Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Talaba
 
Shu yerda men uchun qadrli va dono professorimni oxirgi marta 
bagʻrimga bosgan va u bilan xabarlashib turishga vaʼda bergan 
kunimdan beri boshdan kechirganlarimni hikoya qilib beraman. 
Undan qaytib xabar olmadim. 
Aslida esa, universitetda men bilgan kishilarning aksariyati, 
jumladan, pivoxoʻr hamshishalarim va ilk marta tongda qoʻynimda 
uygʻongan ayol bilan ham aloqalarimiz uzildi. Bitiruv oqshomidan 
soʻng, men oʻz isteʼdodini dunyoga namoyish etish maqsadida Nyu-
Yorkka yoʻl olgan takabbur bitiruvchi yigitchadan, yillar davomida 
toblanib, butunlay boshqa insonga aylangandim. 
Biroq men kashf etgan dunyo isteʼdodimga zarracha qiziqish 
bildirmadi. Endigina yigirma yoshdan oshgan yillarim ijara haqini 
toʻlash, ish haqidagi eʼlonlarni oʻqish hamda omad menga kulib 
boqmayotganligi sabablari haqida bosh qotirish bilan oʻtdi. Mening 
orzum mashhur musiqachi boʻlish edi (pianino chalardim), biroq zim-
ziyo va boʻm-boʻsh tungi klublarda oʻtgan bir necha yillar davomida 
quruq vaʼdalar, nuqul tarqab ketaveradigan musiqiy guruhlar va 
mendan boshqa hammaga qiziqish bildiradigan prodyuserlar tufayli 
orzum oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Umrimda birinchi marta 
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutayotgandim. 
Aynan shu davrda, birinchi marta jiddiy ravishda oʻlim tushunchasi 
bilan yuzma-
yuz keldim. Musiqaga mehr qoʻyishimga sababchi 
boʻlgan, menga mashina haydashni oʻrgatgan, nuqul qizlar haqidagi 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
14
hazillari bilan jigʻimga tegadigan, meni futbolga olib kirgan suyukli 
togʻam – onamning ukasi qirq toʻrt yoshida oshqozon osti bezi 
saratonidan vafot etdi. Men bolaligimdan unga taqlid qilib, “Katta 
boʻlsam xuddi u kabi boʻlaman” deb ahd qilgandim. U qalin moʻylovi 
oʻziga yarashgan, past boʻyli, xushbichim kishi edi. Men u bilan bir 
uyda, shundoqqina u yashaydigan xonadonning pastki qavatida 
turganim sababli hayotining soʻnggi yillarida uning yonida boʻldim. 
Men uning baquvvat jismi avvaliga turshakdek qotib, keyin esa 
pufakdek shishib borishini kuzatar, har tun azob chekishini, kechki 
ovqat ustida kuchli ogʻriqdan lablari burishib, koʻzlari yumuq holda 
oshqozonini changallagancha bukchayib qolishiga guvoh boʻlardim. 
“Ey, Xudoyiiim”, — ingrardi u. “Ey, Xudo!”. Qolganlar – kelinoyim, 
ularning ikki nafar oʻgʻilchasi va men – koʻzimizni undan olib qochib, 
jimgina ovqatimizni yeyishda davom etardik. 
Hech qachon oʻzimni oʻsha vaqtdagidek ojiz his qilmaganman. May 
oyi tunlaridan birida men va togʻam uning balkonida oʻtirgandik. Iliq 
shabada esib turardi. U ufqqa termilgancha, boʻgʻiq ovozda keyingi 
yil farzandlarining maktabga chiq
ishini koʻra olmasligini aytdi. 
Mendan “bolalarimdan koʻz-quloq boʻlib turasan, a?” deb soʻradi. 
Men undan bunday tushkun gaplarni gapirmasligini soʻradim. U 
menga gʻamgin tikilib qoldi. 
Bir necha haftadan keyin u olamdan oʻtdi. 
Dafn marosimidan soʻng hayotim butunlay oʻzgardi. Birdaniga vaqt 
joʻmrakdan oqib tushayotgan suv kabi bebaho neʼmatga aylangan
men esa uni isrof qilmaslikka jon-jahdim bilan harakat qilishim 
kerakligini anglab yetgandim. Yarim boʻsh tungi klublarda musiqa 
chalishni toʻxtatdim. Bari bir hech kim eshitmaydigan qoʻshiqlarni 
yozishni yigʻishtirdim. Jurnalistika sohasida magistrlik darajasini 
qoʻlga kiritishim bilan ilk ish taklifini qabul qilib, sport muxbiri sifatida 
faoliyat yurita boshladim. Mashhurlikka intilishdan voz kechib, shon-
shuhrat ortidan quvib yurgan sportchilar hayotini yoritardim. Bir 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
15
paytning oʻzida ham gazetalarda ishlar, ham jurnallar uchun 
maqolalar yozib turardim. Vaqt va meʼyorni unutib, aqlga sigʻmas 
shiddat bilan mehnat qilardim. Tongda 
uygʻonishim bilan tishimni 
yuvar va kiyimlarimni ham almashtirmasdan yozuv mashinkasi 
oldiga oʻtirardim. Togʻam umr boʻyi bir korporatsiyada ishlagan va 
kunlari bir xil oʻtgani uchun ishidan nafratlanardi. Mening qismatim 
unikidek yakun topmaydi, deya ahd qilgandim. 
Nyu-
York va Florida oʻrtasida sargardon yurishdan charchab, 
Detroytga koʻchib oʻtdim va “Detriot Free Press” nashrida kolumnist 
sifatida ishlay boshladim. Shaharning sportga boʻlgan qiziqishi 
cheksiz edi. U yerda professional futbol, basketbol, beyzbol va 
xokkey jamoalari borligi shuhratparastlikka boʻlgan chanqogʻimni 
bemalol qondirardi. Bir necha yildan keyin men nafaqat gazetaga 
maqola yozayotgandim, balki bir nechta sportga oid kitoblar va 
radioeshittirishlar muallifiga aylangandim hamda televideniyedagi 
muntazam chiqishlarimda boy futbolchilar va ikkiyuzlamachi 
universitet sport dasturlari haqidagi fikrlarimni bildirib borardim. Men 
hozirda mamlakatni qamrab olgan ommaviy axborot vositalari 
boʻronining bir qismiga aylangandim. Ijodimga talab yuqori edi. 
Ijarama-ijara yurishlarim nihoyasiga yetdi. Orqa-oldimga qaramay 
hamma narsani sotib ola boshladim. Tepalikda joylashgan uy oldim. 
Mashinalar xarid qildim. Birja aksiyalariga sarmoya kiritib, qimmatli 
qogʻozlar egasiga aylandim. Eng yuqori tezlikni yoqib olgandim, 
qiladigan ishlarimning barchasi uchun muddat belgilar va shu 
muddat ichida tugatardim. Telbalarcha jismoniy mashqlar bilan 
shugʻullanar, mashinani uchirib haydardim. Buncha koʻp pul 
topishim tushimga ham kirmagan. Janin ismli qora soch ayolni 
uchratdim, u tigʻiz kun tartibim va deyarli uyda boʻlmasligimga 
qaramasdan, 
negadir 
meni 
sevardi. 
Yetti 
yil 
uchrashib 
yurganimizdan keyin turmush qurdik. Toʻydan bir hafta oʻtib ishga 
qaytdim. Men Janinni, shu bilan birga oʻzimni ham, kuni kelib u orzu 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
16
qilgan farzandlarni dunyoga keltirishimiz va risoladagidek oila 
qurishimizga ishontirdim. Ammo bu kun hech kelay demasdi. 
Yuqoriroq marralarni zabt etish uchun yana ishga shoʻngʻidim. 
Erishgan yutuqlarim menga hamma narsani nazoratda ushlash 
imkonini 
berishiga ishonardim: togʻam kabi xastalikka yuz tutib
narigi dunyoga rihlat qilishdan oldin hayotdan borini olishim, 
baxtning soʻnggi tomchilarini ham siqib ichishga ulgurishim kerak 
edi. Oʻlim bu qismat ekanini tushunib yetgandim. 
“Morri-chi?” deyayotgandirsiz, a? Baʼzi-baʼzida xayolim unga ketar, 
“odamiylik” va “oʻzgalar haqida qaygʻurish” kabi tushunchalarni 
menga singdirganini eslardim, ammo bularning bari uzoq oʻtmishda 
qolib ketgan, xuddi boshqa hayotda sodir boʻlgandek tuyulardi. 
Ushbu yillar davomida Brandeys universitetidan kelgan barcha 
xatlarni toʻgʻri axlat chelagiga uloqtirardim, oʻzimcha, ularga mendan 
faqat pul kerak, deb hisoblardim. Shu sababli, Morrining 
xastaligidan bexabar qoldim. U haqida menga xabar berishi mumkin 
boʻlgan kishilar allaqachon unutilgan, ularning telefon raqamlari 
cherdakdagi keraksiz buyumlar solingan qutilarda chang bosib 
yotardi. 
Bir tun televideniye kanallarini almashtirayotganimda qulogʻimga 
chalingan ovoz eʼtiborimni tortmaganida, barchasi oʻz holicha 
davom etaverg
an boʻlardi... 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə