Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi



Yüklə 316,5 Kb.
səhifə2/19
tarix26.05.2023
ölçüsü316,5 Kb.
#113063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Abdulaziz

Kurs ishning maqsadi va vazifasi: Kurs ishida zamonaviy xitoy adabiyoti vakillaridan biri Mo Yan ijodini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi va quyidagi vazifalar rejalashtirildi:
1. Zamonaviy xitoy adabiyotini o‘rgangan adiblar ijodini tahlil etish.
2. Mo Yanning hayot yo‘li bilan tanishish.
3. Mo Yan ijodidan namunalar keltirish va ularni tahlil etish.
Kurs ishning tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan birga jami 33 betdan iborat. (Har bir
1.Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
Mehnat bozori qanday ishlashini tushunish uchun mazkur bozordagi talab va taklifni o’rganib chiqish lozim. R.J. Erenberger va R.S. Smitning yozishlaricha, mehnat bozorini tadqiq qilish talab va taklifni taklif qilish bilan boshlanadi, tugallanadi hamda mehnat bozori ishlashining har qanday natijasi hamisha ushbu tarkibiy qismlarga va ularning o’zaro aloqasiga u yoki bu darajada bog’liq bo’ladi. Marshallning so’zlarini o’zgartirib aytganda, qaychining ikkita jag’i yordamidagina mato bo’lagini qirqib olish mumkin.
Mehnat talabining mehnat narxiga bog’liqligini ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, birorta sanoat tarmog’ida ish haqi oshdi. Shu bilan birga texnologiya, foydalaniladigan uskuna va boshqa omillar o’zgarmay qoldi. Natijada mahsulot tannarxi va ushbu mahsulot narxi oshadi. Xaridor narxi yuqori mahsulotni kamroq sotib oladi, mahsulot ishlab chiqaruvchi esa uni ishlab chiqarishni, binobarin, xodimlarni qisqartirishga majbur bo’ladi. Shu tariqa, ish haqini oshirish natijasida (boshqa shart-sharoitlarning barchasi birdek teng bo’lgan taqdirda) ish bilan bandlik qisqaradi. Ish bilan bandlikning bunday qisqarishi ko’lam samarasi deyiladi1.
Boshqacha yo’l tutilgan bo’lishi ham mumkin: ishlab chiqaruvchilar ish haqini oshirgach, kapital sig’imi yuqoriroq bo’lgan ishlab chiqarishni, resurs tejaydigan texnologiyalarni qo’llanish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llarini qidiradilar, bularni qo’llanish natijasida ham xodimlarning ish bilan bandligi kamayadi. Ish bilan bandlikning bunday qisqarishi o’rnini bosish samarasi deyiladi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kapital ishchi kuchining o’rniga o’tadi.
Ish haqi va ish bilan bandlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik talabning egri chizig’i bilan ko’rsatib berilishi mumkin (3.1-chizma). 3.1-chizmadan ko’rinib turganidek, talabning egri chizig’i pasayadigan chiziq, ya’ni u ish haqi oshgan sayin mehnatga talab kamayishini ko’rsatadi. Ushbu egri chiziq ishchi kuchi qiymati o’zgarib, talabga ta’sir etadigan boshqa omillar o’zgarmagan taqdirda xodimlar soni qay tariqa o’zgarishini ko’rsatadi, shu bilan birga, ish haqi o’zgarganda mehnatga talab egri chiziq bo’ylab boradi.
Hozirga qadar biz talab mexanizmini ko’rib chiqishimizda boshqa omillar ta’sirini e’tiborga olganimiz yo’q. Endi ular talabning o’zgarishiga qanday ta’sir etishini kuzatamiz. Aytaylik, mahsulotga talab oshmoqda, boshqa omillar esa bunda o’zgarayotgani yo’q.

chizma. Mehnatga talab egri chizig’i.

Bunda shu narsa ayon bo’ladiki, ishlab chiqarish darajasi oshib boradi va ish haqi stavkasi qanday bo’lishidan qat’i nazar ko’lam samarasi mehnatga talabni oshiradi. Mazkur holda o’rnini bosish samarasi yuzaga kelmaydi, chunki mehnat va kapital narxlari o’zgarmaydi. Ro’y bergan o’zgarish umuman o’ngga suriladigan mehnat talabi egri chizig’i yordamida ko’rsatilishi mumkin (3.2.-chizma). Ushbu surilish ehtimoliy ish haqi stavkasi qancha bo’lishidan qat’i nazar mehnatga talab qilinadigan xodimlar sonining oshib borishini ko’rsatadi.







-chizma. Mehnatga talab egri chizig’ining ishlab chiqarish hajmi

Yüklə 316,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə