4
o’rtasida dinamik muvozanat yuzaga kelgan. Uning mohiyati
shundan iboratki, o’txo’r hayvonlar o’simliklarni,
o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar eyishi va ularga boshqalarining kushanda bo’lishi flora va faunalar
mazkur turlarining butunlay yo’qolib ketishiga olib kelmagan. Nobud bo’lgan o’simliklar va hayvonlar o’rniga
evolyutsiya va ko’payishning tabiiy jarayoni natijasi sifatida yangilari paydo bo’lib turgan.
Hatto katta geologik kataklizmalar (o’simlik va hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib kelgan
halokatlar) davrida ham tabiat o’zning dinamik muvozanatini saqlab qola olgan. Lekin bu yangi bosqichdagi
muvozanat bo’lgan, yani o’simlik va hayvonlarning yangi turlari hamda eski (qolgan)lari o’rtasida muvofiqlik
o’rnatilgan. Boshqacha aytganda, tabiiy tanlanish jarayoni kechgan - yashashga qobil bo’lmagan o’simlik va
hayvonlar qirilib ketgan va o’lgan. Ularning o’rniga yashashga ancha qobil bo’lgan yangilari paydo bo’lgan.
Bu qonuniyat flora va faunalarning xilma-xilligi ortishiga olib kelgan. Lekin, bunda o’simlik
va hayvonlar
turkumi (jamoasi) ichidagi, shuningdek, ular jamoasi o’rtasidagi dinamik muvozanat saqlanib qolgan.
Odamsimon jonzotlar bundan qariyib uch million yil ilgari biologik tizimga qo’shilgan. Ularning
biologik muvozanatiga ko’rsatgan tasiri juda kichik bo’lgan. Ibtidoiy inson faoliyati ov qilish, baliq tutish,
o’simliklarning
ildiz va butalarini, meva va hosilini yig’ish va boshqalar bilan cheklangan. Bu esa mavjud
biologik muvozanatning juda oz darajada buzilishiga olib kelgan, xolos.
Tadrijiy takomilning malum bosqichida mehnat qurollari yaratilishi natijasida inson o’zining tevarak-
atrofidagi tabiiy muhitga faol tasir ko’rsata boshlagan. Endi u ko’chmanchi tarzda emas, balki tabiiy shart-
sharoitlar yaxshi bo’lgan joylarda o’troq holda hayot kechirgan va qishloq xo’jaligi faoliyati bilan
shug’ullangan. Natijada inson hali qo’l tegmagan erlarni qishloq xo’jaligi maydoni yoki tomorqa sifatida
o’zlashtirgan va ayrim yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirgan. Insonning bunday ongli faoliyati tufayli
biologik (ekologik) tizimning yangi turi-qishloq xo’jaligi shakillangan.
Atrof-muhitni o’zlashtirishning bu boshlang’ich shakli, o’z
navbatida, mavjud ekolgik muvozanatning
o’zgarishiga olib kelgan. Tabiatning biologik qiymati o’zgargan. Oxir-oqibatda dastlabkidan farq qiluvchi
yangi shakldagi ekologik muvozanat vujudga kelgan.
Insoniyat taraqqiyoti sanoatning rivojlanishiga olib kelgan. Shaharlarning qurilishi va o’sishi, shahar
aholisining ko’payishi qonuniy holda tabiat va insonning yangi turdagi o’zaro munosabatini shakllantirgan.
Natijada bizning zamonamizda inson qadami etib bormagan tabiiy muhitlar faqat tropik junglilar va tog’larning
baland-baland etaklarida, qisman tundrada, himoya qilinadigan qo’riqxonalardagina saqlanib qolgan.
U erlarda
inson yashamaydi va faoliyatining salbiy natijalari ham kuzatilmaydi. Dunyodagi butun tabiiy muhitining
taxminan o’n foiz hududiga hali butunlay tegilmagan, xolos.
Inson tsivivlizatsiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag’riga tobora chuqurroq kirib borishi oqibatida
ahvol tubdan o’zgardi. Odamlar o’simlik va hayvonot olamiga bostirib kirib, ko’pincha, o’z
faoliyatining salbiy
oqibatlari tabiatni o’zgartirib yuborishi mumkinligi haqida hatto o’ylab ham ko’rishmaydi.
Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Er yuzida o’rmonlar kesildi, katta-katta
hududlar dehqonchiliq qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’itlandi, har xil chiqindi hamda gazlar
bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o’rmon yong’inlari, chang bo’ronlari
ham yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur etkazadi.
Shvetsiariyalik ekolog V.Tsisvilerning etirof etishicha, keyingi 300 yil davomida 150 xildan ortiq
hayvonlar turi er yuzidan butunlay qirilib, yo’qolib ketgan. Afsuski, endi ularni qayta yaratib bo’lmaydi.
Hozirgi sharoitda yo’qolib ketish arafasida turgan 240 turdagi hayvonni qanday saqlab qolish masalasi
muammo bo’lib turibdi. Nafaqat hayvonlar, balki o’simliklar ham yo’qolib ketadi.
Bularning barchasi biologik
muozanatning buzilishi oqibatlaridir. Ha, insonning noaxloqiy, noinsonparvar va ilmiy nuqtai nazardan
asoslanmagan, oqibatlari o’ylanmagan faoliyati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar
butunlay yo’qoldi.
Ekologik muvozanatning buzilishi inson faoliyati oqibatida yuzaga keladi. Agar bu buzilish malum kritik
(keskinlik) holatidan yuqori bo’lmasa, muvozanat qaytadan tiklanadi. Bu hol
atrof-muhit zahiralari
tugamaguncha davom etaveradi. Agar buzilish darajasi keskinlik (kritik) holatidan o’tib ketgan bo’lsa, u holda
ekologik tizim ishdan chiqadi, undagi hayot so’nadi yoki eng qashshoq va sodda ko’rinishda saqlanib qoladi. Er
sharining bir vaqtlar gullab yashnagan hududlari (regionlari), masalan, Afrika va Amerikaning cho’l tumanlari,
Shimoliy Italiyaning tog’ etaklari, Amerika harbiylarining gerbidtsitlar va defoliantlarni qo’llashlari natijasida
Vetnam xududining bir qismi, O’zbekistonning Orol atrofi mintaqalari va boshqa ko’plab
joylar insonning
nooqilona faoliyati tufayli juda achinarli holatga kelib qolgan. Shuni takidlash joizki, ekologik muvozanat
buzilganidan keyin malum vaqt o’tib, yangi dinamik muvozanat yuzaga keladi. Bu holatni aniq misollarda
ko’rib o’tish mumkin.
XX asrning 60 yillarida bog’larni eb qo’yadigan olma kuyasiga qarshi DDT preparatidan ko’p foydalana
boshlagan edi. Olma kuyasi bartaraf etilgandan so’ng, qizil qurtlarning o’rnashib olishi muammosi keskin
bo’lib qoldi. Hali shu paytgacha bog’bonlarni qizil qurt muammosi tashvishga solmagan edi.
Gap shundaki,
mevali bog’larda qizil qurtlarning qirq beshta tabiiy dushmani mavjud. Shuning uchun ham, u bog’larga kam