Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi



Yüklə 316,5 Kb.
səhifə8/19
tarix26.05.2023
ölçüsü316,5 Kb.
#113063
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Abdulaziz

Nogironlar aholining ijtimoiy jihatdan bo’sh himoyalangan yana bir toifasi bo’lib, bu toifa davlat va jamiyat tomonidan faol qo’llab-quvvatlanishga muhtoj. XMTning «Nogironlarni professional qayta tiklash va ish bilan band qilish» 168-tavsiyasida (1983 yil) mehnat qiluvchi nogironlar imkon bo’lgan yerda ish joyiga ega bo’lish uchun o’zlarining istaklariga javob beradigan hamda o’zlari shaxsan unga mos bo’lgan hollarda real tarzda ish olishlari, uni saqlashlari va xizmatda yuqorilab borishlarini ta’minlash ma’nosida teng imkoniyat va muomaladan foydalanishlari kerak deb ko’rsatiladi.
Nogironlarni ishga joylashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar davlat tomonidan maxsus choralar ko’rilishini, shu jumladan nogironlarni professional o’qitish va keyinchalik ular ishga joylashishini tashkil etish, ish joylarini va ishning tashkil etilishini nogironlarning imkoniyatlariga moslash borasida ish beruvchilarni moliyaviy rag’batlantirishni; umumiy asoslarda ish olish imkoniga ega bo’lmagan nogironlar uchun turli xil ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etishda tegishli yordam ko’rsatishni; nogironlarga mo’ljallangan transport vositalarini rivojlantirishga yordam berishni; nogironlar mehnatga muvaffaqiyatli jalb etilganligi haqida jamoatchilikni xabardor qilib turish chora-tadbirlarini ko’rishni talab qiladi.
Professional mehnat bozorlarini (ta’lim, sog’liqni saqlash xodimlari, muhandislar, malakali ishchilar va boshqalarning mehnat bozorlari) rivojlantirish mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat bilan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari, institusiyalashish darajasi, ya’ni xodimlarning ushbu toifalari professional tashkilotlar, shu jumladan, har xil uyushmalar, jamiyatlar, professional klublar va, turgan gapki, kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan qay darajada qamrab olinganligi bilan belgilanadi.
Mehnat bozori modellari ularning ushbu hodisani tavsiflash andozasi sifatidagi maqsadiga qarab, turlicha bo’lishi mumkin. Mehnat bozoridagi raqobatchilik darajasiga qarab, sof raqobat bozori modeli, monopsoniya modeli, kasaba uyushmalari harakati hisobga olinadigan model, ikki tomonlama monopoliya modeli4 ajratiladi.

Yüklə 316,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə