Mundarija kirish chevrolet tracker uzatmalar qutisi haqida ma’lumot



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə3/10
tarix06.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#104472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi avtomobil bo\'limlari

Texnologik xarita - bu avtomobil yoki uning agregatlari, uzellariga bo`ladigan ta’sirlarning barcha turlari va ketma-ketligi, ularni bajarish uchun kerak bo`ladigan jihoz, uskuna va asboblar, bajaruvchilar malakasi, bajarish uchun vaqt birligi va amal qilinishi zarur bo`lgan texnik talablar keltirilgan hujjatdir. Quyida Texnologik xaritaning shakli va uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va joyiga o`rnatib mahkamlash jarayonlari keltirilgan.
Texnologik xarita Uzatmalar qutisini ta’mirlash texnologik jarayoni, ya’ni ishlar bajarilish ketma-ketligi
Ish tarkibi Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va joyiga o`rnatib mahkamlash
Mehnat xajmi ishchi minut
Ijrochilar soni 1 nafar
Har bir ijrochining mutaxassisligi va malakasi 3-razryadli

Faoliyat turlari

Asbob uskuna, moslama va ashyo.

Rasm (ko‘rinish)

Ish bajarishda qo‘yiladigan talablar



1. Qismlarga ajratish ishlari



1.1. Almashlab qo‘shish richagini yechib olish.



Kalitlar
to‘plami.



Bolt 1 bo‘shatilib, richag 2 yechib olinsin.



1.2. Almashlab qo‘shish mexanizmini jamlamasini yechib olish.



Kalitlar
to‘plami,
otvertka.



Bolt 1 va almashlabqo‘shish mexanizmining blokirovka bolti 2 bo‘shatilib olinsin. Eslatma: Bolt 2 olinmasa, mexanizm jamlamasi 3 chiqmaydi. Mexanizm jamlamasi 3 va qistirma 4 olinsin.



1.3. Yon qopqoqni yechib olish.



Kalitlar
to‘plami,
rezinali
bolg‘a



Boltlar 1 bo‘shatilib, rezinali bolg‘adan foydalangan holda yon qopqoq olinsin. Germetikdan tozalansin



1.4. Birlamchi va
V-uzatmasining
tirgak (stopor)
halqasi va
ayrisini tirgak
halqasini yechib
olish.

Maxsus kalit, otvertka, yassi jag‘li ombir, magnit.





V-almashlab qo‘shish ayrisining tiqini 1 bo‘shatib olinsin.Magnitdan foydalanib yo‘naltiruvchi zo‘ldir (sharik) chiqarilsin. Tirgak halqa 2 va 3 chiqarilsin. Vuzatmaning tishli zichlovchi halqasi olinsin



1.5. V-uzatma almashlab qo‘shish ayrisining barmog‘ini chiqarish.



Bolg‘a,
baradok.



Ayri V-uzatma holatiga keltirilib, ayrining barmog‘i chiqarilsin.



1.6. Birlamchi
valning V-uzatma
ayrisi va
sinxronizator
gubchagi
(stupitsa)
jamlanmasini
yechib olish.

Qo‘lda.





Ayri bilan gubchak 1
birgalikda tortib chiqarilsin.
Sinxronizator gubchagi
jamlamasi, mufta, suxar va
prujina olinsin.

1.7. Birlamchi valning V-uzatma
shesternyasi, sinxronizatornin g tishli halqasi va podshipnigini yechib olish.

Otvertka
va qo‘lda



Sinxronizatorning tishli
halqasi va to‘lqinsimon
prujinani shesternya bilan birgalikda chiqarilsin.V-uzatma podshipnigining sirtqi oboymasi olinsin.



1.8. Ikkilamchi
valning Vuzatma
shesternyasini
yechish.

Otvertka,
bolg‘a va
kalitlar
to‘plami.



Otvertka chizmada ko‘rsatilganday almashlab qo‘shish kulachoklarni ushlab gayka 2 va shayba 3 bo‘shatib olinsin.



1.9. Ikkilamchi
valning V-uzatma
shesternyasini
olish.

Qo‘lda.





Shesternya 4 olinsin.



1.10. Ikkilamchival podshipnigining qapqog‘i va rostlovchi qistirmasini yechib olish



Otvertka.





Vint 1 bo‘shatilib, yon qopqoq 2 olingach, rostlash qistirmasi olinsin



1.11. Almashlab qo‘shish valining prujina va zo‘ldirini olish.



Kalitlar to‘plami





Bolt 1 bo‘shatilib, prujina va zo‘ldir olinsin.III-IV uzatmaning bolti 2 prujina va zo‘ldiri olinsin.I-II uzatmaning bolti 3 bo‘shatilib, prujina va zo‘ldiri olinsin.Diqqat: V va orqa uzatmasining prujina uzunligida farqi bor, buni belgilab qo‘ying, yig‘ishda e’tibor berilsin



1.12. Orqaga harakatlantirish shesternyasini boltini yechib olish



Kalitlar
to‘plami



Orqaga harakatlantirish shesternaning bolti olinsin. Diqqat! Bu bolt olinmasdan chap g‘ilof (kojux) yechilmaydi.



1.13. Uzatmalar qutisidan chap va o‘ng g‘ilofining boltlarini yechib olish.



Kalitlar to‘plami





G’ilofning chap tarafdagi boltlari 1 va o‘ng tomonidagi boltlari 2 yechib olinsin.



1.14. Uzatmalar qutisidan chap va o‘ng g‘ilofi qistirmalari bilan yechib olish.



Rezina bolg‘a.





Rezina bolg‘a bilan yengil
zarba berib chap va o‘ng
g‘iloflar olinib, germetikdan
tozalansin.

1.15. Orqaga
harakatlanish
uzatmasining
richagini yechib
olish.

Kalitlar to‘plami.





Bolt 1 bo‘shatilib, kronshteyn 2 olinsin.



1.16. Orqaga harakatlantirish vali jamlamasini yechib olish.



Qo‘lda.





Orqaga harakatlantirish shesternyasini ichki g‘ilof tomon surib, val shesternya 1 chiqarilsin.



1.17. V va orqaga harakatlantirish uzatmasining almashlab qo‘shish valini yechish.



Qo‘lda





Almashlab qo‘shish vali «a» chiqarilsin.



1.18. Tishli uzatmalar jamlamasini yechib olish.



Qo‘lda.





Almashlab qo‘shish vali 1 shesternyalari bilan chiqarilsin.Pastki va yuqori uzatmalar vali 2 shesternyalari bilan chiqarilsin.



1.19. Quti korpusidan plastina naychasini yechib olish. (chap tomoni)



Kalitlar to‘plami.




1,3-bolt; 2-naycha; 4- plastina.



Bolt 1, 3 bo‘shatilib, plastinka 4 olinsin.



Texnik talablar
Stend uchun bir qator talablar mavjud. Ta'mirlash ishlab chiqarish sharoitida foydalanish zarur ishonchlilikni, ya'ni keyingi sertifikatlashgacha muammosiz ishlashni ta'minlashni talab qiladi. Ishlab chiqarish va unifikatsiya darajasini oshirish uchun mahalliy sanoat tomonidan o'zlashtirilgan shunga o'xshash uskunalarning namunalari asos qilib olinadi. Stenddan xodimlar tomonidan ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lmagan holda foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda, u xavfsizlik talablarini oshiradi
Dizayn ishlari uch bosqichga bo'lingan. Birinchi bosqich texnik shartlarni tayyorlashni o'z ichiga oladi. Ikkinchi qism texnik taklifni taqdim etadi. Uchinchi bo'lim - dastlabki dizayn. Amaliy ish tushuntirish xati rasmiylashtirilgandan keyin tekshirishga topshiriladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə