Mustaqil ish “Germaniya”


Tanlash imkoniyati Tanlash imkoniyati



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə5/7
tarix22.12.2023
ölçüsü21,94 Kb.
#154255
1   2   3   4   5   6   7
Germaniya

Tanlash imkoniyati

Tanlash imkoniyati

Olmon ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchilar boshlang‘ichni tugatgandayoq kelajak yo‘lini aniqlab olishi zarur. Ana shunga asoslanib, u bir necha turdagi maktabdan birida o‘qishni davom ettiradi. Asosiy maktab (hauptschule). Bu yerda bolalar to‘qqizinchi sinfgacha o‘qitiladi. Asosiy maktablarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish niyati yo‘q bo‘lgan, biror bir kasb etagidan tutishni ko‘zlagan o‘quvchilar ta’lim oladi. Bu turdagi maktablarda bazaviy bilimlar beriladi va asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratiladi. Asosiy maktabni tugatgan o‘smirlar tugallanmagan o‘rta ta’lim haqida shahodatnoma oladi. Ushbu hujjat bilan kasb-hunar maktablari (berufsschule yoki professionalschule)ga kirish mumkin. Bizdagi kasb-hunar kollejlariga o‘xshab ketadigan mazkur maktablarda talaba muayyan kasb-hunar bo‘yicha bilim va tajriba oshiradi.

Real maktab (realschule). Bu turdagi maktablarda matematika va tabiiy fanlarga moyil, kelajakda oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan bolalar o‘qiydi. O’qish 5-sinfdan 10- sinfgacha. Mazkur muddat mobaynida yoshlarga turli fan sohalari bo‘yicha kengaytirilgan bilim beriladi. Real maktabni tugatgan o‘smirlar o‘qishni gimnaziyada davom ettiradi.Gimnaziya (gymnasium). O’quvchilar o‘rta ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan ushbu bilim maskanida to‘qqiz yil – 5-sinfdan 13-sinfgacha ta’lim oladi. Real maktabning 10-sinfini tamomlagan yoshlar esa uch yil o‘qiydi. Mazkur ta’lim dargohida gumanitar, tabiiy fanlagimnaziyada r va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O’quvchilar o‘n birinchi sinfdan tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib, asosiy vaqtini bir necha fanni chuqur o‘rganishga sarflaydi.

Gimnaziya – oliy ta’limga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichi. Negaki, gimnaziyani tugatganlik to‘g‘risidagi yetuklik shahodatnomasi (abitur) universitetga imtihonsiz kirish huquqini beradi. Ammo yetuklik shahodatnomasini olish oson emas. O’quvchiga ushbu hujjatni berishda uning o‘n uch yil davomidagi natijalari hamda to‘rtta fan bo‘yicha yakuniy imtihon baholari inobatga olinadi. Olmon zaminida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘n uch yil yaxshi natija bilan o‘qish kerak. Ana shundan keyingina universitet yo‘llari ochiladi.Ta’lim tizimida umumiy maktablar (gesamtschule) ham mavjud. Unda yuqorida zikr etilgan maktablar dasturi o‘n yil davomida uyg‘un holda o‘qitiladi, ya’ni o‘quvchilar ham gumanitar, ham texnik fanlar yo‘nalishida bilim oladi. Umumiy maktab bitiruvchilari ham so‘nggi uch yillik majburiy ta’limni gimnaziyada davom ettiradi.Shuningdek, nogiron va aqliy qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktablar ochilgan.


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə