Pul va bank fanidan Mustaqil ishi mavzu. Bank inqirozlari



Yüklə 339,98 Kb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü339,98 Kb.
#150656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pul va bank fanidan



Pul va bank fanidan
Mustaqil ishi

MAVZU. BANK INQIROZLARI
REJA:
1. Bank inqirozining mohiyati.
2. Bank inqirozini belgilovchi mezonlar.
3. Rivojlangan davlatlarning xalqaro moliyaviy inqirozga qarshi choralarining ustuvor yo’nalishlari.


1. Bank inqirozining mohiyati
Har qanday jarayon yoki hodisa tadqiqini uning tushunchasi, kategoriyasini aniqlashdan boshlash masala mohiyati va xususiyatlarini chuqurroq anglashga imkon yaratadi. SHu sababli, hozirgi jahon moliyaviyiqtisodiy inq irozining mohiyatini to‘laqonli anglash uchun ham iqtisodiy va moliyaviy inqiroz tushunchalarini bilish, ularni farqlay olish muhim sanaladi.

Iqtisodiy inqiroz - tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real yalpi milliy mahsulotning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin.




Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketmaket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo‘lib, ma’lum davriylik bilan takrorlanib turadi.
Umuman olganda, iqtisodiy nazariyada iqtisodiy inqiroz deganda mamlakat iqtisodiy holatining birdaniga yomonlashuvi tushunilib, u ishlab chiqarishning keskin pasayishi, ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi, korxonalarning bankrotligi, yoppa ishsizlik, milliy valyutaning devalvatsiyalanishi, kapitalning qochishi, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarda namoyon bo‘ladi.

Moliyaviy inqiroz nima?
Moliyaviy inqirozma’lum bir moliyaviy instrumentning qiymati kutilmaganda keskin pasayishi, shuningdek, pulning etishmasligi holatini ifodalashda qo‘llaniladigan tushunchadir. Bundan tashqari, mazkur tushuncha moliya bozorida, xususan, fond bozorida moliyaviy aktivlar bahosining noxolis shakllanishi natijasida yuzaga kelgan «sovun ko‘piklari»ning «yorilishi» holatini ifodalashda ham qo‘llaniladi.
Moliyaviy inqiroz bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligi almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.
Moliyaviy inqiroz fond bozori hajmining 20 % dan ortiq kamayishi, banklararo qredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta kursining 10 % dan ortiq pasayishi holatidir.
XX asrda iqtisodiy sikllarni aniq dalillar bilan davrlarga ajratishga bo‘lgan ilmiy jamoatchilikning qiziqishi ortdi. Iqtisodchi olim Y. SHumpeter Ikkinchi jahon urushidan avval iqtisodiy sikllarga bag‘ishlangan ikki tomli tadqiqotlarini chop etdi. U ilmiy izlanishlarida kapitalistik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tebranishlarni innovatsiyalar bilan bog‘lashga muvaffaq bo‘ldi. Y.SHumpeter uzun sikllarnm iqtisodiy muvozanatning buzilishi va keyinchalik qayta tiklanishi jarayoni sifatida e’tirof etdi. Y.SHumpeter har bir sikl rivojlanishiningto‘rt fazasini ajratib ko‘rsatadi: yuksalish (gurkirab yashnash), retsessiya, depressiya va jonlanish.
Uning fikricha, yuksalish fazasi tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yangi tovarlar va texnikalar ishlab chiqarishning joriy etilishi, yangi bozorlar va xom ashyo manbalarining ochilishi, xo‘jalik yuritishning yangi usul lari joriy etilishi va natijada yuqori daromad olish kabilar bilan belgilanadi. Samarali va progressiv innovatsiyalarning joriy qilinishi o‘zaro aloqador tarmoqlarni qamrab oladi va bu jarayonga ko‘p sonli tadbirkorlar jalb etiladi. Oqibatda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari tezlashadi. Retsessiya esa iqtisodiyotning muvozanat holatiga qaytishiga sabab bo‘ladi. Y. SHumpeter fazalar almashinishi sababini tadbirkorlar tomonidan olinadigan yuqori foydaning innovatsiyalar ishlab chiqarishni qanchalik to‘liq qamrab olishiga qarab tarqalishida (tadbirkorlar o‘rtasida bo‘linishida) ko‘radi. Depressiya fazasining yuzaga kelishi esa iqtisodiyotningo‘sish sur’atlarini orqaga ketishiga nisbatan reaksiyasi va shartsharoitlarningyanada yomonlashuvi kutilishi bilan izohlanadi. Jonlanish fazasi innovatsiyalarning jamlanishi natijasida iqtisodiyotning qaytadan muvozanat holatiga qaytishiga zamin yaratadi.



«Inqiroz» tushunchasi biznes sikli konsepsiyasining komponenti bo‘lib, dastavval ortiqcha ishlab chiqarish va kapitalning ortiqcha jamlanishi bilan tavsiflangan. Keyingi davrlarda sanoat ishlab chiqarishdagi pasayish mavjud mablag‘laridan mahrum bo‘lgan ishsizlar soni-ningortishibilan birgakechdi. Ayni paytda qishloqxo‘ja-ligidan iqtisodiy faol aholining intensiv chiqib keti-shi kuzatildi, biroq bu aholining ma’lum qismi shahar-larda qandaydir ish bilan band bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishning pasayishi xom ashyo va issiqlik resurslariga nisbatan talab va bahoning tushishi bilan namoyon bo‘ldi (oddiy akselera-sion bog‘liqlik).

Y. SHumpeterdan tashqari rus iqtisodchi olimi N.D. Kondratev ham qariyb yarim asrlik davrga ega bo‘lgan uzun sikllar gipotezasi bilan iqtisodiy sikllarni davrlarga ajratishda muhim o‘rin egallaydi.


N.D. Kondratev jahon hamjamiyati ishlab chiqarish kuchlarining yangi, rivojlanishning yanada yuqoriroq darajasiga o‘tishini ko‘zda tutib, mazkur sikllarning amal qilish mexanizmini ham asoslashga muvaffaq bo‘ldi. Uning ilmiy izlanishida sikl ikki: ko‘tarilish va pasayish fazalariga ajratiladi. Bu sikllar asosida yotuvchi kapitalning jamlanishi, markazlashuvi, bo‘linishi va qadrsizlanishi mexanizmi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining muhim omili hisoblanib, siklning pasayish to‘lqinidan ko‘tarilish to‘lqiniga o‘tishi va o‘z navbatida, yangi siklning ko‘tarilish fazasiga o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.
N.D. Kondratev fikricha, asosiy moddiy boyliklar (sanoat inshootlari, infratuzilmaviy qurilmalar), ishlab chiqarishning amaldagi texnik usullariga xizmat qiluvchi malakali ishchi kuchi natura va pul ko‘rinishida yirik resurslarni taqozo etadi. Ishleb chiqarishning amaldagi texnologik usullariga investitsiyalarning qisqarishidan so‘ng jamlanishi ma’lum vaqtni talab etadi va buni yangilash siklik xarakter kasb etadi.
Uzun sikllar ichki endogen mexanizmining asosiy elementlari bo‘lib, Kondratev fikricha, quyidagilar hisoblanadi:

  1. Kapitalistik iqtisodiyotning harakati bir necha muvozanat darajalari doirasida namoyon bo‘ladi. Asosiy kapital boyliklarning (ishlab chiqarish infratuzilmasi va malakali ishchi kuchi) muvozanati xo‘jalik va ijtimoiy hayotning barcha omillari bilan birgalikda ishlab chiqarishning mazkur texnik usulini belgilab beradi. Bunda muvozanatning buzilishi kapital boyliklarning yangi zaxiralarini tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi;

  2. asosiy kapital boyliklarning yangilanishi esa bir tekis kechmaydi, bunda hal qiluvchi rolni ilmiy texnik g‘oyalar va innovatsiyalar o‘ynaydi;

  3. uzun siklning davomiyligi jamiyat kapital boyliklari asosiy elemetlaridan biri hisoblangan ishlab chiqarish infratuzilmaviy qurilmalarining o‘rtacha hayotiy davri bilan belgilanadi;

  4. barcha ijtimoiy jarayonlar urushlar, inqiloblar, aholi migratsiyasi iqtisodiy mexanizmning qayta shakllanishi natijasidir;

  5. asosiy kapital boyliklarning almashinuvi va uzoq muddatga cho‘zilgan iqtisodiy pasayishdan chiqish natura va pul ko‘rmnishidagi resurslarning jamlanishini taqozo etadi. Etarli darajada jamlanmaga erishilgach esa, asosiy kapital boyliklarni radikal yangilash imkoniyati yuzaga keladi va bu o‘z navbatida, iqtisodiyotni yangi ko‘tarilish fazasiga olib chiqadi.

Bundan tashqari, N.D. Kondratev o‘z tadqiqotida bu sikllilik kapitalistik ishlab chiqarish uslubi mavjud bo‘lar ekan, doimo amal qilishini ko‘rsatib berdi.
N.D. Kondratev izlanishlari davomida to‘liq ikki sikl va faqatgina ko‘tarilish to‘lqiniga ega uchinchi yarim siklni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Kondratev sikliiing umumiy ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
I. Ko‘tarilish to‘lqini: 1780-yillarning oxiri va 1790- yillarning boshlaridan 1810-1817 yillargacha bo‘lgan Davr.
Pasayish to‘lqini: 1810-1817 yillardan 1844-1851 yillargacha.
II. Ko‘tarilish to‘lqini: 1844-1851 yillardan 1870-1875 yillargacha.
Pasayish to‘lqini: 1870-1875 yillardan 1890-1896 yillargacha.
III. Ko‘tarilish to‘lqini: 1890-1896 yillardan 1914-1920 yillargacha.
N.D. Kondratev uchinchi siklining 2-yarmi amal qilishi esa, oldinda iqtisodiy pasayish bo‘lishini ko‘zda tutardi. Vaxolanki, 1929-33 yillarda yuz bergan buyuk depressiya uning qarashlarini tasdiqlagan edi. Biroq keyingi davrlarda uning qarashlari o‘z tasdig‘ini topishtopmasligi keskin bahslarga sabab bo‘ldi.

Yüklə 339,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə