Nizomiy nomidagi


-shkala- Bilimga qiziquvchanlik-



Yüklə 115,74 Kb.
səhifə8/13
tarix24.02.2023
ölçüsü115,74 Kb.
#101423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-shkala- Bilimga qiziquvchanlik-shaxsning oʻzi uchun qimmatli va yoqimli boʻlgan muayyan narsa va hodisaga munosabati. Bunda insonning oʻziga xos xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziquvchanlik bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda oʻzlashtirishda, koʻnikma va malakalarni shakllantirishda qoʻl keladi, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishiga yordam beradi. Qiziquvchanlik insonda intilish, faollik, ichki turtki, ehtiyojni roʻyobga chiqarish manbai vazifasini bajaradi. Qiziquvchanlik shaxsning borliqqa tanlab munosabatda boʻlishida, oʻziga xos qaror qabul qilishida, oʻzini oʻzi nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan toʻsiqlarni yengishida ifodalanadi. Qiziquvchanlik shaxsiy va ijtimoiy, bevosita va bilvosita, keng va tor, beqaror va barqaror boʻladi. Qiziquvchanlik sinchkovlik, qiziqish, bilishni oʻz ichiga oladi. Odamlarni shaxsiy qiziqishini idora qilishga oʻrgatish, bu yoʻnalishda mashqlantirish, treninglar, testlardan foydalanish intiluvchan, toliqmas xislatlarni shakllantirishga yordam beradi.
2-shkala- Tasavvur-bu insonning tasavvur qiluvchining tajribasida yaxlit shaklda ilgari sezilmagan yoki umuman sezilmaydigan obyektlarning tasvirlarini, gʻoyalarini oʻz-oʻzidan yaratish yoki ataylab qurish qobiliyatidir (masalan, tarix voqealari, taxmin qilinayotgan kelajak, idrok etilmagan yoki mavjud boʻlmagan dunyo hodisalari, masalan, ertak, afsona va boshqalarning gʻayritabiiy qahramonlari) . Shaxsning tasvirlar, tasavvurlar, gʻoyalar yaratish va ularni manipulyatsiya qilish qobiliyati modellashtirish,rejalashtirish, ijodkorlik, oʻyin, xotira, fikrlash kabi aqliy jarayonlarda muhim rol oʻynaydi.
3-shkala- Murakkablik-murakkab hodisa va tushunchlarni anglashga intiluvchanlik, murakkab masalalarni mustaqil yechishga intiluvchanlik, murakkab topshiriqlarni xush ko’rish.
4-shkala- Tavakkalchilikka moyillik-Oqibat-natija qanday boʻlishidan qatʼi nazar, biror ishga jazm qilish, nima boʻlsa boʻlar, yo ostidan, yo ustidan zaylida qilingan harakat.
Test-so'rovnoma 50 ta savollardan iborat bo'lib, tekshiriluvchidan (o'smirlar) ularga «Ha» , «Yo'q» , «Bilmayman» , «Ehtimol» deb munosabat bildirishlarini so'raladi. Javoblar yeg'ib olingach har bir shkala bo'yicha va umumiy qiymat bo'yicha kalitga mos ravishda umumiy ballar hisoblab chiqiladi. Oxirida esa xulosa va tavsiyalar yozib qo'yiladi.
Ko'rsatma: ―Hurmatli ishtirokchi, quyidagi so‘rovnoma sizga o‘zingizning ijodiy qobiliyatlaringiz darajasini baholashingiz uchun imkoniyat beradi. Buning uchun sizdan so‘rovnomada keltirilgan takidlarga munosabat bildirishingiz talab etiladi. Bunda siz ta'kidlarda ifodalangan xususiyat sizga qanchalik xosligini bildirishingiz lozim bo‘ladi. Buning uchun siz javob varaqasida keltirilgan to‘rt xil javob varianti – ―umuman olganda to‘gri (ha), ―qisman to‘g'ri (ehtimol), ―umuman olganda noto‘g'ri (yo‘q), ―bilmayman variantidan birini tanlab, tegishli ta'kid raqami ro‘parasida tanlangan javob varianti ostida belgi qo‘yishingiz kerak.
Unutmang, bu erda to‘gri yoki xato javoblar bo‘lmaydi, o‘zingiz uchun tegishli xususiyat qanchalik xos bo‘lsa, uni ko‘p o‘ylamay belgilang. So‘rovnoma bilan ishlash vaqti cheklanmagan, ammo javoblaringizni imkon qadar tezroq berishga harakat qiling.

Yüklə 115,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə