Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 92 Kb.
səhifə3/10
tarix15.03.2023
ölçüsü92 Kb.
#102583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH

Bahs-munozara darslari

Bahs darslari o`quvchini ma`lum bir muammo ustida bosh qotirishga shu muammoga o`z munosabatini bildirgan holda yondashib, uni hal etishga yo`lovchi dars turidir.


Bahs darslarini aloxida daqiqali dars davomida o`tkazilsa baxs dars deb, darsni ma`lum bir bosqichida uyushtirilgan baxs esa darsning baxsli bosqichi deb yuritiladi.
Baxs dars o`tkazish uchun o`quvchi-talabalar oldindan tayyorgarlik ko`rishi maqsadga muvofiq.
Ularga muammoli savollar berilishi va shu muammoni xar bir o`quvchi o`zicha xal qilgan xolda darsga tayyorlanib kelishi kerak.
Baxs darslarni xar bir o`rganilgan asar yuzasidan pala-partish o`tib bo`lmaydi. Buning uchun o`qituvchi asarni sinchiklab, o`rganib, baxs munozaraga sabab bo`ladigan o`rinlarni belgilashi, shu o`rinlar asosida o`quvchilarda munozara qo`zg`ay oladigan savollar tayyorlashi, keyin ularni o`quvchi-talabalarga xavola qilishi zarur.
O`quvchilarning darsdagi mas`ulligini oshirish va ularda o`rganilayotgan asarga qiziqishni kuchaytirishda asosan evristiik usulda foydalaniladi.
Biror asarni to`liq o`rganib, bo`lingandan keyin baxs dars o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o`quvchi asar bilan yaxshi va to`liq tanishmagan bo`lsa, berilgan muammoni to`g`ri tushuna olmaydi va savollarga javob berishga ojizlik qiladilar. O`z fikriga ishonmagan o`quvchi baxsga ham aralashib, faollik ko`rsata olmaydi.
Baxs darslar o`quvchilarni fikrlashga, so`zlashga, tadqiqot qilishga, maqbulni nomaqbuldan ajrata bilishga, o`z fikrini dalillar bilan isbotlashga, muxokama va munozara yuritishga o`rgatadi. O`quvchi-talabalar xaqiqatni yuzaga chiqarishga intiladi, chunki haqiqat baxsda tug`iladi.
M a v z u : Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar.
Teatrlashtirilgan baxs-dars.
O`qituvchi: Moziyga qaytib, ish ko`rmoq xayrli deydilar. Shunga ko`ra biz mavzuni moziydan, o`zbek xayoti, o`zbek ruhi, o`zbekona urf-odat va o`zbek ma`naviyati aks etgan “O`tgan kunlar”dan boshladik...
Dunyoda shunday yozuvchilar bo`ladiki, ularning ijodisiz, biror milliy adabiyotning taraqqiyot yo`lini tasavvur etib bo`lmaydi.
A.Qodiriy o`zbek xalqining iymonli, vijdonli yozuvchilaridan edi.
Siz o`tgan suxbatlarda Qodiriyning armonli hayoti, ayanchli fojeali taqdiri xaqida eshitgansiz.
Yozuvchi ijodi bilan “O`tgan kunlar” romani bilan, ko`pgina xajviyalari bilan tanishdik.
Asarni taxlil qilish, qaxramonlar ichki va tashqi olamining o`ziga xos tomonlarini ochishda sinf 3 guruhga bo`linadi.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə