lmasligi, tsitoplazma va hujayra po’stining ximiyaviy tarkibi, anilin bo’yoqlar va grammusbat bilan bo’yalishi, 35 — 37 daraja issiqlikda, go’sht-pepton, agar, sun`iy oziq muxitlarida o’sishi xususiyatlari bilan bakteriyalarga yaqin turadi. Bir xujayrali mitselliylarning havoli sporalar va mitselliyalar parchalanishi orqali ko’payishi, zich oziq muhitlarida xavoli mitselliylar bilan koloniyalar hosil qilishi esa ularni tuban zamburug`larga yaqinlashtiradi. Aktinomiietlar bir hujayrali shoxlanuvchi mitselliylardan tashkil topgan mikroorganizmlardir. Mitselliylarning bir guruhi muxitga botgan holda bo’lsa, giflarning ikkinchi qismi havoga ko’tarilgan bo’ladi. Agar-agar ko’shilgan sun`iy oziq muhitlarida aktinomitsetlar markazi zich doirasimon koloniyalarni hosil qiladi. Giflar ichida ko’payish uchun xizmat qiladigan konidiya sporalar hosil bo’ladi. Aktinomitsetlar pigmentlar ishlab chikaradi, shuning uchun ularning koloniyalari turli rangga (pushti, kizil, yashil, ho’ng`ir va qora) bo’yalgan bo’ladi. Aktinomitsetlar saprofit, ayrimlari esa inson va hayvonlarda aktinomikoz kasalligini tozaga chiqaradi.
Tipik aktinomitsetlardan proaktinomitset avlodiga kirgan mikroorganizmlar ancha farq qiladi. Proaktinomitsetlar rivojlanishining dastlabki davrlarida mitselliysining hammasida yoki ayrimlarida ko’ndalang pardalar hosil bo’lib, ular tayoqchasimon qismlarga bo’linadi. So’ng bu tayoqchasimon bo’laklardan o’z navbatida koksimon sporalar hosil bo’ladi. Sporalar jipsiy yo’l bilan ko’payadi. Hujayraning kurtaklanishi yuzasining bo’rtishidan boshlanadi, bu joy asta-sekin kattalashib, natijada ona hujayradan ajralib chiqadi va mustaqil hayot kechiradi. Jinsiy ko’payish esa kopulyatsiya deyiladi. Bunda ikkita tashqi ko’rinishda bir xil yoki turli hujayralar yaqinlashib yopishib, ularning ichki narsalari aralashib xaltacha hosil qiladilar va shu xaltachalarning ichida askasporalar hosil bo’ladi.
2. Mog`orlar hujayralari xlorofilsiz ipsimon shakldagi zamburug`lardir. Tanasi giflar to’plamidan iborat bo’lib, mitselliy deb ataladi. Mitselliysining tuzilishiga ko’ra mog`or zamburug`lar ikkiga bo’linadi:
1. Fikomitsetlarning mitselliysi bo’g`inlarga bo’linmagan: giflardan iborat (mukor mog`ori).
2. Mikomitsetlarning midelliysi bo’g`inlarga bo’lingan, tanasi ko’p hujayrali (aspergill va penitsillium mog`orlar)dnr.
Mog`or zamburug`lar asosan jinsiy yo’l bilan endogen va ekzogen sporalar yordamida ko’payadi. Ekzosporalar mevali giflarning (konidiyalar) uchlarida joylashadi. Endosporalar ham mevali giflarning uchlarida joylashadi, lekin ular umumiy xaltacha sporaning ichida bo’ladi. Zamburug` sporalarining bakteriyalar sporalaridan farqi shuki, ular ko’payish uchun xizmat qiladi, chidashi kamroq bo’ladi va har bir zamburug`dan ko’plab hosil bo’ladi.
3. Achitqnlar bir hujairali, mitselliy hosil qilmaydigan mikroorganizmlardir. Ular tuxumsimon va elipsimon shaklda bo’lib, uzunligi 8 — 10 mkm, yo’g`onligi esa 2 — 7 mkm ga yaqindir. Achitqi hujanralari qobiq protoplazma va o’zakdan iborat. Asosan oddiy bo’linish, kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi. Ba`zilari esa spora hosil qilish yo’li bilan ko’payadi.
Achitqilar tabiatda nihoyatda keng, asosan zaharli moddalar bor joylarda (meva, gullarning shirasida, sut mahsulotlari va boshqa) tarqalgan, Ular vino, pivo va non tayyorlashda keng qo’llanadi. Bundan tashqari undan spirt, silos va sut mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi. Achitqilarda organizm uchun foydali oqsil, uglevodlar va V vitamin gruppasi bor. Achitqilarning ayrim turlari odam va hayvonlarda kasallik qo’zg`atadi. Masalan, otlarda epizootik limfangoit, odam va hayvonlarda blastomikoz va kandidamikoz kasalliklarini paydo qiladi.
Sodda organizmlar — bir xujayrali bakteriyalar bo’lib, hujayralari protoplazmadan va yaqqol ajralib turuvchi o’zakdan iborat. Hujayralarning qobiqsiz protoplazmasi hartomondan soxta oyoqlar hosil qilib, ularning yordamida harakatlanadi. Ko’pincha sodda jonivorlar maxsus organlari: xivchnnlari yoki kipriklari yordamida harakat qiladilar. Sodda organizmlarning qobig`i yo’q, buning o’rniga protoplazmasining tashqi qismi joylashgan. Ko’pgina sodda organizmlar ayrim: hollarda zich qobiq bilan o’ralib, sporaga o’xshagan tsista hosil qiladi. TSistalar xam zich kobiq bilan o’ralgan bo’lib, bir nechta o’zakdan iborat va xujayra hayotining chidamli shakli hisoblanadi, lekin ko’payish uchun xizmat qilmaydi. Sodda organizmlar oddiy bo’linish va jinsiy yo’l bilan ko’paya oladi. Ba`zi sodda organizmlarning ko’payishi g`oyat murakkab. Bunda jinssiz tsikl jinsny tsikl bilan almashinadi. Masalan, hayvonlarda va tovuqlarda koktsidiylar, odamlarda esa bezgak plazmodiyasi.
Ko’k yashil suvo’tlar. Ko’kyashil suvo’tlar tuzilish jihatidan bakteriyalarga o’xshaydi. Hujayralarida takomillashgan yadrosi yo’q, lekin DNK bor. Pigmentlar lamellalar shaklida hujayraning chetlarida, xromatoforalarda joylashgan. Xromatoforasi po’stsiz bo’lib, tsitoplazmada joylashgan. Xromatoforasida yashil rangli xlorofill, ko’k rangli fikodian, ba`zilarida karotin va fiko eritrin uchraydi. Ularning miqdori turlicha, shuning uchun ko’k yashil suvo’tlar yashil, ko’k, qizg`ish, sariq rangda bo’ladi. Fotosintez protsessida ko’pchiligida glikogen hosil bo’ladi.
Ko’k yashil suv o’tlar oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ko’pchiligi suv havzalarida, nam tuproqda uchraydi. Dengiz suvlarida ayrim vakillarigina uchraydi. Ko’pchilik ko’k yashil suvo’tlar molekulyar holdagi azotni o’zlashtiradi va tuproqning unumdorliging oshiradi. Ayniqsa, sholipoyalarda ko’k yashil suv o’tlar ko’p uchraydi
Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə