Mundarija kirish chevrolet tracker uzatmalar qutisi haqida ma’lumot



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə2/10
tarix06.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#104472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi avtomobil bo\'limlari

CHEVROLETTRACKER
Drayv turi / G'ildirakli haydovchi Old

O'rindiqlar soni / O'rindiqlar soni

5

Uzunlik, mm / Uzunlik, mm

4270

Kengligi, mm / Kengligi, mm

1791

Balandligi, mm / Balandligi, mm

1627

G'ildirak bazasi, mm / G'ildirak bazasi, mm

2570

Tozalash, mm / Tuproqni tozalash, mm

161

Dvigatel va transmissiya
Dvigatel turi Benzinli, turbo quvvatli



Silindrlar soni / Silindrlar soni 3 qator
Ko'chirish / ko'chirish 1,2 l
Maksimal quvvat (kVt / ot kuchi) / Maksimal quvvat (kVt / ot.) 5500 da 132

Maksimal moment (Nm) / Maks moment (Nm) 190



Tezlashuv 0 ~ 100 km/soat (sek.) /Tezlashuv 0 ~ 100 km/soat (soniyaga) 11,1
Maksimal tezlik (km/soat) / Maksimal tezlik (km/soat) 180
Uzatmalar qutisi / uzatish turi 6 AT

Bo'sh vazn (kg) / bo'sh vazn (kg) 1260
Magistral hajmi (l) / magistral hajmi (l) 393
Avtomobilning yalpi og'irligi (kg) / Brüt vazn (kg) 1690



RUL BOSHQARISH / RUL

Turi Elektr kuchaytirgich / Elektr kuchaytirgich

TORMOZ TIZIMI / TORMOZ TIZIMI

Old Disk / Disk

Orqa Baraban / Baraban
Orqa Buralish nuri bilan mustaqil / Torsion nur bilan mustaqil




Mamlakat avtomobil transportining keskin o`sishi sharoitida, moddiy texnik va mehnat resurslarini tejashni ta’minlovchi omillardan biri-bu, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish (TXK) yoki texnik servis (TS) va joriy ta’mirlash (JT) sifatini oshirishdir.
Bozor munosabatlarini chuqurlatishda bu yo`nalish o`z ahamiyatini yanada oshiradi, chunki sifatsiz TS va JT qo`shimcha xarajatlarga, mijozni yo`qotishga olib keladi va korxonaning obro`sini tushiradi.
Servis va ta’mirni o`tkazish vaqtini kamaytirish uchun yangi texnika va texnologiyani joriy etish, zamonaviy diagnostika jihozlarini qo`llash va tashkiliy boshqarish tizimini takomillashtirish talab etiladi.
Avtomobil servisi va ta’miri sifatini oshirishda bajarilgan ishni nazorat qilish ham katta omildir. Chunki servislar oralig`ida va ta’mirdan keyin avtomobilning buzilmasdan ishlashi bajarilgan ishlarning sifatiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, joriy ta’mirning 30 foizga yaqini servisning sifatsiz bajarilganligi sababli kelib chiqar ekan. Ta’mirlash ishlarini bajarish uchun avtomobil, agregat, uzel va mexanizmlar qismlarga ajratilishi va ta’mirdan so`ng qayta yig`ish ishlari bajariladi. Ushbu ishlarni yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan texnologik haritalar asosida bajarilsa texnik va texnologik talablar bajarilib ishlar sifatli hisoblanadi. Quyida zamonaviy avtomobilning uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig`ish ishlarini ko`rib chiqamiz.
Uzatmalar qutisi uzatish sonining o‘zgarish usullariga qarab pog‘onali, pog‘onasiz va murakkab (kombinatsiyalashgan) ya’ni gidromexanik hamda avtomatik usullarda ishlaydigan turlariga bo‘linadi. Zamonaviy avtomobillarda uzatmalar qutisi uzatmalarni shovqinsiz, zarbsiz ulash, boshqarishni yengillashtirish, ishonchli ilashishni ta’minlash va ishlash muddatini oshirish maqsadida har xil konstruksiyali mexanizmlar qo‘llaniladi.
Uzatmalar qutisida haydovchining qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan mexanik qurilmali almashtirib qo‘yish uzatmalari keng tarqalgan. Mexanik qurilmali almashlab qo‘shish yuritmalari vositali va bevositali turlarga bo‘linib, richagli, richag-tortqili, richag-trosli, richag valli bo‘ladi.
Ish avvalida uzatmalar qutisidagi moy to‘kilgan bo‘lib, ish joyi, asbob-uskunalar moy bo‘lishi va to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasin, bu sirpanib yiqilish yoki qo‘lni shikastlanishiga olib keladi. Moy to‘kilgan hollarda darhol yog‘och qirindi sepilib, quruq holatga kelguncha tozalab olinsin va artilsin. Uzatmalar qutisi moslama yoki maxsus stendga ishonchli mahkamlansin. Asbob-uskunalar o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilsin. Qo‘zg‘aluvchi detallarni olishda va o‘rniga qo‘yishda qo‘lni qisib qolishdan ehtiyot bo‘ling.
Podshipniklarni chiqarishda moslamani to‘g‘ri joylashtirib, vintni siltamasdan burashga harakat qiling. Pressda chiqarish imkoniyati bo‘lsa valni tik holatda bo‘lishini ta’minlang. Agar val holati o‘zgarsa, pressni to‘xtatib, bosuvchi gidrotsilindrni orqaga qaytarib, valni qaytadan tik holatga keltirgach chiqarishni davom eting. Valdagi shlitsalarni zarbadan saqlang, aksincha shesternyalarni chiqarish va kiritishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rezbali birikmalarni ko‘rsatilgan burash momentidan ortiq mahkamlamang, bu boltni uzilib ketishi va shikastlanishga sabab bo‘ladi. Urib chiqarish va kiritish moslamalarini to‘g‘ri yo‘naltiring. Uni zarba berish joyidan 25-50 mm pastroqdan ushlang. Bolg‘a dastagi ishonchli o‘tqazilgan bo‘lib, toza va quruq holatda ishlatilsin. Yaroqsiz - asbob uskunalardan foydalanish man etiladi, bu xavfsiz ishlashning asosiy tamoyili bo‘lib, unumli ishlashga imkon beradi.
Asboblarni ishlatishda ularni toza bo‘lishi va o‘z joyiga qo‘yilishiga odatlaning. Har qanday ishni bajarishda shoshilib, chala bajarmang. Ehtiyotkorlik baxtsiz hodisa va shikastlanishni oldini oladi, buni unutmang!

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə