Mustaqil ish “Germaniya”



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə7/7
tarix22.12.2023
ölçüsü21,94 Kb.
#154255
1   2   3   4   5   6   7
Germaniya

Germaniya Geydelberg, Kyoln, Freyburg, Tyubingen kabi qadimiy universitetlar vatani hisoblanadi. 1386 yilda asos solingan Geydelberg universiteti ko‘hna qit’aning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlari ro‘yxatiga kiritilgan. O’rta asrlardayoq ushbu universitetga kirish yevropalik aslzodalarning orzusi bo‘lgan. Germaniyaning mo‘’jazgina Geydelberg shahrida joylashgan mazkur universitetning nufuzi hozir ham baland. Bu yerdan Gegel, Yaspers kabi jahon tanigan olimlar, o‘nga yaqin Nobel mukofoti egalari yetishib chiqqan. Universitet yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot yo‘nalishlarida kuchli kadrlar tayyorlaydi. Bu yerda o‘qiydigan 25 ming talabaning 12 foizi xorijliklardir.Myunxendagi Lyudvig-Maksimillian universiteti Yevropani tibbiyot bo‘yicha yetuk mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan ta’lim maskanida ayni paytda 44 ming talaba tahsil oladi.Axen, Bremen, Bonn, Frankfurt, Gamburg, Kyoln, Marburg kabi universitetlarga ham talabgorlar ko‘p. Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning 370dan oshiq oliy ta’lim muassasalarida 2 millionga yaqin talaba, jumladan, 246 ming xorijlik tahsil olmoqda. Olmon yurti chet ellik talabalar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Buyuk Britaniyadan keyingi o‘rinda turadi.

Germaniyada hosil bayramini odamlar quvonch bilan nishonlaydilar. Ularning keng tarqalgan bayramlaridan biri bu – minnatdorchilik bildirish bayramidir. Hosil bayrami Germaniyaning Katolik cherkovida oktyabrning birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu bayram negizida rimning udumlari yotadi. Bayram kunlari odamlar mo’l hosil uchun shukronalar aytib, bayramni zavqu- shavq bilan nishonlashadi. Hosil bayrami xristian davridan oldin paydo bo’lgan. Katolik cherkovida 3 asrdan beri nishonlanib kelmoqda. 1972 yil oktyabrining birinchi yakshanbasi bayram sifatida Germaniyaning katolik cherkovida tasdiqlangan. Qadimgi qishloq aholisi hosilni ruh qo’riqlaydi, o’stiradi deb fikr yuritishgan. Ruh dehqondan xursand bo’lsa mo’l hosil beradi, agar xafa qilsa, hosilni badnom qiladi deb o’ylashgan. Shunga asosan qadimda ruh ustidan g’alaba deb nishonlangan. Hozirda bayram munosabati bilan cherkovda oldindan tayyorlab qo’yilgan bug’doy o’rami eng chiroyli hosil bilan bezatiladi.Hosil bayrami Germaniyada qanday nishonlanadi? Myunxenda 19 sentyabrdan boshlab, 4-oktyabrga qadar davom etadigan festival shodiyonalari aynan terim munosabatlari bilan o’tkaziladi. Ushbu festivalda nemischa raqslar, Bavariya oshxonasining eng tansiq taomlaridan baxramand bo’lasiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə