Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/51
tarix07.06.2022
ölçüsü1 Mb.
#89013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin) (1)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
8
– Hali aniq bilmaymiz. Reaksiyalaringiz sust. 
Reaksiyasi sust? Bu nima degani boʻldi? 
Va nihoyat, 1994-yil, issiq va nam avgust kunlarining birida Morri 
xotini Sharlotta bilan nevrolog huzuriga tashrif buyurdi. Shifokor 
yangilikni aytishdan avval ulardan oʻtirib olishlarini soʻradi: Morrida 
yon amiotrofik skleroz (ALS), asab tizimining beshafqat xastaligi 
– 
Lu Gerig kassaligi aniqlanibdi. 
Hali bu kasallikning davosi topilmagandi. 
– Bu dardni qanday orttirdim? – soʻradi Morri. Hech kim buni 
bilmasdi. 
– Kasallik oʻlimga olib boradimi? 
– Ha. 
– Demak, oʻlaman? 
– Ha, – dedi shifokor. – Juda ham afsusdaman. 
U deyarli ikki soat davomida sabr bilan Morri va Sharlottaning 
savollariga javob berdi. Xayrlashish chogʻida shifokor ularga ALS 
haqida maʼlumotlar yozilgan mitti broshyuralarni berdi. Ular bankda 
hisob raqami ochishda taqdim etiladigan broshyurachalarni 
eslatardi. Tashqarida quyosh charaqlar, odamlar oʻz tashvishlari 
bilan yugurib yurardi. Ana, bir ayol avtoturargoh hisoblagichiga 
tanga tashlashga oshiqmoqda. Boshqasi esa bozor-
oʻcharini 
yelkalab olgan. Sh
arlottaning xayolida minglab oʻylar gʻujgʻon 
oʻynardi: “Qancha vaqtimiz qoldi ekan? Endi nima qilamiz? Qanday 
kun koʻramiz?” 
Keksa professorim esa bu paytda atrofda hayot bir maromda davom 
etayotganidan hayratda edi. “Hayot toʻxtab qolishi kerakmasmidi? 
Na
hotki odamlar menga nima boʻlganidan bexabar boʻlishsa?” 
Biroq hayot toʻxtab qolmadi, u Morrining ahvoliga eʼtibor ham 
bergani yoʻq. Morri madorsiz qoʻllari bilan mashina eshigini ochar 
ekan, oʻzini tubsizlik qaʼriga qulayotgandek his qildi. 
– Endi nima boʻladi? - oʻyladi u. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
9
Keksa professorim savollariga javob izlar ekan, kasallik uni tobora 
yengib borardi: kundan-kun, haftama-
hafta… Bir kuni ertalab 
mashinasini garajdan olib chiqayotib, tormoz pedalini bosishni 
zoʻrgʻa uddaladi. Shu bilan mashina haydashdan ham voz kechildi. 
Hadeb qoqilavergach, hassa sotib oldi. Shu tarzda mustaqil 
yurishga ham yakun yasaldi. 
U muntazam Yosh nasroniylar jamiyatiga suzishga qatnardi, lekin 
endi mustaqil yechinishni ham eplolmay qoldi. Ilk marta shaxsiy 
yordamchi yollashiga 
toʻgʻri keldi – Toni ismli ilohiyot fanlari talabasi 
uning suv havzasiga tushib-chiqishi va suzish kiyimini kiyib-
yechishiga yordam beradigan boʻldi. Yechinish xonasidagi 
suzuvchilar oʻzlarini ularga qaramayotgandek tutar, biroq bari bir 
tomosha qilishdan tiyila olmasdi. Shu bilan hayotini begona 
koʻzlardan yashirish imkoni ham boy berildi. 
1994-yilning kuzida Morri Brandeys kampusiga universitetdagi 
soʻnggi kursini oʻtib berishga keldi. Kelmasa ham boʻlardi. 
Universitetdagilar tushunishardi. Shuncha odamn
ing koʻz oʻngida 
azob chekib nima qilasan? Uyda oʻtir. Bitmagan ishlaringni yakuniga 
yetkaz. Ammo Morri ishdan ketishni xayoliga ham keltirmasdi. 
Morri oʻttiz yildan ortiq unga ikkinchi uy vazifasini oʻtagan 
auditoriyaga oqsoqlanib kirib keldi. Hassa yordamida yurgani 
sababli kursisiga yetib olishga bir muncha vaqt ketdi. Va nihoyat 
kursiga joylashib oldi; koʻzoynagini tushirib, unga jimgina tikilib 
oʻtirgan yosh chehralarga qaradi. 
– Doʻstlarim, barchangiz bu yerga ijtimoiy psixologiya fanini 
oʻrganish uchun yigʻilgansiz degan fikrdaman. Men yigirma yildan 
beri shu fandan dars berib kelaman va bugun birinchi marta bu 
kursga yozilish tavakkalchilik ekanini aytib qoʻyishni lozim topdim, 
chunki 
tuzalmas 
dardga 
chalinganman. 
Umrim 
semestrni 
yakunlashga yetmay qolishi mumkin. Buni muammo deb 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə