14
Ichimlik suv taminoti manbalarining
ifloslanishi respublikada, ayniqsa Orol bo’yida turli kasallikga
chalinishning yuqori darajaligiga sabab bo’lmoqda.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borishi xavfi, aytish mumkinki milliy kulfat bo’lib qoldi.
To’rtinchidan, havo bo’shlig’ining ifloslanishi.
Mutaxassislarning malumotiga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln t. ga yaqin
zararli moddalar qo’shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga tug’ri keladi, 15 % ni uglevodorod
chiqindilari, 14 % oltingugurt qo’sh oksidi, 9 % ni azot oksidi, 8 % ni qattiq moddalar tashkil etadi va 4 % ga
yaqini o’ziga xos o’tkir zaxarli moddalarga to’g’ri keladi.
Atmosferada uglerod yig’indisining ko’payib borishi natijasida o’ziga xos keng ko’lamdagi
issiqxona
effekta vujudga keladi. Oqibatda er havosining o’rtacha harorati ortib ketmoqda.
Respublikada tez - tez chang bo’ronlarini qo’zg’atib turuvchi, atmosferani chang to’zonga
chulg’atuvchi Qoraqum va Qizilqum sahrolari mavjud. So’ngi 10 yil mobaynida Orol dengizining qurib borishi
tufayli chang va tuz ko’chadigan yana bir tabiiy manba paydo bo’ldi. 80 - yillarning boshlarida qo’shni
Tojikistonda alyuminiy zavodi ishga tushishi bilan Uzbekistonning Surxondaryo viloyatiga qarashli ko’p
tumanlarda ekologik jihatdan tang ahvodga keldi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. I.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari». T. «O’zbekiston». 1997. 110 – 134 b.
2. A.A.Rafiqov. Geoekologik muammolar. T. «O’kituvchi», 1997. 12 – 15 b.
3. X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari vatabiatni muxofaza kilish. T. Universitet. 1997. 7 - 86.
15
MA’RUZA – 3
Mavzu: Ekologiyaning tadqiqot usullari
Reja:
1. Ekologiyaning tadqiqot usullari: dalada kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari,
o’simlik assotsiatsiyasi va hayvonlarni ekologik o’rganish.
2. Matematik modellashtirish.
Mavzuga oid tushuncha va iboralar: Kuzatish, tajriba, modellashtirish, assotsiatsiya, formatsiya,
tip, organizmlar soni, turlarning uchrashi, biomassa, hosildorlik indeksi,
dominantlik, qoplam, zichlik.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Ekologlar dalada kuzatish, laboratoriya va dala
tajribalari kabi usullardan foydalanishlari haqida fikr yuritish. O’simliklar assotsiatsiyalarini, hayvonlarni
ekologik o’rganish kabi masalalarni yoritib berish.
Ekologiya o’ziga xoslikga ega bo’lib, uning izlanish obekti bo’lib, alohida olingan tur emas, balki turlar
guruhi, populyatsiyalar va ularning jamoalari yoki biologik makrotizimlar xizmat qiladi.
Ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ko’pincha
daladagi kuzatishlar, dalada va laboratoriyada
tajribalar va ekotizimlarni modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
Demak, ekologlar kuzatish va tajribaga asoslangan holda ish olib borishadi.
Metod yoki uslub so’zi yunoncha - «biror narsaga yo’l» degan manoni anglatadi. O’rganilayotgan obektni
to’g’ri tasavvur etish, faqatgina unga to’g’ri yondoshganda, to’g’ri uslub tanlagandagina bo’lishi mumkin.
Umuman, uslubni - qorong’uda yo’lni yoritib turuvchi chiroqga o’xshatishadi.
Ekolog uchun birinchi navbatda daladagi kuzatishlar muhim rol o’ynaydi, yani turlarning populyatsiyasi
va ularning jamoasini tabiiy holatda - tabiatda o’rganish. Bunda odatda fiziologiya, biokimyo, anatomiya,
sistematika kabilarning usullaridan keng foydalaniladi.
Daladagi kuzatishlar bizga organizm yoki populyatsiyalarga aniq bir omillar majmuasining tasir
natijalarini aniqlashga imkon
yaratadi, aniq bir sharoitda turlarning rivojlanishi va hayot faoliyati haqida
umumiy tushuncha beradi. Kuzatishlar, muhitning qaysi bir omili turlarning, populyatsiya va jamoaparning
hayoti faoliyati xarakterini aniqlaydi? - degan savolga to’liq, javob bera olmaydi. Bu savolga faqatgina
tabiatdagi bo’ladigan munosabatlarning sababini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lgan - tajriba javob berishi
mumkin. Laboratoriya sharoitidagi tajribalarda olingan natijalar albatta tabiatda tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu
esa populyatsiya va jamoaning tabiiy ekologik munosabatlarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Tajriba - tadqiqotchi tamonidan yaratilgan sharoitda borayotgan malum tabiiy jarayonni kuzatishdir.
Tajribada malum obektga (individ, populyatsiya, biogeotsenoz) tasir etayotgan
omil kuchining ortishi yoki
kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarning o’zgarishiga qarab xulosa
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba xech vaqt taqqoslashsiz olib
borilmaydi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. Dala sharoitida olib boriladigan
tajribalarga misol qilib turli qishloq xo’japigi o’simliklarini sug’orish, o’g’itlash tasiri, tuproqqa har xil
usullarda ishlov berish bilan hosildorlikning o’zgarishi, shuningdek har xil ekologik omillarnyng
hayvonlar maxsuldorligiga tasiri kabilarni ko’rsatish mumkin.
Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida laboratoriya
eksperimenti keng yoyilmagan, chunki laboratoriya
sharoiti tabiiy sharoitga to’liq to’g’ri kelmaydi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlarning bazi
tomonlarini laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin. Laboratoriya sharoitida olib boriladigan ilmiy
tadqiqot ishlariga misol qilib G.F.Gauzening infuzoriyalarda olib borgan tajribalarini ko’rsatish mumkin.
G.F.Gauze infuzoriyalarda olib borgan tajriba natijalari asosida turlar o’rtasidagi raqobatni yo’qotish
tamoyillarini ishlab chiqdi.
Biologik kuzatishlarni to’g’ri olib borish, dala va laboratoriya tajribalari qanday qo’yilishi, tajriba
va nazorat variantlari, tajriba natijalarining aniqligi va boshqalar to’g’risida to’liq tasavvurga ega
bo’lishdagina, yani bunday metodologik tushunchaga to’liq ega bo’lgandagina o’z ishingizning muvaffaqiyatli
chiqishini amalga oshirasiz.
Hozirgi zamon sharoitida ekologik izlanishlar qator nazariy va amaliy masalalarni hal etishda muhim
rol o’ynaydi. Organizmlar sonining dinamikasi, mavsumiy rivojlanish, foydali va zararli turlarning
tarqalishi va iqlimlashtirishni, ko’payish va
tarqalishni oldindan aniqlash, bularning hammasi xozirgi