Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Koʻrgazmali qurollar
 
1995-
yilning martida, ABC TV kanalining “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi 
boshlovchisi Ted Koppel oʻtirgan limuzin Massachusets shtatining 
Gʻarbiy Nyuton shaharchasida joylashgan uy oldida, qor bosgan 
yoʻlakda toʻxtadi. 
Bu paytga kelib Morri butunlay nogironlar aravachasiga mixlangan, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
17
shaxsiy yordamchilarining uni ogʻir qopdek koʻtarib, yotoqdan 
aravachaga 
va 
aravachadan 
yotoqqa 
olib 
oʻtishlariga 
oʻrganayotgandi. Ovqatlanayotganda uni yoʻtal tutar, ogʻzidagi 
narsani chaynash h
am ogʻir ishga aylangandi. Oyoqlari tamoman 
ishdan chiqqan, endilikda umuman yura olmasdi. 
Shunday boʻlsa-da, u tushkunlikka tushishdan bosh tortardi. Morri 
fikrlar oʻchogʻiga aylandi. Fikrlar quyulib kelar, Morri ularni toʻgʻri 
kelgan joyga yozib ketaverardi: yon daftarchalar, konvertlar, 
papkalar, qogʻoz boʻlaklari uning yozuvlariga toʻlib ketgandi. Oʻlim 
koʻlankasi ostidagi hayot haqida falsafiy mulohazalarini yozib 
borardi: “Baʼzi ishlar imkoniyatingizdan tashqarida ekanini, hamma 
narsa ham qoʻlingizdan kelmasligini tan oling”, “Oʻtmishni 
oʻtmishligicha qabul qiling: uni rad etishga yoki oʻzgartirishga 
urinmang”, “Oʻzingizni ham, boshqalarni ham kechirishga 
oʻrganing”, “Hech qachon biror ishni boshlashga kech qoldim deb 
hisoblamang”. 
Morri faqat doʻstlari bilan boʻlishadigan bunday “hikmatli soʻzlar”ning 
soni tez orada ellikdan oshdi. Ulardan juda taʼsirlangan Brandeys 
universitetidagi hamkasblaridan biri, Mori Shteyn, “hikmatli soʻzlar”ni 
“Boston Gloub” nashri muxbiriga yubordi. Muxbir Morri bilan 
uchras
hib, u haqida katta maqola yozdi. Maqola “Professorning 
soʻnggi maʼruzalari oʻz oʻlimi haqida boʻladi” sarlavhasi ostida chop 
etildi. 
Maqola “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi prodyuserlaridan birining 
eʼtiborini tortdi va u Koppelga koʻrsatish uchun gazetani Vashington 
D.C.ga koʻtarib keldi. 
– Mana buni bir koʻrgin, - dedi prodyuser. 
Hash-
pash deguncha, Morrining xonasi operatorlar bilan toʻlgan, 
Koppelning limuzini esa uy tashqarisida turardi. 
Morrining oila aʼzolari va doʻstlaridan bir nechtasi Koppel bilan 
uch
rashish uchun unikida toʻplanishdi. Ushbu mashhur inson uyga 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
18
kirib kelganida, xonada hayajonli gʻala-gʻovur koʻtarildi, faqat 
Morrigina xotirjamlikni yoʻqotmay, aravachasida Koppelning oldiga 
chiqib, chimirilgan qoshlari ostidan unga qaradi. Uning baland va 
jarangdor ovozi shovqin-
suronni boʻldi: 
– Ted, bu suhbatga rozilik berishdan avval seni bir sinab koʻrishim 
kerak. 
Bir muddat xonaga oʻngʻaysiz jimlik choʻkdi. Keyin esa ikkalasi 
kabinet tomon yoʻl oldi. Eshik mahkam yopildi.
Urdi Xudo, – shivirladi eshik tashqarisida qolgan doʻstlardan biri 
boshqasiga. 
– Ishqilib, Ted Morriga yumshoqroq munosabatda 
boʻlsin-da. 
– Aksincha, Morri Tedga shafqat qilsin, ishqilib, – dedi ikkinchisi. 
Kabinetga kirgach, Morri Tedga kursiga oʻtirishni ishora qildi. 
Qovushtiri
lgan qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, tabassum qildi. 
– Siz qalbingiz tubida asraydigan narsalar haqida gapirib bering. 
– Qalbim tubida? 
Koppel qariyaga sinovchan nigoh tashladi. 
– Mayli, – dedi u ehtiyotkorona va farzandlari haqida soʻzlay 
boshladi. 
Axir farzandlari doim qalbida-ku, shunday emasmi? 
– Yaxshi, -– dedi Morri. – Endi menga eʼtiqodingiz toʻgʻrisida gapirib 
bering. 
Koppel bir oz oʻngʻaysizlandi. 
– Odatda men bunday mavzularni endigina tanishgan odamlarim 
bilan muhokama qilmayman. 
– Ted, men oʻlyapman, – dedi Morri, koʻzoynak ustidan unga tikilib. 
– Juda kam vaqtim qolgan. 
Koppel kulib yubordi. Mayli. Demak, eʼtiqod. U Avreliy Markdan 
oʻzining qarashlarini aks ettiradigan parcha oʻqib berdi. Morri jimgina 
bosh irgʻatdi. 
– Endi men savol bersam, – dedi Koppel. – Hech men olib 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə