8
Moskva universitetining professori K.F.Rule (1814-1858) zoologiyada o’ziga xos bo’lgan yo’nalishni
rivojlantirish muhim ekanligini keng targ’ib qiladi. Bu yo’nalish – hayvonlar hayotini har tamonlama
o’rganish, atrof-muhit bilan ularning o’zaro murakkab munosabatlarini tushuntirish kabilar edi.
Shunday qilib,
K.F.Rule hayvonlarni o’rganishning keng ekologik tizimini ishlab chiqdi va ekologik mazmundagi qator
ilmiy ishlarni qoldirdi. Uning shogirdlaridan biri N.A.Severtsov (1827-1885) hisoblanadi. Uning
«Periodicheskie yavleniya v jizni zverey, ptits i gad Voronejskoy gubernii» (1855 y) nomli ishi Rossiyada
ayrim mintaqada hayvonot olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ahamiyatlisi edi.
Ch.Darvin «Tabiiy tanlash yo’li bilan turlarning kelib chiqishi» (1859 y) asarida-tabiatdagi
yashash uchun kurash, yani tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday qarama-qarshiliqlarning
ko’rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
A.N.Beketov (1825-1902) o’simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni
ularning
geografik tarqalishi bilan bog’liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini
ko’rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tamonidan o’rganildi.
1877 yil nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarni asoslab berdi.
O’simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va F.N.Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar.
Rus olimlari - V.N.Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alexin, V.G.Ramenskiy, A.P.Shennikov va chet el
olimlaridan - F.Klemente, K.Raunkier, T.Dyu.Rie, I.Braun - Blake va boshqalarning fitotsenologiya
sohasidagi ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Qashqarovning «Muhit va jamoa» deb nomlangan O’rta
Osiyo universitetida o’qigan maruzalari, keyinchalik «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi
bilan
yozilgan darsligi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslar
katta hissa qo’shdilar. I.G.Serebyakov tamonidan gulli o’simliklarning hayot shakllari tasnifoti ishlab
chiqildi.
1940 -yillarning boshlarida tabiiy tizimlarni o’rganish jarayonida yangi yo’nalish kelib chikdi.
1935 yili ingliz olimi A.Tensli - ekotizimlar, 1942 yili esa V.N.Sukachev - biogeotsenozlar haqidagi
talimotni ilgari surdilar.
1950 yillarning boshida G.Odum, Yu.Odum, R.Untekker, R.Margalef biologik
mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar.
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino
va boshqalar tabiiy fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Ular xali ekologiya fani dunyoga
kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi,
tabiatni ezozlash haqidagi
o’zlarining qimmatli fikrlarini aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad Muso Al - Xorazmiy (782 - 847 y) risolalaridan birida shunday deb yozadi:
«Bilingki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan
mexringizni darig’ to’tmanglar». Bunda u nimani nazarda tutdi? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof
bo’lishini nazarda tutgandir. Vaxolanki u zot eng avvalo daryo bilan odamlarning bir - birini tushunishlari va til
topishlari, o’zaro mexr - muxabbat qo’yishlarini nazarda tutgan. U o’zining «Kitob surat al-arz» asarida dunyo
okeanlari, chuqurlikdagi kitalar, kutblar, ekvator, cho’l, tog’,
daryo va dengizlar, ko’llar va o’rmonlar, ulardagi
o’simlik, hayvonot dunyosi, shu bilan boshqa tabiiy resurslar - erning asosiy boyliklari haqida malumotlar
keltirilgan.
Abu Nosir Forobiyning (870 - 910) ilmiy - falsafiy merosi nixoyatda boy bo’lib, asarlari xozirgacha
to’liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokelmanning ro’yxatida Forobiyning turli soxaga oid 180 ta
asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga bo’linib, 11-guruhiga uning tabiatshunoslik ilmi,
amaliy faoliyat va xunarmandchiliq masalalariga oid asarlari kiritilgan.
Tabiatshunoslikka oid «Odam azolarining tuzilishi», «Hayvon azolari va ularning vazifalari haqida»
nomli asarlarida odam va hayvonlar ayrim azolarining tuzilishi, xususiyatlari, vazifalari haqida, ularning
o’xshashligi va farqlari keltirishi bilan birga asosiy anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan.
U tabiiy va inson qo’li bilan yaratiladigan suniy narsalarni ajratgan. Tabiiy narsalar tabiat tamonidan
yaratilgan, degan xulosaga keladi.
Abu Rayxon Beruniy koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va xodisalarning
o’zaro tasiri bilan tushuntirishga urinadi. Uning asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlarini,
ularning tarqalish va xo’jalikdagi ahamiyati haqida malumotlar topish mumkin. U «Saydana» nomli
asarida 1 1 1 6 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi
hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Har bir o’simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi
va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
9
Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi
haqida ham qiziqarli malumotlar keltiriladi. U o’zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi
hodisalar malum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo’shgan yirik entsiklopedist olim.
Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha uning 240
ta asari etib
kelgan.
Uning «Tib qonunlari» asari tibbiyot ilmining komusi bo’lib, o’rta asr tibbiyot ilmi taraqqiyotining
oliy cho’qkisi hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit tasiri muhimligini bilgan alloma ayrim
kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan.
Ibn Sinoning torlarning vujudga kelishi, er yuzining davrlar o’tishi bilan o’zgarib borishi tabiiy
jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta tasir qildi.
Zaxriadin Muhammad Bobur (1483 - 1530). Biz Boburni podshoh va shoir sifatida bilamiz. Ammo
Bobur faqat shoirgina emas, balki sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va bog’bon,
sayyox va tabiatshunos
ham bo’lgan. Uning «Boburnoma» asari eng yirik asari hisoblanadi. Bu asarida har bir xududni malum bir
tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o’rni, so’ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh
joylari, o’simliklari, qazilmalari, hayvonoti va aholisi beriladi. U ajoyib geobotanik bo’lgan, o’simliklarni
sevgan va yaxshi bilgan. O’zbekistondagi juda ko’p giyox va dorilarni, ularning xosiyatini va ahamiyatini
shunday tariflaydiki, buni mirishkor bog’bon bo’lgan kishi, asl tabiatshunosgina buning uldasidan chiqa
oladi.
Bobur
bir necha bor er qimirlashi, oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy xodisalar guvohi bo’lgan.
Ushbu xodisalarning tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan.
O’rta Osiyoni o’rgangan olimlardan I.A.Severtsov, A.N.Krasnovlarning asarlari va Qashqarov -
Korovin maktabining shakllanishi O’rta Osiyoda tabiiy - geografik g’oyalarni rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
1930 - yillarda ekologiya - geografiya yo’nalishiga asoslangan O’rta Osiyo ekologiya maktabi hozirgi
O’zbekiston Milliy universiteta qoshida shakllandi. Ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani
rivojlantirishda, ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalari ni yaratishda bu maktabning xizmatlari
kattadir. Maktab ekologlari bergan g’oyalar o’lkaning tabiati va tabiiy resurslarni aniqlash va o’rganishda
hamda O’rta Osiyoda ekologik va geografik g’oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
P.A.Baranov, I.A.Raykovalar Pomir tog’larida cho’l biotsenozining kelib chiqishi,
dinamikasi va
evolyutsiyasida organizmlarning hayotida noqulay haroratning roli, madaniy biotsenozlarni yuqori tog’
sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. R.IAbolin, E.P.Korovin, M.V.Kultiasov va
I.I.Granitovlarning ekologik va fitotsenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator ishlarida o’z aksini
topgan.
O’rta Osiyoda zooekologik yo’nalishdagi kompleks ishlarning rivojlanishi T.Z.Zohidov nomi bilan
chambarchas bog’liq. U Qizilqum cho’llarining o’ziga xos hayot makoni ekanligini, qumli, sho’rxok, loyli va
toshloq cho’llarni mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o’z navbatida mayda
xududiy birliklarga ajratib
beradi.