Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Oʻquv dasturi
 
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslari uning uyida, u 
mittigina 
hibiskus butasining pushti barglari toʻkilishini tomosha 
qilishi mumkin boʻlgan kabinet derazasi yonida, haftada bir marta 
oʻtilardi. Sinf seshanba kunlari yigʻilardi. Dars nonushtadan keyin 
boshlanardi. Fanimiz “Hayot mazmuni” deb atalardi. Unda professor 
boshdan kechirgan hayotiy saboqlar oʻqitilardi. 
Baho qoʻyilmasdi, lekin har hafta ogʻzaki imtihonlar olinardi. Sizdan 
savollarga javob berishingiz 
va oʻzingiz ham savollar tuzishingiz 
talab etilardi. Oʻqtin-oʻqtin professorning boshini koʻtarib, yostiqqa 
qulayroq joylashtirish yoki tushib ketgan koʻzoynagini burnining 
ustiga yaxshiroq qoʻndirish kabi jismoniy mashqlarni ham bajarishga 
toʻgʻri kelardi. Xayrlashuv chogʻida uni oʻpib qoʻyish orqali 
qoʻshimcha ball ishlab olish mumkin edi. 
Hech qanday oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanilmasa-da, muhabbat, 
ish, jamiyat, oila, 
keksayish, kechirimlilik va nihoyat, oʻlim kabi 
koʻplab mavzular muhokama qilinardi. Soʻnggi maʼruza loʻndagina, 
bor-
yoʻgʻi bir nechta soʻzdan iborat boʻldi. 
Bitiruv oqshomi oʻrniga dafn marosimi oʻtkazildi. 
Yakuniy nazorat imtihonlari olinmasa-da, berilgan saboqlar xususida 
uzun maqola yozish talab etilardi. Quyida oʻsha maqola bilan 
tanishasiz. 
Keksa professorim hayotining soʻnggi darslarida bor-yoʻgʻi bir nafar 
talaba qatnashgandi. 
Oʻsha talaba men edim. 
1979-yilning kech bahori, issiq va dim shanba oqshomi. Yuzlab 
talabalar bosh kampusning maysazoriga qator qilib terilgan yigʻma 
yogʻoch kursilarda yonma-yon oʻtiribmiz. Moviy neylon ridolarni kiyib 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
5
olganmiz. Uzundan-uzoq nutqlarni sabrsizlik bilan tinglaymiz. 
Marosim yakunlangach, bosh kiyimlarimizni osmonga uloqtirishimiz 
bilan rasman oliygoh 
– Massachusets shtati Uoltham shahri 
Brandeys universitetining oxirgi bosqich bitiruvchilariga aylanamiz. 
Koʻpchiligimiz uchun hozirgina bolalik davri oʻz nihoyasiga yetdi. 
Marosimdan keyin sevimli professorim Morri Shvarsni topib, uni ota-
onam bilan tanishtiraman. U, goʻyoki kuchli shamol istalgan paytda 
osmonga uchirib ketadigandek, mayda qadamlar bilan yuradigan 
kichik jussali kishi. Bitiruv oqshomi ridosida u injil paygʻambari va 
Mavlud elfi qiyofalari qorishmasid
an hosil boʻlgan koʻrinishda edi. 
Uning koʻzlari koʻkish-yashil rangda, siyraklashib borayotgan 
kumushrang sochlari peshonasiga tushib turar, quloqlari katta, burni 
uchburchak shaklga ega, tutam-tutam qoshlari esa oqara 
boshlagan. Tishlari egri, pastki tis
hlari, goʻyoki kimdir mushti bilan 
ularni 
ichkariga 
kirgizib 
yuborgandek 
orqa 
tomonga 
qiyshayganligiga qaramasdan, u kulganda, oʻzingizni unga yer 
yuzidagi ilk hazilni aytib bergandek his qilasiz. 
U ota-onamga uning barcha darslariga qoldirmay qatnashganimni 
aytadi. “Ajoyib oʻgʻlingiz bor, boshqalarga oʻxshamaydi”, — deydi 
professorim ularga. Uyalganimdan yerga qarayman. Ketishimizdan 
oldin professorga atalgan sovgʻamni beraman: old tomoniga 
professor ism-sharifining bosh harflari tushirilgan jigarrang portfel. 
Sovgʻani bir kun oldin savdo markazidan xarid qilganman. 
Professorni unutib yuborishni xohlamasdim. Balki u meni unutishini 
xohlamagandirman. 
“Mich, sen yaxshi insonsan”, — deydi u, portfelni mamnuniyat bilan 
koʻzdan kechirarkan. Keyin u meni bagʻriga bosadi. Belimda uning 
nimjon qoʻllarini his qilaman. Boʻyim unikidan novcharoq boʻlgani 
sababli u meni bagʻriga bosganda, oʻzimni gʻalati, undan kattaroq 
sezaman, goʻyoki men ota, u esa farzandimdek tuyuladi. U mendan 
xabarlashib turasanmi deb soʻraydi, men hech ikkilanmasdan: 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
6
“Albatta”, — deb javob qaytaraman. 
U orqaga tisarilganda, koʻzlari yoshlanganini koʻraman. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə