Mavzu. Qiymat nazaryasi



Yüklə 119,46 Kb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü119,46 Kb.
#152862
  1   2   3   4   5   6   7
QIYMAT NAZARYASI

MAVZU. QIYMAT NAZARYASI




Reja:

  1. A.Smitning iqtisodiy ta’limoti.

  2. A.Smitning mehnat taqsimoti, ayirboshlash, qiymat va pul to’g’risidagi ta’limoti.

  3. Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi.

  4. Qiyosli ustunlik nazariyasi

  5. Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari



Muammoli savollar:


Bozor iqtisodiyotini loyixasi kim tomonidan yaratilgang’ Milliy boylikni ko’paytiradigan omil qaysi omil deb hisoblaysizg’ A.Smit «ko’rinmas qo’l» deb nimani nazarda tutgan edig’ «Tabiiy baho» bilan «odil narx» o’rtasida qanday bog’liqlik va farq mavjud. Qiyosli ustunlik nazariyasi qanday ta’limotni ilgari suradig’ Nima uchun «bozor qonuni» o’z vazifasini bajara olmay qoldig’ Maltus ta’limoti hozirgi kunda qanday o’rin tutadig’


«Davlatni badaviylikning eng quyi bosqichidan farovonlikning eng yuqori bosqichiga ko’tarish uchun faqatgina tinchlik, engil soliqlar va boshqaruvdagi sovuqqonlik kerak, qolganlarning barchasi tabiiy harakat tufayli bo’ladi».
(A.Smit)
    1. A.Smitning iqtisodiy ta’limoti.


Buyuk Shotlandiya iqtisodchisi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisodiy fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va kontseptsiyalarini umumlashtirdi va sistemaga tushirdi. U xo’jalik hag’tining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.


Adam Smit (1723-1790) - buyuk Shotlandiyalik iqtisodchi, klassik sig’siy iqtisodning atoqli namog’ndasi hisoblanadi. U Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dung’ga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi. U erda adabig’t, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi, 1751 yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini
boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lektsiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy hissig’t nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764 yili A.Smit hag’tida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafedrani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan sig’siy arbob - gertsog Baklning o’g’li g’sh lordning xorijga qiladigan sag’hatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sag’hatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sag’hat chog’ida u Shvetsariyada Valter, Frantsiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smiting dung’qarashini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
1766 yilda u o’z yurtiga kaytib keldi va «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini g’zishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy printsiplar asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg’arilishi va uning funktsional shakllari, uchinchisida - kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi, to’rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi, beshinchi qismida davlat moliyasi savollari ko’rib chiqildi. Bu asar A.Smit hag’t paytidag’q to’rt marta qayta nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo’r qiziqish uyg’otdi. A.Smitning bu buyuk asari dung’dagi barcha keyingi iqtisodiy ta’limotlarining rivojlanishiga va ko’pchilik davlatlarning iqtisodiy sig’satiga
o’zining katta ta’sirini ko’rsatdi.
A.Smit asarining nazariy qismining asosiy g’oyalarini ko’rib chiqamiz.

    1. Yüklə 119,46 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə