Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi


Mehnat bozorining turlari va modellari



Yüklə 316,5 Kb.
səhifə6/19
tarix26.05.2023
ölçüsü316,5 Kb.
#113063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Abdulaziz

1.1 Mehnat bozorining turlari va modellari

Barcha turdagi bozorlarda sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular harakat qilganidek, bu jarayon mehnat bozorida ham amal qiladi. Bu bozor mehnatni sotadiganlar va sotib oladiganlardan iborat bo’ladi. Agar sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini butun mamlakat bo’ylab izlasalar, bunday bozor milliy mehnat bozori deyiladi. Sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini faqat muayyan hududda izlasalar, bunday bozor mahalliy bozor deb nomlanadi.


Agar ishchi kuchining geografik, firma ichidagi, kasbiy harakati, ish joylarini to’ldirish mezonidan kelib chiqilsa, unda bozorning turli mamlakatlarda turli nisbatlarda mavjud bo’lgan ikki turini ajratish mumkin.
Birinchi turi — ishchi kuchining geografik va kasbiy harakatini, ya’ni ish joylarini xodimlarni korxona (firma)lar o’rtasida harakatlantirish yo’li bilan to’ldirishni nazarda tutadigan bozor. U shartli tarzda tashqi bozor deb atalgan. Amerika Qo’shma Shtatlaridagi mehnat bozorining modeli bunga ko’proq moyil.
Bunday bozor doirasida firmalar kadrlar bilan chetdan butlanadi, zarur kasb va malakaga ega bo’lgan tayyor xodimlar tanlanadi, ularni korxonadan tashqarida tayyorlanishiga umid qilinadi. Bunday korxonalarda tayyorlashning asosiy shakli — shogirdlik.
Ikkinchi tur — xodimlarning firma ichidagi kasbiy harakatiga mo’ljallangan bozor: kadrlarni tayyorlash, kasblar va malaka bo’yicha tuzilmani shakllantirish firma ichida ish joylarni tuzilmasiga, korxonani rivojlantirish istiqbollariga muvofiq amalga oshiriladi. Bu turdagi bozor shartli tarzda ichki bozor nomini olgan. Bu tur Yaponiya mehnat bozori modeliga xosdir.
O’zbekistonda zamonaviy mehnat resurslari bozori endigina shakllana boshladi. U mazkur mezon bo’yicha hali o’z shaklini egallaganicha yo’q. Bu xususda uni aralash hamda mehnat bozorining birinchi turiga moyilroq deyish mumkin.
Mehnat bozorini keng ko’lamda olib qarash mumkin – bu yalpi ko’lamli bozor bo’lib, u yalpi taklifni (jami iqtisodiy jihatdan faol aholini) va yalpi talabni(iqtisodiyotning mehnatga bo’lgan jami ehtiyojini) qamraydi. Tor ma’noda mehnat bozori joriy bozor bo’lib, u yalpi bozorning bir qismini tashkil etadi va bo’sh o’rinlar hamda ish qidirish bilan band bo’lgan shaxslar miqdori bilan belgilanadi.
Joriy bozor quyidagi ikki qismga bo’linadi: 1) ochiq bozor, unda taklif ish qidirayotgan, shu jumladan, qayta kasb tanlashga, kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarligiga muhtoj bo’lgan odamlarni qamraydi, talab esa bo’sh o’rinlar bilan tavsiflanadi; 2) yashirin bozor, u rasman xo’jalikda ish bilan band bo’lgan, lekin ishlab chiqarishga zarari yetmaydigan tarzda bo’shatib olinishlari mumkin bo’lgan shaxslarni o’z ichiga oladi. Ana shu har ikkala bozorning rasmiy (ro’yxatga olingan) va norasmiy (ro’yxatga olinmagan) qismi bo’ladi.



chizma. Ishchi kuchi bozorining tuzilmasi.

O’zbekistonda hozir amalda bo’lgan mehnat bozori bir xil emas. U ishchi kuchi zahiralarini to’plash usul va shakllari, tashkil etish va boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligi hamda mehnatkashlar holatiga ta’sir etish xarakteriga ko’ra farqlanadigan, turli funksional vazifani bajaradigan, ikkita o’zaro bog’langan soha hosil qiladigan ko’p qatlamli tuzilmadir. Aytib o’tilgan belgilariga ko’ra uni «ochiq» va «yashirin» ishchi kuchi bozoriga ajratish mumkin. Ochiq ishchi kuchi bozori rasmiy va norasmiy (asosan o’z-o’zidan) shakllangan qismlar bilan berilgan (3.6-chizma).


Ishchi kuchining ochiq bozori haqiqatan ish izlayotgan va kasbga yo’naltirishga tayyorlash va qayta tayyorlashga muhtoj bo’lgan barcha mehnatga layoqatli aholini, barcha bo’sh ish joylari va lavozimlari, shuningdek, davlat va nodavlat sektoridagi o’quvchi o’rinlarini qamrab oladi.
Ochiq bozorning rasmiy qismi ish bilan bandlik xizmatida ro’yxatga olingan ishchi kuchi va bo’sh joylarni va rasmiy kasb-hunar ta’limi tizimidagi o’quvchi o’rinlarini o’z ichiga oladi.
Ochiq bozorning norasmiy qismi mehnatga talab, yangi kasblarni egallash uchun o’quv joylari va ishchi kuchi taklifining ishga joylashtirish organlari hamda rasmiy ta’lim o’quv tuzilmalari tomonidan vositalanmaydigan qismini to’playdi. Ularni kelishib olish ish beruvchilar bilan bevosita aloqada amalga oshiriladi, shuningdek, munosib ish topish, tayyorlash, malakani oshirish va tanqis yangi kasblarni egallash kabilarni amalga oshiradigan turli nodavlat vositachilik tuzilmalari tomonidan vositalanadi3.
Hozirgi yashirin mehnat bozoridagi gipertrofiya o’tish davrining xarakterli xususiyati bo’lib, bu eski tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi buzilgan, yangisi esa hali yaratilmagan davrdir. Bunday sharoitda hukumat ish bilan bandlik xizmati moddiy-texnik bazasi va infratuzilmaviy ta’minot imkoniyatlari cheklanmaganligini, shuningdek, majburan ish bilan band etilmagan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni o’tkazish uchun moliyaviy mablag’larning yetishmasligini hisobga olib, rasmiy mehnat bozori doirasini minimallashtirishga harakat qiladi. U bozorga o’tish davrining ijtimoiy oqibatlarini yumshatish bo’yicha vazifalar qismini korxonalar ma’muriyati va mehnat jamoalariga topshirishga harakat qiladi.
U yoki bu mehnat bozoriga kiradigan ish bilan bandlarning toifasiga qarab mehnat bozorining turlari farqlanadi. Bunday farqlash mehnat bozorida tabaqalashtirilgan siyosatni amalga oshirish imkonini beradi. Bu siyosat u yoki bu xodimlar toifalarining xususiyatlaridan, ularning imkoniyatlari va cheklovlaridan, ularni mehnat qilishga undovchi sabablardan, mehnat sarflaydigan joylaridan, ishlab chiqarish va mehnat jarayonidagi rolidan kelib chiqadi.
Nufuz mezonlari bo’yicha mehnat bozorlari quyidagilarga ajraladi:

  • yoshlarning mehnat bozori;

  • xotin-qizlarning mehnat bozori;

  • keksa yoshdagi fuqarolarning mehnat bozori;

  • nogironlarning mehnat bozori.

Ushbu mehnat bozorlarida amal qiluvchi ishchi kuchining ko’rsatkichlari barqaror bo’lib, bu ko’rsatkichlar ulardan foydalanish xarakterini va mehnat sharoitlarini belgilab beradi. Mazkur mehnat bozorlaridagi xodimlar uchun mushtarak holat shuki, ularning hammasi marginal guruhlarga kiradi va ularni ishga solish muayyan cheklovlar bilan bog’liq.
Yoshlarning ish bilan bandligi va ularni professional faoliyatga tayyorlash ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan alohida ahamiyatga ega. Dunyoning hamma yerida yoshlar orasida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi kuzatilmoqda. Bu hol ma’lum darajada yoshlarning o’z xulq-atvor xususiyatlari bilan bog’liq: birinchi ish joyida ish haqi yuqori bo’lmasligi sababli ular muqim ishlab qolishdan moddiy manfaatdor bo’lmaydilar; barqaror daromad olishga undovchi sabab yo’q bo’lib, ushbu vaziyat yoshlarni ota-onalari ko’pchilik hollarda moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashlari bilan bog’liq va hokazo. Buning ustiga ular ko’pincha o’zlarining dastlabki mehnat tajribalarini muayyan ishda emas, balki ish joylarini o’zgartirish yo’li bilan professional faoliyatning har xil turlarida orttirishga harakat qiladilar. Shu bilan birga, yoshlarning ish bilan bandligi asosan ish beruvchilarning munosabati bilan belgilanadi — kon’yunktura yomonlashgan har bir holatda ular, eng avvalo, malakasi hammadan kam va tajribasiz bo’lgan yosh xodimlarni qisqartiradilar.

Yüklə 316,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə