Noan`anaviy dars shakllari



Yüklə 92 Kb.
səhifə1/10
tarix15.03.2023
ölçüsü92 Kb.
#102583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH


TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLARDAN FOYDALANISH
Reja:

  1. An`anaviy va noan`anaviy dars shakllari

  2. Noan`anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish

  3. Noan`anaviy darslarning samaradorlik jihatlari

  4. Noan`anaviy darslar ko`rinishlari Baxs-munozara darslarini tashkil etish. Teatrlashtirilgan darslarni tashkil etish metodiksi (Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar mavzusi msiolida).

Ma’lumki, «Adabiyot » darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, oz xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o‘z darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan holda ish olib boramiz.


Dars o‘tish qulay va jonli bo‘lishi uchun turli ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqamiz. Ulardan o‘z vaqtida va o‘rnida foydalanishga harakat qilamiz. Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «Uyin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o‘zimiz o‘rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz. Ta’lim har doim takomil va yangilanishga mushtoqdir. Shuning uchun, ilojini boricha, ta’limning yangi usullari ustida izlanishimiz talab etiladi. Chunki o‘quvchilarga ham bir xil qolipdagi darslar yoqmaydi, ularni zeriktiradi. Natijada o‘quvchi darsni yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta o‘tilganda o‘zini oqlaydi. Me’yoridan oshmasligi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi uchun usullarning turlicha bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Dars jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog‘lash, mustaqil fikrga tayanish shakllariga katta e’tibor berishimiz lozim. Har bir o‘tilayotgan darsga o‘quvchilar tomonidan berilayotgan baho biz uchun qadrlidir.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə