Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi



Yüklə 316,5 Kb.
səhifə9/19
tarix26.05.2023
ölçüsü316,5 Kb.
#113063
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Abdulaziz

Sof raqobat bozori modeli quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • aniq mehnat turini yollashda ko’p sonli firmalar bir-biri bilan raqobat qiladi;

  • bir xil malakaga ega bo’lgan ko’p sonli ishchilar bir-birlaridan mehnat xizmatlaridan qat’i nazar, mazkur malaka turini taklif etadilar;

  • na firmalar, na ishchilar ish haqi bozor stavkasi ustidan nazorat qilmaydilar demak na ular, na bular ish haqi qanday bo’lishini buyura olmaydilar.

Monopsoniya modeli (ya’ni, bitta xaridor monopoliyasi) yollov chining sotib olish (yollash) monopoliyasiga ega bo’lishi vaziyatini aks ettiradi.
Firma mehnat bozorida birdan bir yirik yollovchi bo’lgan taqdirda u, aslida, to’liq monopsoniya hukmronligiga ega bo’ladi. Biron bir korxona ba’zida ish bilan bandlikning birdan bir manbai bo’lib qoladigan ba’zi kichik shahar va olis mintaqalarning iqtisodi yoti bunga misol bo’la oladi.
Bazan oz miqdordagi firmalar (uchta yoki to’rtta firma) mehnat bozorida monopologiyaga ega bo’lib turgan bo’lsa yoki taklif qilingan mehnatning aksariyat qismini yollay oladigan bo’lsa, oligopsoniya ro’y bergan bo’ladi. Buning ustiga, oligopsoniyachilarda xodimlar yollashda qandaydir monopsoniyachi sifatida birgalikda harakat qilish tendensiyasi kuzatiladi.
Ko’plab bozorlarda kasaba uyushmalari xodimlarning manfaatlarini yoqlab chiqadilar va ularning nomidan yollovchilar bilan muzokaralar olib boradilar. Mazkur holda kasaba uyushmalarining hisobga olinadigan mehnat bozori modeli namoyon bo’ladi. Bunda kasaba uyushmalarining boshqa iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishga erishishdan iborat bo’ladi. Ular ushbu maqsadni quyidagicha yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
1) reklama yordamida mahsulotga va mehnat xizmatlariga talabni oshirish, ishlarning xilma-xil turlariga shartnomalar olish uchun siyosiy lobbining aralashuvi yoki ishchi kuchining ehtiyoji qandayligidan qat’i nazar ularni saqlab qolish amaliyotini qo’llash yo’li bilan;
2) mehnat unumdorligini oshirish orqali;
3) ish haqi stavkalarini o’zgartirish orqali. Kasaba uyushmalari xodimlarini birlashtirib va mehnat taklifini nazorat qilib, firmaga raqobatdagidan yuqoriroq ish haqi stavkalari tayinlashni tiqishtiradilar.

Yüklə 316,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə