Mustaqil ish “Germaniya”



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə3/7
tarix22.12.2023
ölçüsü21,94 Kb.
#154255
1   2   3   4   5   6   7
Germaniya

Germaniya iqtisodi jahonda yetakchi oʻrinlarda turadi. Mamlakat asosan elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobil sanoati, ekologiya sohasidagi texnologiyalar, farmatsevtika va kimyo sanoati mahsulotlarini eksport qiladi. „Made in Germany“ (“Germaniyada ishlangan”) – umumeʼtirof etilgan sifat belgisidir: jahonda Mercedes, BMW, Audi, Bayer, Siemens brendlari ancha mashhur.Innovatsion gʻoyalar Germaniya taraqqiyotining dvigateli hisoblanadi. Aynan Germaniya koʻplab kashfiyotlarning vatani sanaladi. Masalan, avtomobillar va xavfsizlik yostiqchalari, rentgen va aspirin, kompyuterlar, chiplar va MP3 formati Germaniyada yaratilgan. Fan va tadqiqotlar qadimiy anana boʻlib, ularning nufuzi hamon yuqori. Ilk universitet 1386 yilda Geydelberg shahrida tashkil etilgan. Nobel mukofoti sohiblari boʻyicha Germaniya oldingi oʻrinlarda turadi. Birgina tabiiy fanlar va tibbiyot sohasida 70 nafar germaniyalik Nobel mukofotini olgan. Ular orasida Vilgelm Konrad Ryontgen, Robert Kox, Maks Plank, Albert Eynshteyn, Kristiana Nyuslyayn-Folxard va Xarald sur Xauzenlar bor.

Germaniya shoirlar va mutafakkirlar vatani deya tan olingan. Chunki bu yurtda Kant, Gegel, Adorno, Gyote, Geyne, Brext, Bax, Betxoven, Brams va boshqalar tavallud topgan. Zamonaviy nemis dizaynerlari, rassomlari, aktyorlari, musiqachilari va sportchilarining nomi dunyoga mashhur.Qadimiy germanlar haqidagi ilk maʼlumotlar qadimiy yunon va rimliklarning asarlarida tilga olib oʻtilgan. Germanlar haqida birinchi maʼlumot 98 yilda berilgan ekan. Bu maʼlumot Rim solnomachisi Tatsit (Tacitus)ga taalluqlidir. “Germaniya” nomi qadimgi davrlardagi mualliflarning asarlarida qayd qilinganlotincha “Germania”dan kelib chiqqan “Germanlar” (lotincha Germanus) atamasi ilk bor Yuliy Sezar tomonidan “Gall urushi yozuvlari” asarida Reyn ortida istiqomat qiluvchi xalqlar borasida maʼlumot berilganida tilga olingan. Tahlilchilarning fikricha, aslida bu soʻz lotincha emas, balki ildizi keltlarning “gair” (“qoʻshni”) soʻziga borib taqaladi.Aslida nemis tilida davlat “Deutschland” deb ataladi. “Deutsch” soʻzining maʼnosi nemis tilida “xalqqa oid” degan maʼnoni anglatadi, hamda qadimgi zamonlarda birinchi navbatda tilni nazarda tutgan edi. “Land” esa “oʻlka, mamlakat” degan maʼnoni beradi. Mamlakat nomining zamonaviy shakli XV asrdan beri qoʻllab kelinadi.


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə