Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
10
hisoblaganlarning darslarimga qatnashishdan voz kechish istagi 
boʻlsa, tushunaman. 
U jilmaydi. 
Shu bilan uning dardga chalingani ham ortiq sir boʻlmay qoldi. 
ALS yonayotgan shamga oʻxshaydi: asab tolalaringizni eritib, 
tanang
izni bir uyum mum holiga keltiradi. Koʻpincha, u ishni 
oyoqlardan boshlaydi va sekin-asta yuqorilab boradi. Avvaliga son 
mushaklaringiz oʻzingizga boʻysunmay qoʻyadi va tik turish 
qobiliyatidan mahrum boʻlasiz. Keyin esa butun tana mushaklaringiz 
nazoratin
i yoʻqotasiz va oʻtirish baxtidan ham mosuvo boʻlasiz. 
Alaloqibat, agar shunda ham tirik boʻlsangiz, tomogʻingizni teshib 
oʻrnatilgan naycha orqali nafas olasiz, hali mutlaqo uygʻoq ruhingiz 
esa, oʻz tanasi ichida qotib qolgan ilmiy-fantastik film qahramonlari 
kabi, kiprik qoqish yoki tilni qimirlatishga zoʻrgʻa yaraydigan majruh 
qobiq ichida tutqunlikda qoladi. Mazkur dardga yoʻliqqaningizdan 
besh yil oʻtar-oʻtmas, shu holatga tushasiz. 
Shifokorlar Morrining yana ikki yilcha umri qolganini taxmin qilishdi. 
Morri esa ikki yildan kamroq vaqti qolganini bilardi. 
Keksa professorim qatʼiy qarorga kelgan, bu qaror, u oʻlimi 
muqarrarligidan xabar topib, shifokor qabulidan chiqayotganidayoq 
yetila boshlagandi. “Jimgina soʻlib, yoʻq boʻlib ketaveramanmi yoki 
qolgan 
vaqtimdan unumli foydalanib qolamanmi?” – deya oʻziga 
savol berdi. 
U soʻlmaydi. U oʻlayotganidan uyalmaydi. 
Aksincha, oʻlim uning soʻnggi loyihasi – qolgan sanoqli kunlarining 
markaziy nuqtasi boʻladi. Oʻlim hammaning ham boshida bor ekan, 
uning tajribasi 
boshqalar uchun oʻta ahamiyatli boʻlishi mumkin, 
shunday emasmi? Uning oʻzi tadqiqot obyekti boʻladi. Jonli oʻquv 
qoʻllanmasi. 
Sekin-
asta soʻnib borishimni tadqiq qiling. Menga 
nimalar boʻlayotganini kuzating. Birgalikda oʻrganamiz

Morri hayot va mamot oʻrtasidagi koʻprikni bosib oʻtarkan, soʻnggi 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
11
safari haqida hikoya qilib borishga qaror qildi. 
Kuzgi semestr bir nafasda oʻtib ketdi. Dorilar soni koʻpaydi. 
Muolajalar esa kundalik hayotning bir qismiga aylandi. Hamshiralar 
professorning 
uyiga 
qatnay 
boshladi. 
Mushaklar 
faolligi 
yoʻqolmasligi uchun uning jonsizlanib borayotgan oyoqlarini 
harakatlantirish, quduqdan suv tortayotgand
ek, koʻtarib-tushirish, 
bukish mashqlarini bajartirish zarur edi. Uqalash mutaxassislari uni 
muntazam azoblayotgan mushaklar uvushishidan xalos etish uchun 
haftada bir marta tashrif buyurardi. U meditatsiya murabbiylari bilan 
uchrashar, koʻzlarini yumib, butun borligʻi faqatgina nafas olishga 
qaratilmagunicha, xayolidagi oʻylarni birma-bir oʻchirib chiqardi: 
nafas olamiz-chiqaramiz, olamiz-chiqaramiz. 
Bir kuni Morri hassasi yordamida trotuarga chiqaman deb, yoʻl 
yuziga yiqilib tushdi. Shundan soʻng, hassa toʻrt oyoqli tirgak bilan 
almashtirildi. Tanasi zaiflashib borarkan, hojatxonaga borib kelish 
ham uning tinka-
madorini quritadigan boʻldi. Morri tuvakka oʻtirishga 
odatlandi. Biroq shuni ham mustaqil bajarishga holi yoʻq edi – kimdir 
unga tuvakni tutib turi
shiga toʻgʻri kelardi.
Koʻpchiligimiz bunday ishlardan xijolat chekkan boʻlardik, ayniqsa, 
Morrining yoshida. Ammo Morri koʻpchiligimizga oʻxshamasdi. Yaqin 
hamkasblari uni koʻrgani kelganda, Morri ulardan: “Menga qara, 
siyishim kerak. Yordamlashib yuborm
aysanmi? Malol kelmaydimi?” 

deb soʻrardi. 
Mehmonlar, koʻpincha, ularga bu ish malol kelmasligidan oʻzlari ham 
hayron qolardi. 
Uni koʻrgani keluvchilar oqimi oshib borar, u esa mehmonlar 
koʻnglini ovlashdan mamnun edi. Oʻlim, uning asl mohiyati, jamiyat 
o
ʻlimning nima ekanini anglamasdan, azaldan undan qoʻrqib 
yashagani borasida fikr yuritish uchun muhokama guruhlari tuzib 
olgandi. Morri doʻstlaridan, agar ular chindan ham yordam 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
12
bermoqchi boʻlsalar, unga achinish koʻzi bilan qaramasliklarini
aksincha, tashriflari, telefon suhbatlari, odatdagidek, muammolarini 
Morri bilan boʻlishish orqali uni xursand qilishlarini soʻradi, chunki u 
har doim ajoyib tinglovchi boʻlgan. 
Dard kuchayib borayotganiga qaramasdan, uning jarangdor ovozi 
hali ham oʻziga tortar, xayolida esa minglab oʻylar charx urardi. 
“Oʻlim” tushunchasi “keraksiz” soʻzi bilan maʼnodosh emasligini 
isbotlashga bel bogʻlagandi. 
Yangi yil ham oʻtdi. Hali hech kimga aytmagan boʻlsa-da, Morri bu yil 
umrining soʻnggi yili ekanini bilib turardi. Bu paytga kelib, u 
nogironlar aravachasiga mixlangan, qadrli insonlarining barchasiga 
aytishi lozim boʻlgan gaplarni aytib qolishga ulgurish uchun vaqt 
bilan 
kurashayotgandi. 
Brandeysdagi 
hamkasblaridan 
biri 
kutilmaganda yurak xurujidan vafot etganda, Morri uning dafn 
marosimiga bordi. Uyga tushkun holda qaytdi. 
– Esiz, – dedi u. – Kelganlar u haqida shuncha yaxshi gaplarni 
aytsa-yu, Irv bularning hech birini eshitmasa. 
Kutilmaganda Morrining xayoliga ajoyib fikr keldi. U bir nechta 
doʻstlariga qoʻngʻiroq qildi. Kerakli sanani tanladi. Sovuq yakshanba 
kunlarining birida “jonli dafn marosimi”ni oʻtkazish uchun unikida oila 
aʼzolari va doʻstlaridan iborat kichik jamoa toʻplandi. Ularning har biri 
soʻzga chiqib, keksa professorimga oʻz hurmatini izhor qildi. Baʼzilar 
koʻziga yosh oldi. Kulganlar ham boʻldi. Bir ayol sheʼr oʻqidi: 
Sevimli va aziz jigarim… 
Hayot soʻqmoqlari oralab, 
Zamon osha kezarsan tanho. 
Abadiy navqiron yuraging 

Barhayot sekvoyyadir goʻyo. 
Morri ham ularga qoʻshilib kuldi, yigʻladi. Odatda aziz insonlarimizga 
aytishga jurʼatimiz yetmay, qalbimiz tubida qolib ketadigan 
gaplarning hammasini aytib oldi oʻsha kuni. Uning “jonli dafn 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
13
marosimi” muvaffaqiyatli oʻtdi. 
Faqat... Morri hali hayot edi. 
Buning ustiga, professor hayotining eng hayratlanarli davri endi 
boshlanayotgandi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə