Noan`anaviy dars shakllari


Navbatdagi guvox chaqirtiriladi



Yüklə 92 Kb.
səhifə6/10
tarix15.03.2023
ölçüsü92 Kb.
#102583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH

Navbatdagi guvox chaqirtiriladi.
Qoralovchi: Aytingchi, guvoh, marg`ilonlik Kumushbibining Otabekni sehrlab olishiga sabab bormi?
Guvoh: Zero ota-onasining Otabekdan boshqa umid nishonasi, hayot quvonchi yo`q edi: Yusufbek Hojining tili bilan aytganda, dunyoda ko`rib o`tadigan orzumiz, xavasimiz faqat senga qarab qolgan. Otabek farzandlik burchini yaxshi bilgani uchun ota-ona orzusiga jonsiz xaykal bo`lib rizolik berdi va istamagan holda bechora Zaynabning umriga zavol bo`ldi. Otabek va Kumush o`rtasidagi munosabatda esa, majburiyat bor edi.
Hukmdori odil: “O`tgan kunlar” ishini davom ettirib, ikkinchi aybnomani ham ko`rib chiqsak.
Qoralovchi: Hurmatli jamoa “O`tgan kunlar” ishi bo`yicha Kumushning o`limiga Zaynabni aybdor deb, unga quyidagi aybnomalarni qo`yamiz.

  1. Zaynab suymaganga suykalmasligi kerak edi. U OtabekKumushni yaxshi ko`rishini bilsa-da, ikki qalbga ozor berdi.

  2. Zaynab bolaligidan pismiq qiz bo`lib, turmushga chiqgach, ham ana shu odatini qo`ymadi. O`z tarbiyasizligi orqasidan Otabekdan bir necha bor dakki eshitdi.

  3. Zaynab eng og`ir jinoyatga qo`l urdi. Kumushni zaxarlab o`ldirdi. Daxshatlisi shundaki, norasida go`dakni ona mehridan mahrum etib, 3 oila baxtini poymol etdi.

Oqlovchi: Hurmatli majlis ahli, qoralovchi janoblari, Zaynabni fojeaning asosiy aybdori deb topdilar. Biroq Zaynabni bu ishga qo`l urushida kim aybdor? Axir uni bu ishga undagan yolg`iz Xushro`ybibigina emas-ku! Nahotki, Zaynabning sevgisiga va sevilishiga haqqi bo`lmasa? Otabekning xo`rlashlari etmagandek, O`zbek oyim ham o`zlari suyib olgan kelinlariga nisbatan to`nlarini teskari kiyib oladilar. Qoralovchi Zaynabni tarbiyasizlikda aybladilar. Axir O`zbek oyimdek butun Toshkentni oyoqqa turg`iza oladigan bir ayol, yakka-yu yolg`iz o`g`liga tarbiyasiz bir qizni ravo ko`rishi mumkin edimi? Zaynab ham husnda, oriyatda, odobda Kumushdan qolishmas edi. Uning yolg`iz aybi Otabek tomonidan sevilmagan. U bu xonadonga baxt izlab kelgan, ne-ne orzu umidlar bilan bir yastuqqa bosh qo`ygan edi.
Biroq Otabek aqlli va dono yigit Zaynabdan bir og`iz shirin so`zini, bir daqiqalik shirin muamilasini qizg`andi. Bechora qiz Kumushning baxtli kunlarini ko`rib, poymanasi to`lsa-da, sabr etib chidadi. Biroq chaqaloqning qo`liga zaharni achchiq xayot, O`zbek oyim, Otabek va qolaversa Kumushbibining o`zi tutqazdi. Chunki sevib – sevilishga, shu xonadonning erka kelini bo`lishiga Zaynabning ham xaqqi bor edi. Otabekni yorim degandi. Yorim vafodorim degandi. Kumushdan ham ortiq suygandi. Siz Zaynabga tutmangiz oson.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə